2 . Rossiyaning mudofaa byudjyeti 84,5 mlrd dollar. Shaxsiy tarkib soni: 766 ming kishi. Tanklar: 15 398. Samolyotlar: 3429 Suv osti kemalari: 55
Rossiya qurolli kuchlari dunyo bo‘ylab ikkinchi o‘rinni egallaydi. Mamlakat jahondagi eng katta tanklar guruhiga ega bo‘lib, harbiy-havo kuchlari kattaligi bo‘yicha ikkinchi (AQShdan so‘ng) va suv osti floti hajmi bo‘yicha uchinchi (AQSh va Xitoydan keyin) o‘rindadir. 2008 yildan beri Kreml harbiy xarajatlari qariyb uchdan birga ko‘paydi. Mamlakat Suriyada harbiy guruh joylashtirib, o‘zining tezkorligini yanada yaqqol namoyish etdi.
3. Xitoyning mudofaa byudjyeti: 216 mlrd dollar Shaxsiy tarkib soni: 2,333 mln kishi Tanklar: 9150 Samolyotlar: 2860. Suv osti kemalari: 67
Xitoy armiyasi so‘nggi bir necha o‘n yil davomida hajm va imkoniyat bo‘yicha juda kattalashdi. U shaxsiy tarkib soni bo‘yicha dunyodagi eng yirik armiyadir. Davlat tanklar guruhi bo‘yicha (Rossiyadan so‘ng) hamda suv osti floti kattaligi bo‘yicha ikkinchi (AQShdan keyin) o‘rindadir. Xitoy harbiy modernizatsiya dasturida ajoyib muvaffaqiyatga erishdi, ayni damda esa bir qancha noyob harbiy texnologiyalarni ishlab chiqmoqda, ular orasida ballistik raketalar va beshinchi avloddagi samolyotlar bor.
Mamlakat qurolli kuchlari salohiyati faqat odam soniga bog’liq emas. Uning budjeti, mamkatdagi ilmiy-texnik rivojlanish va boshqa omillar bunga ta’sir qiladi. Bugungi kunda dunyo mamlakatlari qudratini oshiruvchi asosiy omil ilmiy rivojlanishdir. Dunyoda ilmiy iqtidor sohiblari minglab askarlardan ko’proq mamlakat uchun foyda keltirishadi. AQSHda olimlarning yangi kashfiyotlari birinchi navbatda harbiy sohada sinab ko’riladi. Rossiya armiyasining salohiyati Mixail Timofeyevich Kalashnikov ismli olimning ixtirosidan keyin keskin oshib ketgan. Turkiyaning 26 yoshli Seljuk Bayraqdar ismli olimi yaratgan dron o’z davlati armiyasi qudratini oshirib yubordi hamda mamlakat iqtisodiyotiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Y osh turk olimi ixtiro qilgan, 4 ta osma boshqariladigan o'q-dorilarga ega boʻlgan Bayraktar TB2 osmonda 12 dan 24 soatgacha uchishi mumkin. U 150 km gacha masofani boshqarishi mumkin. Ushbu drondan 2018-yilda Ukraina umumiy qiymati 69 million dollarlik 6 tasini sotib olgan. 2020-yilda Armaniston va Ozarbayjon urishida bayroqdor dronlari orqali Armaniston qo’shini tor-mor qilingan. Shundan keyin bu dronga butun dunyadan sotib olish bo’yicha takliflar ko’paymoqda. Turkiya katta mablag’ evaziga ushbu dronlarni sotadi. Eng qiziq jihati shundagi dron hech qachon Turkiyaga hujum qila olmaydigan qilib dasturlangan.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakat qudratini yosh olimlar oshiradi. O’zbekiston yoshlariga ham o’z davlati qudratini yanada oshirish nasib etsin!