Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/164
Sana31.12.2021
Hajmi4,47 Mb.
#225763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
I BOB. BOG‘LOVCHI MODDALAR 
1.1 Bog‘lovchi moddalar to‘g‘risida  umumiy ma’lumotlar 
 
 
Bog‘lovchi moddalarning bundan  4-5 ming yil avval  sun’iy yo‘l bilan hosil 
qilinganligi tarixdan ma’lum. 
 
Misrdagi  hashamatli  yodgorliklardan  fir’avn  qabrlari,  Xeops  piramidasi, 
Karnakedagi Amona  ibodatxonasi kabi ulkan  noyob yodgorliklar  eramizdan ikki-
to‘rt ming yil avval  xarsang tosh elementlari vositasida qurilgan. 
 
Vatanimizda  bog‘lovchi  moddalar  (asosan,  ahak  va  gips)  ishlab  chiqarish 
sanoati  tosh materiallarni  inshootlarda o‘qlab kelinganligi asosida  vujudga keldi. 
Masalan    shahar  devorlari,  minoralar,  masjid  va  qasrlar,  Buxoro,  Samarqand,  Xiva 
yodgorliklari kabi inshootlarning qurilish materiallariga bo‘lgan extiyojini  oshirgan. 
Xorazm  chor  atrofi  qalin  devorlar  bilan  o‘rab  chiqilgan  to‘rtta  silindr  minoradan 
iborat edi.  Minoraning  usti tep-tekis qilib ishlangan. Bunday inshootlarni  qurishda 
qo‘shilmalar  bilan  ishlangan  ganch  qorishmasi  va  giltuproqdan  pishirilgan  yapaloq 
g‘ishtlar hamda tabiiy toshlar ishlatilgan. 
 
Markaziy  Osiyoda  bundan  bir  necha  ming  yil  muqaddam  sirlangan  sopol 
buyumlar tayyorlash sopol san’atining muhim tarmoqlaridan biri edi. Kulollar gildan 
turli-tuman buyumlar yasab, ularni har xil chidamli ranglar bilan bezaganlar. X asrda 
Farg‘ona  va Samarqandda yasalgan sopol buyumlardan bir necha nusxasi topilgan. 
Ularda  gilli  naqshlar  va  ranglar  to‘la  saqlangan.  Bundan  6  ming  yil  muqaddam 
Turkistoning janubiy hududlarida o‘tkazilgan qazish ishlari natijasida sopol tosh va 
mis buyumlar topilgan. 
 
X-XV  asrlarda  va  undan  keyin  o‘rta  Osiyo  xalqlari    xashamatli  inshootlar 
qurishda  rangli  g‘isht,  xar  xil  rangda    sirlangan  sopol  taxtachalarni  dekorativ 
qoplamlar  sifatida    ishlatganlar.  X  asrda  qurilgan  Buxorodagi  Ismoil  Somoniyning 
maqbarasi,  XI  asrda  Buxorodagi  balandligi  50  metrli  pishiq  g‘ishtdan  qurilgan 
minorai  Kalon,  Samarqanddagi    Temur  va  Shohi-Zinda    maqbaralari    (XV-asr)  va 
boshqalar o‘sha davrning mashhur me’morchilik yodgorliklaridir. 



 
 
XIX-asrning birinchi yarmiga qadar asosiy qurilish materiali sifatida yog‘och 
ishlatilar edi. Markaziy Osiyo sharoitida yog‘och materiallar sifatida, asosan, terak, 
qayrag‘och,  tol,  yong‘oq,  tut  va  archa  ishlatilgan.  Zilzilabardosh  yog‘och  sinchli 
binolardan xozirga qadar buzilmay turganlari juda ko‘p. Yog‘ochga o‘yib ishlangan 
ajoyib naqshdor ustunlar eshik va raxlar hozirga qadar sharq san’atini boyitib turibdi. 
 
