Qurilishni boshqarish


O’zbekistondagi uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o’ziga xos xususiyatlari



Download 154,7 Kb.
bet8/19
Sana17.01.2021
Hajmi154,7 Kb.
#55850
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Ismoilova Vazira

O’zbekistondagi uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o’ziga xos xususiyatlari.

O‘zbekiston Respublikasida shirkatlar qisqa muddatda va asosan kvartiralar mulkdorlarining emas, aksincha xokimiyat organlarining tashabbusi bilan tashkil etilishi hamda shirkat tashkil etilishining ma’muriy usuli va bundan aholi o‘rtasida oldindan tushuntirish ishlari olib borilmaganligi shunga olib keldiki, kvartiralar mulkdorlari shirkatlarni o‘zlarining manfaatlari uchun yaratilgan deb bilmadilar. Mulkdorlar shirkatlarni hanuzgacha yangi nom ostidagi sobiq JEKlar deb hisoblashadilar. Oqibatda ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mulkka nisbatan o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshi bilmasligi, o‘zlarining shirkatdagi amaliy rolini hamda uyga xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini to‘liq angalamasligida namoyon bo‘ladi.

Agarda ko‘p kvartirali uylardagi mulkdorlar o‘zlarini mulk-uy egasi deb hisoblamas ekan ular uyning holati uchun mas’ulyatni anglamaydilar, moliyaviy va energiya resurslaridan, uy-joy fondidan foydalanish xarajatlari bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq tushunmaydilar. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksiga muvofiq turar-joy fondini boshqarish quyidagilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin:


  • uy-joy mulkdori tomonidan;

  • ko‘p xonadonli uy xonadoni mulkdorlari tomonidan;

  • boshqaruv tashkiloti yoki boshqaruvchi tomonidan;

  • boshqaruvchi (ijrochi direktor) – jismoniy shaxs, shu jumladan xususiy tadbirkor tomonidan (shirkat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq);

  • respublikamizda shirkatlarning qisqa muddatda tashkil etilishi mamlakatimizdagi uy-joy mulkdorlarning boshqa mamlakatlardagi uy-joy egalari birlashmalaridan jiddiy farqlanishiga olib keldi:

Shirkatlarning yirik hajmi - ko‘pchilik mamlakatlarda xonadonlar egalari alohida olingan uy asosida birlashadilar. Respublikamizda o‘rtacha UMSHlarning shakllanish jarayonida 20 tadan 40 tagacha ko‘p qavatli uylar birlashtirilgan. Ulardagi xonadonlar 1000-2500 mulkdorlarga tegishli bo‘lib, ba’zan UMSH tarkibidagi uylar soni 50 tadan 70 tagacha yetgan.

Uy-joylar boshqaruvining ma’muriy tamoyillari ustivorligi - yirik shirkatlarda demokratik boshqaruvni ta’minlash imkonining yo‘qligi yoki bu masalani amalga oshirish juda mushkul. Har bir uy egasi – shirkat a’zosining shaxsan qatnashuvini ko‘zda tutuvchi umumiy yig‘ilishlar o‘rniga uylar vakillari – “uy qo‘mitalari” yig‘ilishi uyushtiriladi. Ko‘p hollarda shirkatga ko‘p kvartirali uylardan uydagi kvartiralar egalari tomonidan saylanmagan, balki mahalla qo‘mitasi yoki shirkat boshqaruvi raisi tomonidan tayinlangan bitta odam vakil sifatida yo‘llanadi.

Shu tarzda yirik shirkatlarda barcha mulkdorlar ishtirokida qaror qabul qilish o‘ringa tor doiradagi kishilar tomonidan qaror qabul qilish hollari kuzatiladi.

Agar shirkat mohiyatan demokratik tamoyillar asosida ish ko‘rsa, biroq mulkni boshqarish va xizmat ko‘rsatishga yetarli darajada professional yondashmagani oqibatida uyni saqlash darajasi past bo‘lsa, bu ham uyda istiqomat qiluvchi kishilar manfaatlariga mos kelmaydi.

Uy-joy mulkdorlari shirkatida demokratik o‘zini o‘zi boshqarish tizimiga ega bo‘lib, Qonunda demokratik o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi batafsil ta’riflangan. Uy-joy mulkdorlari shirkati bitta uy asosida tashkil etilgan holda yaxshi natija beradi. Biroq qonunda O‘zbekistonga xos bo‘lgan xususiyat – bir necha uylar mulkdorlarini birlashtiruvchi boshqaruv tizimiga ta’rif berilmagan.

Qonunga muvofiq uy-joy mulkdorlari shirkati – o‘z nizomi asosida faoliyat yurituvchi mustaqil notijorat tashkilotdir. XUJMSH ko‘p kvartirali uylarda umumiy mulkning saqlanishi uchun javob beradi va mustaqil ravishda umumiy yig‘ilishda mulkni saqlash bo‘yicha ish rejasi va uyning texnik holati va mulkdorlarning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda shu maqsadlarga mo‘ljallangan to‘lovlar hajmini tasdiqlash huquqiga ega. Davlat hokimiyati organlarining XUJMSHning ichki ishlariga aralashuvi qonunchilikda belgilanmagan. Biroq shirkatlar ko‘pgina hollarda belgilangan rejalarni (ta’mirlash ishlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, to‘lovlarni yig‘ish va h.k.) o‘z vaqtida bajara olmaydilar. O‘zbekistonda shirkatlar tuzilish jarayoni tez sur’atlar bilan hamda salmoqli ma’muriy resurslarini jalb qilgan holda davom etmoqda.

Shirkatning o‘ziga xos xusiyati shundaki- turar-joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladi, notijorat tashkiloti bo‘lib, o‘z ustaviga muvofiq o‘zini o‘zi boshqarish asosida faoliyat ko‘rsatadi (XUJMSHQ 3-modda).

Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini-o‘zi boshqarish tashkilotidir.

Matlubot kooperativi tushunchasi bu - ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a’zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasi hisoblanib, bu birlashuv uning a’zolari tomonidan o‘z mulkiy (pay) badallarini qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Matlubot kooperativining nomida uning faoliyatining asosiy maqsadi ko‘rsatilishi, shuningdek «kooperativi» so‘zi yoki «matlubot uyushmasi» yoxud «matlubot jamiyati» degan so‘zlar bo‘lishi kerak (F.K. 73-modda).


Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatining xususiyatli tomoni - shirkat uy-joy fondini birgalikda boshqarish va uning saqlash, asrash va ta’mirlashni, ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulkidan foydalanilishini ta’minlash uchun tashkil etiladi (XUMSH.Q. 4-modda).
Shirkat tashkil etilmagan ko‘p kvartirali uyni boshqarish boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan ko‘p kvartirali uydagi turar-joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori asosida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi mumkin (U.J.K.138-modda).


Download 154,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish