2.4 “FAROVON HAYOT SERVIS” XUJMSHning 2017-2019 yillardagi daromadlar va harajatlar smetasi tahlili.
“FAROVON HAYOT SERVIS” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati yuridik maqomga ega bo’lgan mustaqil tashkilot bo’lib, uning moliyaviy xo’jalik faoliyatini 15 ta uy-joy fondini eksplutatsiya qilish va undan foydalanishni tashkil etishni ta’minlashga yo’naltirilgan. Shirkatning moliyaviy mablag’lari asosan shirkat a’zolarining majburiy badallari, xonadon egalarining ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’laydigan maqsadli to’lovlari, noturarjoy maydonlaridan foydalanuvchilarning majburiy badallari mablag’laridan tashkil topadi.
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moliyaviy mablag’lari uy-joy fondini foydalanishga yaroqli holda saqlash, shirkat ishchi-xodimlari mehnatlariga haq to’lash va binoni capital ta’mirlash va qayta tiklash uchun zahira fondiga mablag’ yig’ish uchun sarflanadi. Shirkat moliyaviy harajatlari asosan ikki guruhga: ishlab chiqarish harajatlariga va ishlab chiqarish bilan bg’liq bo’lmagan harajatlarga bo’linadi.
Shirkatning moliyaviy faoliaytini tshkil etish boshqa korxona va tashkilotlarnikidan keskin farqlanadi. Buning sababi, xususiy mulkdorlar shirkat oldiga ikki muhim vazifani qo’yadilar. Birinchi vazifa, uy-joy fondini talab darajasida eksplutatsiyaga yaroqli holda saqlash, barcha turdagi bajarilishi lozim bo’lgan joriy ta’mirlash ishlarini sifatli va o’z muddatida bajarilishini ta’mnlash bo’lsa, ikkinchisi yashovchilardan yig’iladigan majburiy to’lovlar miqdorini kamaytirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Shu sababli shirkatning moliyaviy faoliyatini rejalashtirish yillik harajatlar miqdorini o’rganishdan boshlanadi.
Ma’lumki, shirkatlarning daromadlari quyidagilardan tashkil topadi:
Shirkat a’zolarining majburiy badallari;
Noturar joy maydonlaridan fotdalanuvchilarning majburiy badallari;
Xonadon egalarining bir vaqtda to’laydigan maqsadli to’lovlari;
Umumiy mulkning ayrim qismlaridan alohida foydalanilganligi uchun to’lov;
Shirkatga tegishli yer maydonida joylashgan ob’ektlarning mulkdorlari tomonidan to’lovlar;
Umumiy mulk ob’ektlarini ijaraga berishdan tushadigan daromadlar;
Kommunal to’lovlarni yig’ishda ko’rsatgan xizmatlari evaziga kommunal xo’jaligi korxonalaridan olingan daromad(jumaladan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotidan, suv oqava-quvur korxonasidan, gaz ta’minoti tahkilotidan, sanitar tozalash korxonasidan);
Shartnoma asosida xizmatlar ko’rsatish va ishlarni bajarish uchun to’langan haq;
Boshqa daromadlar ( penya va jamg’armalar, metal chiqindilar topshirishdan);
Homiylik yordamlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |