2.Kichik korxonada mexnat munosabatlarini asosi. Xamkorlik dasturini
tuzish. Biznesda mexnatning shartnoma shaklidan foydalanishi
Tadbirkorlikni rivojlanishida Respublikamizning ―Tadbirkorlik to‘g‘risida‖gi
Qonuni bilan birga Prezidentimizning ―Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish
va uni ragbatlantirish to‘g‘risida ‖gi Farmoni, shuningdek 1998 yil 9 apreldagi
―Xususiy tadbirkorlik kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragbatlantirish chora
tadbirlari to‘g‘risida‖gi farmoni muxim axamiyatga ega.
Xususiy tadbirkorlik bu fukorolar tomonidan uzlarining tavakalchiliklari va
mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida, amaldagi
Qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlik ikki turdagi kurinishda bo‘ladi. Uning biri yonlanma mexnatni
jalb kilish asosida huquqiy shaxs va uni belgilangan tartibda ro‘yxatdan utkazib
faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik, ikkinchisi esa yuridik shaxs bulmay faoliyat
ko‘rsatadigan, yollanma mexnatni jalb etmaydigan - yaka tartibdagi tadbirkorlikdir.
Xususiy korxonaga yangi xodimlar tomonlarining huquqi va burchlari
kelishilgan shartnoma asosida qabul kilinadilar.
Mexnat shartnomasida xodimning iktisosligi, malakasi, lavozimi; kontrakt
tuzilgan muddat; mexnat sharoiti va unga mexnat faoliyatining u yoki bu turini bir
biridan farklovchi xak tulash; ijtimoiy va tibbiy sug‘urta, ijtimoiy ta‘minot,
xodimning ijtimoiy ximoyalanganligi, shartnomani buzganligi uchun javobgarligi
kabi majburiyatlar, sharoitlar va shartlar belgilanadi.
Tadbirkorlikning mazmuni va tabiatiga ko‘ra ayrim kishilar yoki guruxlarning
uz uzini ish bilan ta‘minlash va tashabbuskorligiga asoslangan faol mexnat faoliyati
sifatida baxolanishimiz mumkin.
Bu urinda tadbirkorlik mexnatining bozor munosabatlariga xos tavvakalchilik
sharoitida mexnat, ishlab chikarish v ijtimoiy iqtisodiy vazifalarning tashkiliy
echimini kidirish va ruyobga chikarish bilan boglik ijodiy, akliy ish sifatidagi uziga
xos tabiati xususida gapirish mumkin. Shunday qilib, tadbirkorlikni o‘zaro boglik
bo‘lgan ikki xil kurinishda karash kerak: birinchidan, bozorning xarakatlantiruvchi
kuchi sifatida, ikkinchidan, mexnatning aloxida soxasi sifatida. Ana shuning uchun
xam tadbirkor inson bilan bozor iqtisodiyoti va mexnat faoliyatining uziga xos,
xo‘jalik tavvakalchiligi bilan boglik turining subekti sifatida namoyon buluvchi
shaxsdir.
Mexnatni, ishlab chikarishni, boshkaruvni ilmiy tashkil etish sarmoyadorlarga
katta katta foyda keltirganligi sir emas, Yaponiyada 1 ishchi yiliga 100tadan ortik
avtomobil ishlab chikarsa, Rossiyada 18-20 tadan oshmaydi, Yaponiyalik kupgina
urta va yirik firmalar yuzlab, minglab kichik korxonalar bilan xamkorlik kiladilar.
Andijonda tashkil etib, ishga tushirilgan avtomobil zavodida xam xuddi
shunday imkoniyatlar yaratilib, egiluvchan va kulay, xo‘jalik tartibi bunyod bula
oladi.
―Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishini ragbatlantirish to‘g‘risida‖ gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ko‘rsatilishicha, tadbirkorlik soxasiga xodimlar
soni sanoat va kurilishda 50 kishigacha, qishloq xo‘jaligi ishlab chikarishda 25
kishigacha , fan va ilmiy xizmat ko‘rsatishda 10 kishigacha, chakana savdoda
5kishigacha bo‘lgan, uz mexnati va yollangan mexnatni kullagan xolda, tavvakal
qilib va mulkiy javobgarlikni zimmasiga olib, tovarlar ishlab chikarish va xizmatlar
ko‘rsatishga foyda olishga karatilgan tashabbuskor mexnat faoliyati kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi ―Xususiy
tadbirkorlik, kichik va urta biznesni rivojlanishini yanada ragbatlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida‖gi Farmonida ko‘rsatilishicha;
-xususiy tadbirkorlik, kichik va urta biznesni jadal rivojlanishi asosida
mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va
xususiy tadbirkorlik faoliyati soxasiga kredit resurslarini keng jalb kilish va xorijiy
sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun makbul sharoit yaratish maqsadida
kuyidagilar kichik va urta biznes subektlari hisoblanadi:
- mulk shaklidan kat‘iy nazar, ishlab chikarish soxasida yiliga urta xisobda 10
nafargacha, savdo, xizmat ko‘rsatish xamda boshka ishlab chikarishdan tashkari
soxalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo‘lgan mikrofirmalar;
-mulk shaklidan kat‘iy nazar, ishlab chikarish soxasida yiliga urta xisobda 40
nafargacha, kurilish, qishloq xo‘jalik va boshka ishlab chikarish soxalarida 20
nafargacha, ilm fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdo xamda boshka ishlab
chikarishdan tashkari soxalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo‘lgan
kichik korxonalar;
-mulk shaklidan kat‘iy nazar, kichik korxonalar uchun yiliga belgilangandan
ortik, lekin ishlab chikarish soxasida 100 nafardan, kurilishda 50 nafardan, qishloq
xo‘jalik va boshka ishlab chikarish soxalarida, ulgurji savdoda 30 nafardan, chakana
savdo, xizmat ko‘rsatish xamda boshka ishlab chikarishdan tashkari soxalarda 20
nafardan oshmaydigan ish bilan band xodimga ega bo‘lgan urta korxonalar bo‘lib
hisoblanadilar.
Korxonalarni turli shakllarida mexnatni tashkil etish va uni boshkarishga
aloxida e‘tibor berilsa, tadbirkor foydasi olib boradi va korxona maxsuloti bozorda
raqobatga bardoshli bo‘lib, ishlovchilar esa yuksak mexnat unumdorligi asosida
ishlashdan manfaatdor bo‘ladi. Korxonalarni barcha turida yaratiladigan foyda asosan
mexnat orkali vujudga kelib, xam ishlovchini xam mulk egasini boyitadi. Bozor
munosabatlarini rivojlanib borishi tufayli tadbirkorlik korxonalari oladigan foydaning
muxim manbai ishlovchilarni yukori mexnat unumdorligi darajasida yaratgan
maxsuloti korxonani istikbolini belgilab beradi.
Tadbirkorlik faoliyatini tugri tashkil etish va boshkarish tadbirkorlikning
rivojlanishi uchun zarur shartlardan biridir. Tugri tashkil etilgan boshkaruv jarayoni
mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orkali daromadlarning kupaytirishni,
xarajatlarining okilona sarflanishini xamda foydaning oshishini ta‘minlanishi
shubxasiz.
Tashkil etish usullariga ko‘ra menejmentning:
-ishlab chikarish (tovar maxsulotlarini ishlab chikarish va xizmat ko‘rsatish);
-ilmiy-texnikaviy (ishlab chikarishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy-
texnikaviy izlanishlarni olib borish va ularning natijalarini joriy etish);
-moliyaviy sarmoyalar kimmatbaxo kogozlar, valyuta bozorida ishtirok etish);
-tijorat (tovarlar bozorida ayirboshlash bilan shugullanuvchi);
-kadr bilan ishlash (kadrlarni baxolash, joy joyiga kuyish, ragbatlantirish,
mexnat bozorida ishtirok etish) kabi turlari bor.
Firmaning boshlangich
vazifasi
menejment strategiyasini, kelajak
uchun bosh yunalishlarini, maqsadni va unga erishi yullarini tanlashdir. Xakikiy
raqobat, kuchli kasaba uyushmalari, iste‘molchilarning jamoatchilik tashkilotlari
davlatning monopoliyaga karshi siyosatidan xukmronligi sharoitida bunday
strategiyani amalga oshirish oson bulmaydi. Yukori foyda darajasiga tovar sotish
xajmini oshirish, aylanma vositalar aylantirishning tezlashtirish, xamkorlik
sharoitlariga rioya etish, yangi bozorlar va yangi texnologiyalarni egallash orkali
erishildi. Jamoa bo‘lib tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchilar uchun nafakat
foydaning kupayishi va foyda darajasining yuksalishi, balki yalpi daromadning
oshishi xam katta axamiyatga egadir. Chunki mexnatga xak tulash va boshka fondlar
unga boglik bo‘ladi.
Ishlab chikarish va savdo menedjmenti maqsadiga minimal xarajat sarflab
shartnoma asosida kelishilgan muddatga tovarlar ishlab chikarish yoki tovarlar
mohiyatini etkazib berish, xamda xizmat ko‘rsatishdan kuprok foyda orttirish kiradi.
Menedjer uchun kiyinchilik tugdiruvchi masalalarning eng asosiylari kuyidagilar
kiradi:
kompyuter yordamida ishlab chikarish jarayonlarini kuzatib borish uchun kul
keladigan ko‘rsatkichlarning eng zarurligini tanlash;
firma boshkaruvining eng samarali tartibini yuzaga keltirish;
maxsulot sifatini boshkarish;
kadrlarni boshkarish;
ishlab chikarish vositalarini yangilab turish va xom-ashyo bilan ishlab chikarishni
betuxtov ta‘minlashni tashkil etish, xamda zaxiralarni boshkarish.
Tijorat menejmenti - firmaning tijorat faoliyatini boshkarish tizimi bo‘lib,
xaridorlar talabini tahlil etish va urganishni, ishlab chikarish, sotish va etkazib berish,
xamda servis xizmatini ko‘rsatish rejalarini talabga karab moslashtirishni uz ichiga
oladi. Marketolog - menejerlarning maqsadi xaridorlarga avval ishlab chikarilgan
tovarlarni Qanday bulsada sotish emas balki ularning talabiga karab tovarni ishlab
chikarish va taklif etishga erishish bulsagina, ular raqobatkobil bula oladi.
Tovarning qanday xayotiy bosqichda ekanligini xisobga olish zarur, chunki
yangi tovarning bozorga kirib kelishida uning rentabeli yoki rentabelsiz tovarga
aylanishi davrini aniklash mumkin. Tovarning andozasini yaratishdan tortib uni
ishlab chikarish, sotish va sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan murakkab
boshkaruv ishlari marketologlar ishi bo‘lib, kuyidagilarni uz ichiga oladi:
bozorni urganish, xaridorlar talabini, daromadlarini, baxolar darajasini kelajak uchun
aniklash;
loyixalovchilarga baxolar limitini va texnik vazifalarini bo‘lib tovar andozasini
yaratish buyicha buyurtma berish;
reklama, turini kurgazmalar tashkil etish buyurtmachilarga ma‘lumotlar junatish
orkali bozor uchun yangi maxsulotni shakllantirish;
shartnomalar
tizimi,
ishlab
chikarishni
boshlash
va
moxiyatni
yanada
takomillashtirish choralarini kurish;
tovar sotilishini tashkil etish;
iste‘molchilarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish, ta‘mirlash, extiyot kismlar etkazib
berish xamda ularni foydasi buyicha maslaxat berish va boshkalar.
Moliyaviy menejment firmaning moliyaviy masalalariga rahbarlik kilishdan
iborat. Ushbu masalalarga daromadlarni shakllanish, soliqlarni vaktida tulash,
ssudalar xamda gaz, suv, elektr energiyasi, kommunal va aloqa xizmatlari uchun xak
tulash, sarflanadigan sarmoyalar rezerv mablaglarini yuzaga keltirish, dividendlar
tulanishini boshkarish kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |