jadval. Toshkent shahri Yashnaobod tumani 4 qavatli ko’p xonadonli turar joyning texnik-iqtisodiy ko’rsatkkichlari.
4 қаватли кўп хонадонли турар жой биносиининг таърифи
|
Жойлашган ўрни
|
Ўзбекистон Республикаси, Тошкент шаҳар, Яшнаобод туманида
|
Участканинг умумий майдони
|
24875,5 кв.м.
|
Участканинг шакли
|
Кўп бурчакли
|
Инженер коммуникацияларнинг мавжудлиги
|
Электр ва сув таъминоти, сув қочириш тизими, иситиш тизими, телефон
|
Бинонинг таърифи
|
Бино қаватлари сони
|
4 қаватли ва ер тўла
|
Бинонинг баландлиги
|
12 м.
|
Бинонинг умумий қурилиш ҳажми
|
36580,95куб.м.
|
Бинонинг капиталлик гуруҳи
|
1
|
Бинонинг сейсмик бардошлик даражаси
|
8
|
Бинонинг емирилиш даражаси
|
26 %
|
Пойдевор
|
Бетон
|
Девор
|
панел
|
Девор тўсиқлари
|
панел
|
Пардозлаш сифати
|
Оддий
|
Ёпма
|
Темирбетон
|
Том
|
Юмшоқ
|
Пол
|
Бетон, плитка, таркет, линолеум
|
Ташқи ободонлаштириш
|
Участка
|
Йўлаклар ва майдончалар асфальтобетон ҳамда брусчастка
|
Кўкаламзорлаштириш
|
Участкада кўп йиллик ўсимликлар ва кўкаламзорлаштиришлар мавжуд
|
Ob’ekt quyidagi muhandislik tarmoqlari bilan ta’minlangan: elektr, suv, kanalizatsiya, issiqlik, aloqa. Binoning kapitallik guruhi koeffitsiyenti K=1 ga, hududning seysmik holati koeffitsiyenti 1.10 ga teng.
2.2 “FAROVON HAYOT SERVIS” XUJMSH turarjoy binolari resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari tahlili.
Tahlil qilinayotgan “FAROVON HAYOT SERVIS” XUJMSH joylashgan o’rniga ko’ra shahar markaziga yaqin joylashgan. Aholi o’sish sur’atlari (tabiiy va suniy) yuqoriligi, aholining asosiy muammolaridan biri bo’lgan ish bilan bandlik darajasini va bozor sharoitida turar-joy binosi resurslaridan samarali foydalanish maqsadida shirkat tarkibiga kiruvchi ko’p xonadonli turar joy binolarining tarkibiy tuzlishi va sharoitini 22-uy misolida tahlil qilib o’tamiz.
22-uy 4 qavatli uy bo’lib, Yashnaobod tumani, Muxtor Ashrafiy mahallasida joylashgan. 22 uy 4 ta yo’lakdan iborat. 22-uy tarkibiga kiruvchi obodonlashtirishga ajratilgan uyning qismlari kichik va o’rta biznes vakillari, xususiy tadbirkorlarga oziq-ovqat do’koni, go’zallik saloni, kiyim-kechak do’koni va shunga o’xshash maishiy ob’ektlarga ijaraga berilgan.
1.3 jadvalda, “FAROVON HAYOT SERVIS” XUJMSHning 02.01.2020 yil holatiga daromadlari va harajatlari keltirilgan. Bu jadvaldan ko’rinib turibdiki, XUJMSHning oladigan asosiy daromadlarini aholidan va ijarachilardan kelib tushadigan mablag’lar tashkil qiladi. XUJMSHning daromadlari ko’p jihatdan asosiy fondlardan foydalanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Asosiy fondlardan qanchalik yaxshi foydalanilsa, daromad shunchalik ko’p bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |