VI BOB. XOM-ASHYO ARALASHMASINI KUYDIRISH, KLINKERINI
OLISH JARAYONIDA PECHLARNI ZONALARGA BO’LINISHI
6.1 Xom-ashyo aralashmasini kuydirish, klinkerni olish jarayonida pechlarni
zonalarga bo‘linishi
Xomashyoni tayyorlash. O‘zbekistonda quruq usulda portlandsement ishlab
chiqarish ilk bor Navoiy sement zavodida yo‘lga qo‘yildi. Portlandsement ishlab
chiqarishning xo‘l usuli texnologiyasi respublikada keng tarqalgan. Karyerdan
keltirilgan xomashyo yirikligi 5 mm.gacha qilib maydalanadi. Qattiq jinslar tosh
maydalagich mashinalarida, yumshoqlari esa (tuproq, bo‘r) suv bilan maxsus
hovuzda qorishtirilib, hosil bo‘lgan shlam deb ataluvchi qaymoqsimon bo‘tqa quvur
orqali silindr shaklidagi aylanma tegirmonga yuboriladi.
Po‘lat yoki cho‘yan sharchalar solingan tegirmon har daqiqada 28 marta
aylanadi va natijada undagi 35-45% gacha bo‘lgan shlam mayda qilib tuyiladi.
Tuyilgan shlamning kimyoviy tarkibini to‘g‘rilash uchun u uzatuvchi quvurlar orqali
shlam saqlagich hovuzlarga yuboriladi va oksidlar miqdori tajribahonada aniqlanadi.
Mahsulotning doimiy sifatini va pechlarning optimal holatda ishlashini
ta’minlash uchun ishlash jarayonida qat’iy aniq va o‘zgarmas tarkibli xom ashyoviy
aralashma zarur bo‘ladi. Bunday aralashmaga sozlash (korrektorlash) yo‘li bilan
erishiladi. Sozlash jarayoni ikki yoki uch tarkibi bo‘yicha oraliq qorishmalarni
aralashtirishga keltiriladi, shundan so‘ng quruq xom-ashyoviy aralashmaga yana
gomogenlanishi lozim. Gomogenlangandan so‘ng xom-ashyoviy unning tarkibi
kalsiy oksidi miqdori bo‘yicha tekshiriladi (un titri). Agar SaO miqdori talablarga
mos kelsa, aralashma kuydirish uchun yo‘naltiriladi.
Xom-ashyoni tarkibiga, birligiga, hamda chiqarilayotgan sementning tarkibiga,
sifatiga ko‘ra xom-ashyoviy qorishmani (titr) SaO bo‘yicha to‘yinish koeffitsiyenti,
modullarni birini bo‘yicha sozlashadi.
Sozlash vertikal yoki gorizontal shlambasseynlarda o‘tkaziladi.
111
Sharli tegirmonlardan gilohakli shlam so‘rg‘ich bilan gorizontal basseynlarni
biriga quyiladi. Ikkinchi basseynga tarkibida SaO baland (past) bo‘lgan shlam
joylashtiriladi. Yaxshilab aralashtirgandan so‘ng SaO ni miqdori ikkala
basseynlardagi shlamlarda aniqlanadi. Titr orqali ikkala shlamni nisbati aniqlanadi.
Maqsad - kuydirish jarayonida sifatli klinker olish uchun SaO miqdori 63-66%
oraliqda bo‘lishi kerak. Nisbat o‘rnatilgandan keyin birinchi va ikkinchi basseyndan
shlam uchinchi basseynga o‘zatiladi.
112
Vertikal shlam basseynlar 400-1000 m
3
hajmi bo‘lib betondan tayyorlangan
bo‘ladi va pnevmoaralashtirgichlar bilan ta’minlangan.
Sozlangan shlam (shixta) gorizontal shlambasseynlarga solinadi.
Gorizontal shlambasseynlar dumalok shaklda diametri 25 m, balandligi 6-8 m,
hajmi 6000-8000 m
3
bo‘ladi. Yangi zavodlarda shlam (shixta) tarkibi har soatda SaO,
SiO
2
, Al
2
O
3
, Fe
2
O
3
bo‘yicha avtomatik rentgenospektrometr bilan aniqlanadi.
Aniqlash natijalari maxsus hisoblash asboblar yordamida xom-ashyoviy
komponentlarni nisbatini aniqlashadi va hisoblashadi.
Maydalab tuyilgan va yaxshilab aralashtirilgan xom-ashyoviy aralashma sement
kuydiruvchi pechlarda 1400-1500
o
S haroratda kuydiriladi. Xom-ashyoviy
aralashmani kuydirish xo‘l va quruq usulda ham ishlab chiqarishda asosan aylanuvchi
pechlarda amalga oshiriladi. Aylanuvchi o‘choq bir oz qiya qilib joylashtirlganuzun
silindrdan iborat bo‘lib, ichi olovbardoshli zirxlar bilan qoplangan bo‘ladi.
o‘choqning (xumdonning) uzunligi 95-185-230 m, diametri 4-7 m bo‘ladi.
113
Aylanuvchi pechlar (xumdonlar) qarama-qarshi, yoki to‘g‘ri qonuniyat bo‘yicha
ishlaydi. Kukun (quruq usulda) yoki shlam (xo‘l usulda) ko‘rinishdagi xom - ashyo
avtomatik ta’minlovchi vositasida o‘choqga uning yuqori (sovuq) tomonidan
yuboriladi, quyi (issiq) tomondan esa 20 - 30 metrli alanga ko‘rinishda yoqilg‘i
(tabiiy gaz, mazut, havo va ko‘mir kukuni aralashmasi) puflanadi. Xom-ashyo o‘choq
ko‘ndalang kesimning faqat bir qismigina egallaydi va u o‘choq 1-2 ayl. min
tezlik bilan aylanib turgani holda, turli harorat bo‘linmalarini o‘tib sekin-asta pastga,
yonuvchi gazlar tomonga qarab harakatlanadi.
Ba’zan kuydirish uchun xom ashyoviy aralashmani qisman karbon
gazlardan qutilishi uchun va 800-850
o
S haroratgacha qizdiruvchi, siklonli issqlik
almashtiruvchi moslama bo‘lgan aylanuvchi o‘choqlarda foydalaniladi (7.1-rasm).
Siloslardan quruq xom-ashyoviy aralashma pnevmonasos yordamida o‘choqning
qabul qiluvchi bunkeriga 1 yo‘naltiriladi, bu yerda elevator 2 yordamida moddalar
tasmali transporter 3 uzatiladi va undan batareyali siklon 4ga tushadi. Siklondan 5
qaytuvchi gazlar yordamida 6,7 siklonlardan o‘tib, o‘choqqa 8 tushadi. Siklonlardan
o‘tganda xom-ashyoviy u nasta-sekin qiziydi 800
0
-900
0
S va siklon 7 ga kelib tushadi.
Tizimda gazlar oqumi tutun yutuvchi 10 orqali harakat qiladi. Qayta ishlangan
200
0
S gazlar siklonda 9 elektrofiltrlarda changdan tozalanadi. Baland haroratlar
zonalarini o‘tib, klinker sovuq havo oqimi ta’sirida sovitiladi. o‘choqdan klinker
1000-1100
o
S harorat bilan chiqadi, muzlatgichga jo‘natiladi va u yerda 30-50
o
S
haroratgacha sovutiladi. Sovutilgan klinker saklash omboriga, keyin maydaligichga
jo‘natiladi. Maydalangan klinker iqlim sharoitiga ko‘ra berk yoki ochiq omborlarda
saqlanadi va u yerdan sement ishlab chiqarish uchun tegirmonlarga uzatiladi.
7.1-rasmda xumdon o‘lchami 4x60 m 1 siklonli issiqlik almashtirgich 5 bilan
ta’minlangan. o‘tayotgan gazlar gaz o‘tkazuvchi va elektrofiltralar tizimi orqali tutun
so‘ruvchi 13 yordamida quvurga tashlanadi. Xom-ashyoviy shixta sarflovchi
bunkerga 3, keyin issiqlik almashtiruvchiga 5 kelib tushadi. Xumdondan qatygan gaz
ventilator 8 yordamida sharli tegirmon 9 yo‘naltiriladi.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |