Qurimoq, koʻpaymoq va boshqa



Download 62,94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.02.2022
Hajmi62,94 Kb.
#446313
Bog'liq
Feʼl - Vikipediya



Feʼl
Feʼl
— harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid har bir soʻz. Grammatikada
"harakat" soʻzi keng tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham
bildiradi, mas: yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq, uxlamoq, oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq,
qurimoq, koʻpaymoq va boshqa
F.lar lugʻaviy maʼnoga ega yoki ega emasligiga koʻra 2 turga boʻlinadi: mustaqil F.lar,
yordamchi F.lar. Mustaqil F.lar, xuddi boshqa mustaqil soʻz turkumlariga oid soʻzlar kabi,
lugʻaviy maʼnoga ega boʻladi, gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladi va h.k. (qarang
Soʻz turkumlari
). Yordamchi F.lar lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmaydi. Ular turli yordamchi
vazifalarda kelib, turli qoʻshimcha maʼnolar ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi F.lar oʻz
vazifasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: 1) feʼl yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi F.lar:
qil, et, ayla, boʻl (qabul qilmoq, taklif etmoq, tamom boʻlmoq kabi); 2) F.ning analitik shaklini
yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi F.lar (bular, odatda, "koʻmakchi F.lar" deb yuritiladi).
F.ning bunday shakllari turli grammatik, modal va boshqa maʼnolarni ifodalaydi: oʻqib boʻldi,
koʻrib qoldi, qoʻrqib ketdi va boshqa; 3) bogʻlama vazifasini bajaruvchi yordamchi F.lar. Mac,
qil, boʻl: sportchi boʻlmoq, oʻqituvchi boʻlmoq.
Hozirgi oʻzbek tilida yordamchi F.lardan farklanuvchi "toʻliqsiz F." (lugʻaviy maʼnosini tamomila
yoʻqotgan, hozirgi oʻzbek tilida maʼlum bir grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanuvchi
F.)ning edi, ekan, emish, esa shakllari ham qoʻllanadi.
F. turkumi, boshqa soʻz turkumlari kabi, oʻziga xos soʻz yasalishi va shakl yasalishi tizimiga
ega (qarang 
Soʻz yasalishi

Shakl yasalishi
). Yasama F.lar la, lan, lash, lantir, lashtir affikslari
hamda qil, et (ayla) yordamchi F.lari bilan hosil qilinadi: olqishlamoq, ruhlanmoq, birlashmoq,
jabr qilmoq, ruxsat etmoq.
F.lar oʻziga xos murakkab grammatik kategoriyalar tizimiga ega. Xususiy maʼnolari bilan
oʻzaro farklanuvchi, bir umumiy maʼnosiga koʻra birlashuvchi shakllar tizimi F.ning grammatik


kategoriyalarini hosil qiladi. Oʻzbek tilida F.ning quyidagi grammatik kategoriyalari bor: nisbat
kategoriyasi, boʻlishliboʻlishsizlik kategoriyasi, mayl kategoriyasi, zamon kategoriyasi,
shaxsson kategoriyasi.
Nisbat kategoriyasi — harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatuvchi
grammatik kategoriya. Harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatishiga koʻra
nisbat kategoriyasining 5 turi farklanadi: bosh nisbat; oʻzlik nisbati; orttirma nisbat; majhul
nisbat; birgalik nisbati. Har bir nisbat shakli maxsus qoʻshimcha yerdamida yasaladi. Faqat
bosh nisbat maxsus yasovchi (koʻrsatkich)ga ega emas. Bosh nisbat harakatning ega bilan
ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi: oldi, keldi, soʻrayapti va
boshqa Oʻzlik nisbati shakli (i)n, (i)l qoʻshimchalari yerdamida yasaladi va harakatning
subʼyektning oʻziga obʼyekt sifatida karatilganligini yoki subʼyektning oʻzi doirasida yuzaga
kelishini (bajarilishini) bildiradi: maqtanmoq, koʻrinmoq, tugʻilmoq va boshqa Orttirma nisbat
shakli dir, ir, t affikslari yerdamida yasaladi va obʼyektsiz F.ni obʼyektiv F.ga aylantiradi, obʼyektli
F.dan yasalganda esa unga yana obʼyekt qoʻshilganini bildiradi: keltir, kuldir, ichir, oʻqit va
boshqa Majhul nisbat shakli (i)l, (i)n qoʻshimchalari bilan yasaladi va asosiy eʼtiborni
harakatning bajaruvchisiga emas, balki obʼyekt bilan harakatning oʻziga qaratilishini bildiradi:
keltirildi, tozalandi. Bu nisbat shakli obʼyektsiz (oʻtimsiz) F.lardan yasalganda, shaxssizlik
maʼnosi ifodalanadi: (koʻprikdan) oʻtildi, (mehmonga) borildi va boshqa Birgalik nisbati sh
affiksi yerdamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan, birgalikda
bajarilishini bildiradi: (yer) haydashdi, (meva) terishdi va boshqa Demak, nisbat shaklining
oʻzgarishi bilan harakatning subʼyekt yoki obʼyektga munosabatida oʻzgarish boʻladi. Boʻlishli
boʻlishsizlik kategoriyasi — harakatning tasdiq yoki inkori maʼnosini ifodalovchi shakllar
tizimi. Bu kategoriyaning oʻzaro zidlik hosil qiluvchi 2 jihati bor: boʻlishlilik va boʻlishsizlik.
Boʻlishli F.ning maxsus koʻrsatkichi yoʻq (nol koʻrsatkichli). Boʻlishsiz F. shakli esa ma affiksi
yerdamida yasaladi: keldi (boʻlishli shakl) — kelmadi (boʻlishsiz shakl). Boʻlishsizlik (inkor)
maʼnosi "yoʻq" soʻzi va "emas" toʻliqsiz F.i bilan ham ifodalanadi: borgani yoʻq, borgan emas.
Mayl kategoriyasi — harakatning voqelikka munosabatini soʻzlovchi nuqtai nazaridan
belgilovchi grammatik kategoriya. Oʻzbek tilida maylning quyidagi turlari bor: 1) buyruqistak
mayli: ayt, aytgin, ayting kabi; 2) shart mayli. Bu mayl shakli sa affiksi yerdamida yasaladi:
borsam, borsang , kursa kabi; 3) shartli mayl — bajarilishi shart ergash gapdan anglashilgan
harakatning bajarilishiga bogʻliq boʻlgan (shartlangan) harakatni bildiruvchi mayl. Bu mayl
shakli (a)r edi, maye edi yerdamida yasaladi va bu shakldagi F. bosh gapning kesimi boʻlib
keladi: Vaqting boʻlsa, kinoga borar edi k. Imkoning boʻlsa, bunday qiynalib yurmas eding; 4)
maqsad mayli. Bu mayl shakli moqchi affiksi yerdamida yasaladi va harakatni
bajarishbajarmaslik maqsadini bildiradi: soʻramoqchiman, oʻqimoqchiman, aytmoqchi
emasman; 5) ijro mayli — harakatholatni uning bajarilishi (ijrosi) bilan kar uch zamondan


birida ifodalaydigan mayl. Bu mayl turi zamon va shaxsson koʻrsatkichlari orqali shakllanadi:
oʻqidim, oʻqiyapman, oʻqiyman; koʻrganman, koʻrgansan, koʻrgan.
Zamon kategoriyasi — harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi grammatik
kategoriya. Harakatning nutq paytiga munosabatiga koʻra F.ning 3 zamon turi farqlanadi:
oʻtgan zamon — keldi, oldim; hozirgi zamon • — kelyapman, kelyapti; kelasi zamon — kelaman,
olasan va boshqa
Shaxsson kategoriyasi — harakatning 3 shaxs (soʻzlovchi, tinglovchi, oʻzga)dan biriga oidligi
maʼnosini bildiruvchi grammatik turkum: keldi m (birinchi shaxs, birlik), keldik (birinchi shaxs,
koʻplik), kelding (ikkinchi shaxs, birlik), keldingiz (ikkinchi shaxs koʻplik).
Oʻzbek tilida F.ni maʼlum bir vazifaga xoslovchi shakllar ham mavjud. Bular: sifatdosh
(qarang), ravishdosh (qarang), harakat nomi (q) shakllaridir.
Bulardan tashqari F.ning turli modal maʼno, takror maʼnosi va boshqa maʼnolarni bildiruvchi
shakllari ham bor. Ular maxsus qoʻshimchalar, koʻmakchi feʼllar yerdamida hosil qilinadi: keta
qol, ketib qoddi, keta koʻrmoq, turtkilamoq, qoʻrqinqiramoq, kulimsiramoq va boshqa
F.lar qanday grammatik shaklda qoʻllanishiga qarab gapning turli boʻlagi vazifasida keladi.
Mas, mayl, zamon, shaxsson paradigmasiga mansub shakllardan birida qoʻllanganda —
kesim vazifasida; sifatdosh, ravishdosh shakllarida — anikdovchi, hol vazifasida; harakat
nomi shaklida esa ot turkumiga oid soʻzlarga xos vazifalarda keladi.
Azim Hojiyev.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Fe%C
A%BCl&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.


 
Soʻnggi tahrir 5 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Fe
ʼ
l&oldid=2295849

dan olindi 

Download 62,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish