Mavzu 4. QURILISH TASHKILOTLARIDA MEHNATGA HAQ
TO‘LASH BO‘YICHA HISOB - KITOBLARNING HISOBI
Ma’ruza rejasi:
1. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha
hisob-
kitoblarni tashkil qilish asoslari
2. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-
kitoblarning sintetik va
analitik hisobi
3. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash harajatlarining
taqsimoti
1. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha
hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari
Qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish ishlarini bajarish ularda turli
ixtisoslikka ega bo‘lgan mutaxassislar jamosini shakllantirishni, shuningdek mos
ravishda ular mehnati hamda mehnatiga haq to‘lash tizimlarini tashkil qilishni
taqozo etadi.
Qurilish tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ikkita guruhga bo‘linadi: (1) asosiy
xodimlar; (2) asosiy bo‘lmagan xodimlar.
Do'stlaringiz bilan baham: