Qurilishda menejment



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/159
Sana20.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#502550
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   159
Bog'liq
Qurilishda menejment

Sof joriy qiymat
ba‘zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. 
Loyihani amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy 
daromaddan shu vaqt davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof 
joriy qiymat deyiladi.
Rentabellik 
foydaning kapital qo`yilmalar yoki aksioner kapitaliga 
nisbati shaklida aniqlanadi. Tadbirkor lik loyihasini amalga oshirishda 
rentabellik har bir yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga 
olinadi.
Integral samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning 
dastlabki sath mazmuni samaradorlikning ichki koeffitsiyenti hisoblanadi. 
Agar samaradorlikning ichki koeffitsiyenti dastlabki sath mazmunidan past 
bo`lmasa, loyiha samarali hisoblanadi.
Kapital qo`yilmalarning qaytarilish davri
. Bu ko`rsatkich kapital 
qo`yilmalarning o`z-o`zini qoplash muddati sifatida amalda keng 
qo`llaniladi. 
Bu 
davrda 
funksional-ma‘muriy 
zararlar hisobdan 
chiqarilgandan keyin asosiy kapital qo`yilmalar qoplanadi.
Pulning maksimal sarf-xarajati.
Bu sof joriy qiymatning eng katta 
salbiy moliyalashtirish o`lchamlarini aks ettiradi va sarf-xarajatlarni 
qoplash manbalari bilan bog`lanishi lozim.
Zararsizlik me‟yorlari.
Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
partiyalarining minimal o`lchovi, «nol daromad» olinadi, ya‘ni sotuvdan 
kelgan daromad ishlab chiqarishdagi xarajatga teng bo`ladi.
o`arb mamlakatlari banklaridan kredit olishda biznes-rejaning 
boshqacha tuzilmasi qo`llaniladi. Bu holatda biznes-reja quyidagi 
bo`limlarni o`z ichiga oladi:
Kirish va umumiy ma‘lumot. Bu bo`limda yuridik shakl ko`rsatiladi, 
korxona faoliyati tarixi va muhim tadbirlarning qisqacha ta‘rifi beriladi.


1. Korxona faoliyatini baholash. Bu yerda korxonaning ba‘zi muhim 
xususiyatlari ko`rsatiladi, ya‘ni uning bozorda egallagan o`rni, mavqei, 
sotuv tizimi va boshqalar.
2. Mahsulotni va sotish bozorini ta‘riflash.
3. Tadqiqotlar va ishlanmalar. Bu bo`limda tadqiqotlar, dastur va 
tashabbuslarning asosiy yo`nalishlari aks ettiriladi.
4. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Korxonaning ishlab 
chiqarish holati, ishlab chiqarish quvvatlarining holati ta‘riflanadi.
5. Xodimlar va mehnat munosabatlari.
6. Tashkil etish va boshqarish. Umumiy-tashkiliy ko`rsatkich lardan 
tashqari, oliy lavozimli shaxslar va rahbar xodimlarining qisqacha 
biografik ma‘lumotlari beriladi.
7. Yuridik ma‘lumotlar. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog`liq 
o`tmishdagi hamda hozirgi sud va arbitraj ishlari qisqacha ta‘riflanadi.
8. Moliyaviy ma‘lumotlar. Keyingi 5 yil ichidagi moliyaviy 
hisobotlar ko`rib chiqiladi. 5 yillik istiqbolli moliyaviy ahvol ta‘riflanadi.
9. Likvidlik. Qarzlar, aylanma mablag`lar holatining tahlili
kompaniyaning soliqlari, qarzlari ko`rsatiladi.
10. Shartnomalar. Korxona ishtirok etgan barcha shartnoma va 
bitimlar ta‘rifi beriladi.
11. Buxgalteriyaning boshqa hisob-kitoblari. Ro`yxatga olinmagan 
mulk (kvartira, mehmonxona, shifoxona, profilaktori ya va boshqalar)ning 
qisqacha bayoni beriladi.
Bundan ham qisqacha biznes-rejaning chizmasi G.Berl tomonidan 
taqdim etilgan. U quyidagi bo`limlardan iborat:
Kerakli pul mablag`i kiritilgan arizaning maqsadi, zayomni qoplash 
uslublari va uning ta‘minoti.

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish