Qurilish maydonida geodezik ishlarni tashkil etish va injenerlik geodezik qidiruv ishlar


 Qurilishda geodezik ishlarni tashkil qilish



Download 22,53 Kb.
bet2/3
Sana03.07.2022
Hajmi22,53 Kb.
#734281
1   2   3
Bog'liq
10-MAVZU

2. Qurilishda geodezik ishlarni tashkil qilish.


Hozirgi vaqtda qurilishda geodezik ishlarni tashkil qilishni to‘rt shakli uchraydi:
1) Barcha geodezik ishlarni subpodryad yoki qurilishda tashkil qilingan geodezik gruppa tomonidan bajariladi. Bunday tartib yirik inshootlar (shahar gidrotexnik, sanoat korxonalari) qurilishida uchraydi. Bunday qurilishda injener-quruvchini vazifasiga geodezik ishlarni bajarilishi, plan va smetasini tasdiqlash, hamda uning ustidan nazorat qilib turish kiradi.
2) Inshoot qurishda murakkab geodezik ishlar maxsus geodezik tashkilot, yoki qurilishdagi gruppa tomonidan, ikkinchi darajali geodezik ishlar esa injener-quruvchi tomonidan bajariladi. Injener-geodezik ishni tashkil qilishni bunday tartibi shaxarlarda uy-joy qurilishida uchraydi.
3) Murakkab geodezik ishlar maxsus geodezik tashkilot yoki geodezik gurux ikkinchi darajali geodezik ishlarda esa, shu qurilishga yuborilgan injener yoki texnik-geodezist tomonidan bajariladi. Bunday tartib karkas-panel uy-joy qurilishida foydalaniladi.
4) Barcha geodezik ishlarni injener-quruvchi bajaradi. Bunday tartib uncha murakkab bo‘lmagan inshootlar, masalan, bir, ikki qavatli uy-joy qurish, qishloq qurilishi, jamoat va madaniyat binolarini qurishda qo‘llaniladi.
Injener quruvchi qanday vazifada ishlashiga ko‘ra quyidagi geodezik ishlarni bajaradi:
1) geodezik ishlar plani va smetasini tasdiqlash;
2) tashkiliy ishlarni bajarish;
3) bajarilgan geodezik ishlarni tekshirish va uni qabul qilib olish;
4) inshoot qurilish uchun ajratilgan joyning planini olish;
5) chiziqli inshoot trassasi bo‘ylab niverlash ishini bajarish;
6) boshqa kishilar tomonidan bajarilgan loyihani joyga ko‘chirish ishlarini tekshirish;
7) qurilish maydonida va chiziqli inshoot trassasida loyihani joyga ko‘chirish;
8) er va beton ishlarini hajmini aniqlash.


3. Injenerlik inshootlari qurilishida geodezik
ishlarni bajarish uchun kerak bo‘lgan hujjatlar


Qurilish maydonida geodezik ishlar quyidagi hujjatlar asosida bajariladi.
a) qurilish pasporti
b) bosh plan
v) loyihaning geodezik qismi asosida bajariladi.


a) Qurilish pasporti
Qurilish pasporti - uy-joy va grajdan binolarini qurish uchun ajratilgan er uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi kompleks hujjatlar.
Qurilish pasportida er uchastkasidan foydalanish huquqi, uchastka chegarasi, qurilish qizil chizig‘i, loyihalash uchun kerakli ma’lumotlar, inshoot quriladigan joydagi tabiiy-geografik sharoitlar, hamda inshoot quruvchi tashkilotning vazifalari ko‘rsatiladi.
Qurilish pasportini shahar, posyolka, rayon bosh arxitektori boshqarmasi tomonidan tuzilib, manfaatdor tashkilotlarga beriladi.
Loyihaning eng asosiy qismi - bosh plan hisoblanadi.


b) Bosh plan
Bosh plan - loyihalanayotgan ob’ektni qog‘ozda ma’lum masshtabda tasvirlaydigan va shartli belgilar bilan ko‘rsatilgan grafikaviy hamda yozuv-raqamli materiallarni o‘z ichiga oladi. Unda ob’ekt chegarasi, er usti binolari, er osti va havo inshootlari, qurilmalar va simlar, loyihalanayotgan rel’ef va o‘simliklar qo‘rsatiladi. Bosh planlar yirik masshtablarda (1:500, 1:1000, 1:2000) tuziladi.
Bosh plan tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) tushuntirish xati;
2) ob’ekt joylashgan maydonni tafsilotlar plani (unda harakat yo‘llari va shu ob’ektga xizmat qiladigan tashqi injenerlik kommunikatsiyalari trassasi ko‘rsatilgan bo‘ladi);
3) Ob’ektning bosh plani (unda barcha bino va inshootlar, transport qurilmalarining joylashishi, asosiy bino va inshootlar pollarining balandliklari, temir yo‘l rel’slarining boshlari va va rel’ssiz yo‘llar yuzasining qoplamasi ko‘rsatilgan bo‘ladi).
4) Rejalash chizmasi (unda kapital binolar bosh va asosiy o‘qlari, o‘tish joylari o‘qlarining kesishish nuqtalari, transport qurilmalrining burilish nuqtalari, er osti va usti kommunikatsiyalari tarmoqlarining koordinatalari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
5) Vertikal planirovka qilish plani (er qazish ishlari kartogrammasi, tashqi, ichki temir yo‘llar, rel’ssiz yo‘llar profillari ilova qilingan bo‘ladi).
6) Qurilish boshplani. Joyda inshootlarning o‘qlari va sirtqi o‘lchamlarini yasash uchun yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan rejalash chizmasi, qurilish bosh plani va vertikal planirovka qilish plani bo‘lishi shart.
Qurilish maydonchasida bino va inshootlarni rejalash chizmalariga asosan joylashtirish uchun joyda planli va balandlik geodezik asos punktlari bo‘lishi kerak.
Bosh plan masshtabida tuziladigan yuzani vertikal planirovka qilish planida barcha inshootlar xarakterli nuqtalarining otmetkalari, ularning o‘zaro birlashishi, shuningdek, qurilmaydigan va ko‘kalamzorlashtiriladigan maydonlar otmetkalari qo‘rsatiladi. Loyihaviy rel’ef, odatda qizil gorizontallar bilan ifodalanadi.
YUzani vertikal planirovka qilish planida naturaga o‘tishda loyihaviy otmetkasi berilgan nuqtani joyga ko‘chirish masalalarini hal qilish, shuningdek berilgan loyihaviy qiyalikka asosan chiziq va tekisliklar yasashga to‘g‘ri keladi.
Qurilish bosh plani deb, loyihaga asosan quriladigan barcha bino va inshootlar, shuningdek vaqtincha qurilish uchun zarur bo‘lgan inshoot va moslamalar, mexanizatsiyalashtirilgan yirik qurilmalar, vaqtincha yo‘llar va kommunikatsiyalar, to‘siqlar, ob’ektga qarashli skladlar, qurilish konstruksiyalari elementlari, qismlar, chalafabrikatlar va materiallar saqlanadigan (taxlanadigan) maydonchalarning o‘rinlari ko‘rsatilgan chizmaga aytiladi. Qurilish bosh planiga asosan, qurilish maydonchasida vaqtincha tipdagi bino va inshootlar, shuningdek skladlashtirish moslamalari va maydonchalarining geometrik sxemalari yasaladi.


v) Loyihaning geodezik qismi
Loyihaning geodezik qismiga quyidagilar kiradi:

  • Bino va inshootlarning bosh va asosiy o‘qlarini joyda yasash loyiha-sxemasi.

  • O‘qlar yasash aniqligining dastlabki hisobi, o‘qlar yasashga doir instrumental va metodik ko‘rsatmalar.

  • O‘qiy stvor belgilarni joylashtirish loyiha-sxemasi.

  • Inshootlarning cho‘kishi va deformatsiyasini kuzatishga oid ishlar loyihasi (bunga asosiy kuzatish hamda nazorat qilish reterlari va markalarini joylashtirish, kuzatish programasi kiradi).

  • Qurilish konstruksiyalarini montaj qilish uchun kundalik geodezik ishlar o‘tkazish, montaj o‘qlari va gorizontallarni tiklash va mahkamlash, vertikal konstruksiyalarni to‘g‘rilash, o‘qiy nuqtalarni yuqoriga uzatishga doir, bu ishlarning aniqligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar.

  • Ko‘rinmaydigan ishlarni ijroiy s’emka qilish va niverlash metodikasi hamda aniqligiga, shuningdek, bino va inshootlar qurilishi sikllari va texnologik elementlariga doir ko‘rsatmalar.

  • Qurilishi tugallangan ob’ektni ijroiy s’emka qilishga va uning ijroiy planini tuzishga doir ko‘rsatmalar kiradi.




Download 22,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish