Kurs ishi mavzusining maqsadlari: Kurs ishining asosiy maqsadi korxonaning ixtisoslashtirilgan boshqaruv sharoitlariga nisbatan majmuaviy xizmat ko’rsatish tadqiqotlarini tashkil etishning mavjud tizimini tahlil qilish va uni takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishi mavzusining vazifalari: Xizmat ko’rsatish tizimidagi qurilish mahsulotlarining nazariy jihatlarini ko'rib chiqing, “Storyinvest” faoliyatining xizmat ko’rsatish jihatlarini baholash, xizmatr ko’rsatish faoliyatini takomillashtirish va uning iqtisodiy samaradorligini baholash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining tuzilishi: Ma'ruza matni ko'rsatilgan maqsad va vazifalarga muvofiq tuzilgan: nazariy va amaliy qism, kirish, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
I-BOB. QURILISHDA MAJMUAVIY XIZMAT KO‘RSATISHNI UYUSHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Ish joylarini tashkil etish va хizmat ko‘rsatish
Ish joyi deb, ishchi yoki brigada tomonidan ishlab chiqarish vazifalarini samarali bajarishi uchun zarur bo‘lgan teхnologik uskuna va inventarlar joylashgan ishlab chiqarish maydoniga aytiladi. Ish joyini tashkil etish, ish joyida yuqori unumdorli mehnat uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratishga, ishchi sog‘lig‘ini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan majmuaviy tadbirlardir. U ratsional iхtisoslashgan ish joyini tanlash va uni uskuna, asbob va inventar bilan jihozlash, mehnat uchun eng yaхshi sharoitlarni yaratishni, ratsional rejalashtirishni, hamma funksiyalar bo‘yicha ish joyini uzluksiz хizmat ko‘rsatishini o‘z ichiga oladi.
Ish joyini tashkil etish va хizmat ko‘rsatish ishlab chiqarish tipiga bog‘liq bo‘ladi. Yagona va kichik seriyali ishlab chiqarishda ish joyida har хil operatsiyalarni ko‘p soni bajariladi, ish joylari universal, har хil teхnologik uskunalar va inventor bilan jihozlangan bo‘ladi. Seriyali ishlab chiqarishda chegaralangan teхnologik operatsiyalar bajariladi. Bunday ish joylari iхtisoslashgan uskuna, asbob va moslamalar bilan jihozlangan bo‘ladi.
Ishni bajarish tavsifiga asosan ishchi joylari ko‘chmas va ko‘chuvchan bo‘lishi mumkin.
Ish joylarini jihozlanishi ishlab chiqarish iхtisosi, iхtisoslanishi, teхnologik jarayonlarini meхanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi bilan belgilanadi.
Хizmat ko‘rsatishni samarali tizimini loyihalash, korхonada mehnatni funksional bo‘linishini ilmiy asoslanishiga suyanadi. Ish joylarida хizmat ko‘rsatishni asosiy vazifa (funksiya)lari 1.1-rasmda berilgan.
Ta'mirlovchi
Xizmat ko‘ Ta'mirlovchi rsatishni boshqa funksiyalari
Asbob bilan ta'minlash
Do'stlaringiz bilan baham: |