Qurilish  qorishmalari  tayyorlashda,  asosan,  mineral  bog‘lovchi  moddalardan 
gil,  ohak,  gips,  ganch,  tog‘  mumi  (ozorokerit),  tog‘  jinsi,  trepel,  opoka  qo‘shilgan 
ohak  (ohak-puts  holat  bog‘lovchi  modda)  kabi  materiallar  ishlatilgan.  Qorishma 
tayyorlashda  o‘zbek  quruvchilari  xilma-xil  qo‘shilmalardan  keng  foydalanganlar. 
Jumladan, vulqon shishasi, oq gil (kaolin), hayvon qoni, tuxum sarig‘i, suyak yelimi 
va  shirasi  qorishma  moddalar  mustahkamligi  va  chidamliligini  oshirish  vazifasini 
o‘tagan.  Samarqanddagi  Ulug‘bek  madrasasini,  Qo‘qondagi  Xudoyorxon  saroyini 
qurishga bunday qorishmalar bilan birga ganch-g‘isht va ohak-g‘isht qorishmasidan 
iborat betonlar ko‘p ishlatilgan. 
 
Keyingi yillarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish bir necha marta ortdi. 
Mahsulotning  sifati  yaxshilandi,  turlari  ko‘paydi  va  yangi  texnologik  usullar  ishga 
tushirildi.  Hozirgi  qurilish  materiallari  korxonalari  yuqori  unumli  mashinalar  bilan 
ta’minlangan.  Ishlab  chiqarishdagi  deyarli  hamma  texnologik  bosqichlar 
mexanizatsiyalashtirilgan. 
Qurilish  materiallari  ishlab  chiqarish  sanoatining  eng  muhim  vazifalari 
mahalliy  xom  ashyodan  keng  foydalanish  va  buyumlar  ishlab  chiqarishni 
rivojlantirish, ularning sifatini oshirish va qurilishning tannarxini kamaytirishdir. 
 
Hozirgi  kunda  sintetik  polimerlar  ishlab  chiqarishda  qurilish  materiallari 
sohasini  tubdan  o‘zgartirdi.  Sintetik  materiallarni  qurilishda  ishlatishning  afzalligi 
shundaki,  qurilish  qurilmalari  yengillashadi  va  uni  tayyorlash  uchun  kam  mehnat 
sarflanadi,  yog‘och,  sement,  rangli  metallar  va  boshqa  ko‘plab  qurilish  materiallari 
tejaladi. 


10 
 
 
O‘zbekistondagi  qurilish  materiallarini  o‘rganish  va  ularni  ishlab  chiqarish 
texnologiyasini  takomillashtirishda  ko‘pgina  ilmiy  tekshirish  institutlarining  xissasi 
juda katta. 
 
Qurilish materiallari texnologiyasini rivojlantirishda va ularni ishlab chiqarish 
nazariyasini  o‘rganishda  olimlarimiz  M.O‘razboyev,  K.Axmedov,  A.Ashrabov, 
E.Q.Qosimov, F.Tojiyev va boshqa ko‘plab olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. 
 
Mineral  bog‘lovchi  moddalar  texnologiyasiga  doir  ishlar  ustida  ilmiy 
izlanishlar  olib  borgan  prof.T.A.Otaquziev,  bog‘lovchi  moddalarning  qotish 
nazariyasiga  asos  solgan  olimlar  P.A.Rebendir,  A.R.Shulyachenko,  bog‘lovchi 
moddalarning texnologiyasiga  akademik  prof.  V.A.Kind,  V.N.Yung,  P.P.Budnikov, 
M.A.Ribyev, B.G.Skramtayev, va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar. 
Sement  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  O‘zbekiston  hozir  Quvasoy,  Ohangaron  va 
Bekobod sement zavodlari portlandsementigina emas balki, gidrotexnika inshootlari 
uchun juda zarur va sulfatga chidamli yuqori markali portlandsement, temir-beton va 
yo‘l qurilishi uchun ishlatiladigan tez qotuvchi sementlar ham ishlab chiqarmoqda.  
 
UzRST  lari  fan  va  texnika  sohasida  erishilayotgan  eng  yangi  yutuqlarga 
asoslanib  ishlab  chiqiladiarti.  Qurilish  materiallari  sifatiga    bo‘lgan  talablar,  ularni 
tanlash va ishlatishga oid ko‘rsatmalar «Qurilish me’yorlari va qoidalari» (QMQ) da 
batafsil bayon qilinadi. 
 
 
 
 

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish