P rezident maktabi testlari telegram kanali - @pmtests (14.01.2022)
Qurolli kuchlar mamlakat xavfsizligining ajralmas qismi
1 991- yilning 31-avgustidan O‘zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Ushbu kunda Oliy Kengashning navbatdan tashqari 12-chaqiriq 6-sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Shundan keyin mamlakat mustaqilligini mustahkamlash maqsadida mudofaa tizimiga e’tibor qaratila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 1992-yil 14-yanvardagi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi huquqiy asosda o‘z Qurolli Kuchlarini tashkil etganligi e’lon qilindi. Milliy gvardiyaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-yanvardagi qarori bilan asos solindi. Milliy gvardiyaning asosiy vazifasi - O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishdir. 1992- yil 24- martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashkil etildi.
Bugungi kunda O’zbekiston harbiy salohiyat bo’yicha dunyoda o’z o’rniga ega mamlakat. 2021-yil uchun O‘zbekiston GFP (Global olov kuchi) talqiniga ko`ra 140 davlat orasida 54-o‘rinni egalladi. Uning bergan maʼlumotlariga koʻra (ular 2014-yil martiga doir), Oʻzbekiston ixtiyorida 420 ta tank, 715ta BTR (zirhli transport vositasi), 109 ta raketa tizimlari, 70 ta qiruvchi samolyot, 65 ta vertolyot, xususan, 25 ta hujumkor vertolyot va boshqa koʻplab qurol-aslahaga ega, qurol koʻtarib, armiyada xizmat qilishi mumkin boʻlgan aholisi soni esa 15,7 milliondan oshadi.
Dunyo mamlakatlarining qurolli kuchlari reytingida AQSH 1-o’rinda, Rossiya 2-o’rin va Xitoy 3-o’rinda turadi.
1. AQShning mudofaa byudjyeti: 601 mlrd dollar. Shaxsiy tarkib soni: 1,4 mln kishi. Tanklar: 8848 Samolyotlar: 13 892. Suv osti kemalari: 72
AQSh byudjyetdagi xarajatlarni kamaytirish harakatlariga qaramay, mudofaaga Credit Suisse indeksidagi boshqa mamlakatdan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Amerika asosan 10ta aviatashuvchining borligi bilan ustun turadi. Taqqoslash uchun, ikkinchi o‘rinni Hindiston egallaydi – mamlakat o‘zining uchinchi aviatashuvchisini yaratish ustida ishlamoqda. Shuningdek AQShda boshqa davlatlarga qaraganda ko‘proq samolyotlar, harbiy dengiz flotidagi yangi tezkor zambarak kabi ilg‘or texnologiyalar bor. Yadro quroli haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |