Qurilishda menejment


Uyushish-jipslashish bosqichi



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/159
Sana20.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#502550
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159
Bog'liq
Qurilishda menejment

Uyushish-jipslashish bosqichi.
Mehnat jamoasiga uyushish-
jipslashish hamkorlikda faoliyat yuritish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda 
jamoa a‘zolarining malakasi, qobiliyati, qiziqishlari e‘tiborga olinadi. 
Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishdagi faoliyat kishilarni jipslashtiradi. 
Tadbirkor rahbar mehnat jarayonida kishilarning bilimi, kasbi, malakasi, 
yoshini hisobga olib, ularni jamoaga to`playdi. Bunda tadbirkor rahbarning 
tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo`ladi.
Jamoaning tarkib topish bosqichi.
Bu bosqichda tadbirkor rahbar 
jamoa har bir a‘zosining mehnatga munosabatini aniqlashga harakat qiladi. 
Kimki faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglasa, bor kuchi, 
ijodkorligini ishga safarbar etadi. Jamoada faollar va dangasalar, ishga 
halaqit beruvchilar bo`lishi mumkin. Tadbirkor rahbar bunday holda 
xodimlar o`rnini almashtirish, mehnatga munosabatini o`zgartirish, o`z 
ishiga qiziqtirish, tashabbus ko`rsatishga undash orqali jamoa faoliyatini 
ta‘minlaydi. U bu ishlarni qo`l ostidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat 
qilish, baholash, mehnat natijalarini chamalab ko`rish bilan qo`shib olib 
boradi.
Har bir a‟zoning jamoaga moslashish bosqichi.
Bu bosqichda 
«qoloqlar», «ishga halaqit beruvchilar» qolmaydi. Ularning shaxsiy 
qiziqish va ehtiyojlari jamoa faoliyati bilan uyg`unlashib, moslashib 
ketadi. Sof axloqiy-ruhiy muhit yaratilgan mehnat jamoasida faollik, 
ijodkorlik, kasbga qiziquvchanlik barqaror tus oladi. Shaxsda yaxshi niyat 
paydo bo`ladi, maqsad va ehtiyojlarini qondirishga intilish, mehnatsevarlik 
kuchayadi. 
Hamkorlikdagi 
mehnatdan 
zavq 
olish 
shaxslararo 
munosabatlarni yaxshilaydi.
Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi.
Bu bosqichda jamoa his-
tuyg`ulari bir maqsad yo`lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga 
keladi, an‘anaviylik qaror topadi. Inson o`z qiziqish va intilishlarini jamoa 
hayoti bilan bog`laydi. Atrofdagilarga ishonch ortadi, do`stlik va muhabbat 
rishtalari mustahkamlanadi. Bu jarayonlarda tadbirkor rahbar zimmasiga 
katta mas‘uliyat yuklanadi. Bunda tadbirkorning o`ziga xos ish yuritishi, 
boshqaruv malakasi, tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlarni olib borish 
mahorati yaqqol namoyon bo`ladi.
Yaxshi tadbirkor rahbar uchun ma‘lum shaxsiy sifatlar zarur. U 
qat‘iyatligi va chaqqon, ziyrak bo`lishi kerak. Tadbirkor o`ziga kerakli 
fikrlarni yig`a bilishi kerak. 99 foiz ilg`or g`oyalar mutaxassislar bilan 


muloqotda yuzaga kelsa, 1 foiz g`oyalar odamlarni eshita bilishida paydo 
bo`ladi. Buning uchun suhbatlashishni bilish, o`rganish, shaxsiy 
g`arazlarni unutish, g`oyalarni tartibga solish, eng asosiysi, doimo o`qish-
o`rganish kerak. Aks holda, u o`z ishini baholay olmaydi.
Tadbirkor rahbar bozor sharoitida o`z huquqidan to`la foydalanishi 
va zarur hollarda quyidagilarni amalga oshirishi, ya‘ni yomon xodimlardan 
voz kechishi, o`z xodimlaridan zaruriy natijalarni talab etishi, fikrlash 
qobiliyatiga ega bo`lganlarni g`oyalarga yo`naltirishi kerak va hokazo.
Shular bilan bir qatorda u qat‘iy buyruqlar berishi, buyruqning 
bajarilish natijalaridan voqif bo`lib turishi zarurdir. Shuning uchun u 
xodimlarning ichki xususiyatlarini bilishi kerak. Ba‘zan xodimlar qasddan 
mehnat intizomini buzadilar. Bunga sabab moddiy ta‘minotining o`z 
vaqtida bo`lmasligi, bir necha vazifani bir vaqtda berilishi, uning aniq 
bajarilish 
vaqti 
ko`rsatilmaganligi, 
mukofotlash 
shaklining 
nomukammalligidir. Tadbirkor rahbar kishilarning bunday kamchiliklariga 
sabr-toqat bilan yondashishi kerak.
Tadbirkor rahbar kamsuqum, qat‘iy, halol, shijoatli bo`lib, ishchi-
xizmatchilarning fikri, taklifi, mulohazalari bilan hisoblashib, demokratik 
usulda ish ko`radi. Shu bilan bir qatorda, korxonada intizomni, tartibni 
talabchanlik bilan nazoratga oladi. Sifat bilan ko`rsatkichni e‘tibordan 
chetda qoldirmaydi. Mehnatni aniq hisob-kitob, reja bilan yuritishga 
erishadi. O`zining qobiliyatiga obyektiv baho bera oladi. Kadrlarni 
tanlashda, ish jarayonida tanish-bilishchilikka emas, asl mutaxassislarga 
suyanadi.

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish