7.1rasm. Siklonli issiqlik almashtiruvchilar tizimi.
7.2-rasm. Aylanma o‘choq va siklonli issiqlik almashtiruvchilar kuydirish sexi.
1-aylanma xumdon 4x60m; 2-xumdonning sovuq tomonidagi kamera; 3-sarflovchi bunker;
4-siklonlar; 5-siklonli issiqlik almashtiruvchi; 6-gaz o‘tkazgich; 7,13-tutun yutuvchi; 8-tegirmon
ventilatori; 9-tegirmon; 10-sepaartor; 11-ajratuvchi siklon; 12-elektrofiltr; 14-yengsimon filtr; 15-
aerojelob; 16-shneklar; 17-xom-ashyo uchun transporter; 18-yonilg‘i uchun moslama.
Aylanma pechlarda klinker kuydirishda o‘tadigan jarayonlar
Xom-ashyoviy aralashmani kuydirish va sement olinishi murakkab fizikaviy,
fizik-kimyoviy jarayonlar bilan o‘tadi. Jarayonlarni xarakterini kuydirish harorati
aniqlaydi. Shlam (xom-ashyoviy aralashma) gazlarni ta’sirida (300-600
o
S)
suvsizlanadi, quyuqlashadi. Keyinchalik yirik zarrachalarga aylanadi. Pech uzunligi
bo‘yicha shlam yo‘naltiriladi, 400-500
o
S da moddada organiq qo‘shimchalar kuyadi
va kaolinit suvsizlanadi Al
2
O
3
2SiO
2
hosil bo‘ladi.
115
Qurish bo‘linmasida harorat 600
o
S dan 700
o
S ga uzluksiz osha borishda
tushayotgan xom-ashyo quriydi. Qurigan modda uvalanadi, aylanib tushayotganda
uvalangan xom-ashyo yanada mayda shakllarga bo‘linadi.
700-800
o
S haroratda boshqa gil komponentlar suvsizlanadi va bu isitish bo‘limi
deb ataladi. Bu ikki bo‘linma ishlab chiqarishning xo‘l usulida pech uzunligining 50-
60% ini egalaydi, quruq usulda esa xom – ashyoni tayyorlash bug‘lanish bo‘linmasi
hisobiga qisqaradi.
750-800
o
S va undan yuqori haroratda tarkibidagi moddalari orasida qatiq
xolatda reaksiya boshlanadi, va har xil o‘lchamdagi granulalar hosil bo‘ladi.
Karbonsizlanish bo‘linmasi – uzunligi pech uzunligining 20-23%ni tashkil qiladi.
Bu bo‘linmada kuydirilayotgan moddaning harorati 700
o
S dan 1100
o
S gacha
ko‘tariladi. Bu yerda kalsiy va magniy karbonat tuzlarining bo‘linishi jarayeni
nixoyasiga yetadi va katta miqdordagi erkin kalsiy oksidi, SO
2
yuzaga keladi.
Harorati 900
o
S-1100
o
S bo‘lgan bo‘lim kalsiyga boy etish bo‘limi deb ataladi.
SaSO
3
ning termik bo‘linishi – issiqlikning katta yutilishi bilan kechuvchi
endotermik jarayon bo‘lib, bu tufayli pechning shu bo‘linmasida issiqlik iste’moli
katta bo‘ladi. Shu bo‘linmada suvsizlangan gilli minerallarning Si
2
, Al
2
O
3
, Fe
2
O
3
oksidlariga parchalanishi yuz beradi. SaO esa 3SaO Al
2
O
3
va qisman 2 SaO Al
2
O
3
tipidagi kimyoviy birikmalarni hosil qiladi.
Ekzotermik reaksiyalar bo‘linmasida (1100-1250
o
S) 3SaO, Al
2
O
3
, 4CaO, Al
2
O
3
,
Fe
2
O
3
hosil bo‘lishining qattiq fazali reaksiyalarni kechadi va pech uzunligining 5 -
7% ini egallaydi, katta miqdorda issiqlik chiqishi va modda haroratining intensiv
ravishda ortishi (150
0
- 200
0
S ga) bilan birgalikda kechadi.
Erish bo‘linmasida 1300-1450
o
S — (davomiyligi pechning 10-15% ini tashkil
qiladi) pechning harorati kuydirilayotgan modda uchun eng yuqori harorat (1450
o
S)
ga erishadi. Bu moddaning qisman erishi va alit 3CaO, SiO2 hosil bo‘lishi uchun
zarur. 1300
o
S da kuydirilayotgan modda xajmining 20-30% miqdori (nisbatan yengil
eruvchi minerallar C
3
A, C
4
AlF, MgO, CaO va aralashmalar) eriydi. Haroratning
1450
o
S gacha ko‘tarilishida klinker suyuqligida 2SaO SiO2 va SaO eriydi va
116
eritmada ulardan alit ZSaO SiO
2
hosil bo‘ladi. Alit eritmada yomon eriydi buning
natijasida undan mayda kristalchalar ko‘rinishida ajralib qoladi. Alit hosil bo‘lish
jarayoni modda 15-20 minut erish bo‘linmasida bo‘lganda tugaydi. Pechning aylanib
turishida modda uzluksiz ravishda oqib turgani tufayli mayda zarrachalar granullar
bilan aralashib ketadi. Haroratning 1450
o
S dan 1300
o
S ga pasayishi eritmadagi MgO
ning periklaz ko‘rinishida) qotishga olib keladiki, bu qotish erish bo‘linmasidan
keyin keluvchi sovish bo‘linmasida tugaydi. Sovish bo‘linmasida klinkerning harorati
1300
o
S dan 1000
o
S gacha pasayadi; bu yerda uning tuzilishi va alit C
3
S, belit C
2
S va
boshqa minerallarni, periklaz, shishasimon faza hamda ikkinchi darajali tashkil
etuvchilarni o‘z ichiga oluvchi klinker tarkibi butkul shakllanadi. Klinkerda erkin
ohak SaO 0,5-1% dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Klinker aylanuvchi pechdan to‘q kulrang yoki yashilsimon kulrang rangli
granulalar ko‘rinishida chiqadi, klinker pechdan chiqishida 1000
o
S ga ega bo‘ladi va
turli turdagi sovutkichlarda 100-200
o
S gacha sovutiladi va bir-ikki xafta
omborxonada saqlanadi.
Sement ishlab chiqarishning quruq usuli so‘nggi yillarda anchagina
takomillashtirildi. Eng ko‘p quvvat talab qiluvchi jarayon bo‘lmish xom-ashyoni
karbonsizlantirish — aylanuvchi pech zimmasidan olinib, bu jarayon tezroq
kechuvchi va bunda (qaytayotgan) gazlarning issig‘idan foydalanuvchi
dekarbonizator zimmasiga yuklanadi. Xom-ashyoviy unn avval siklonli moslamalar
tizimiga tushib, bu yerda muallaq holda (qaytayotgan) gazlar bilan isitiladi va
issiqligicha dekarbonizatorga uzatiladi.
Issiqlik bergichlarni dekarbonizator bilan
birgalikda pechning uzunligi taxminan ikki marta qisqaradi.
Bizning O‘zbekistonda portlandsement tayyorlashning yangi usuli — klinkerni
xloridlarning tuzli eritmasida kuydirish usuli topildi. Bu usulni muallifi B.B.
Nudelman bo‘lib, u pechning asosiy reaksion muhiti (silikatli eritma)ni xloridlar
asosidagi tuzli eritma bilan aralashtirdi.
Alunit — yuqori asosiy Al-Cl kalsiy silikati bo‘lib, tarkibida 2,5% xlorid mavjud.
Bu holda klinker 3-4 marta yengilroq maydalanadi, bu esa tuyishning quvvat sarfini
117
kamaytirish va tuyuvchi asboblar sonini qisqartirishi imkonini beradi. Alunitli sement
dastlabki muddatlarda tezroq gidratlanadi. Biroq bu turdagi sementdan foydalanilgan
konstruksiyalar tez yemirilishi kuzatilgan. Bugunda bu sementdan tayyorlangan
betonning yemirilishi chidamliligiga chuqur o‘rganilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |