Issiqlik yutuvchanlik (sig’imi) - haroratlar farqi 10S bo’lganda 1 kg materialning yutgan issiqlik miqdori quyidagi formula yordamida topiladi:
QC.m.(t1-t2),
bu yerda: S-issiqlik yutuvchanlik koeffitsiyenti; Q-issiqlik miqdori, (kJ);
m-namunaning massasi, kg; (t1-t2)-haroratlar farqi, 0S.
№
|
Materialar
|
O’rtacha zichlik, kg/m3
|
, Vtm.0S
|
S, kJkg.0S
|
1
|
Granit
|
2600
|
2,50
|
2,5
|
2
|
Oddiy g’isht
|
1800
|
0,70
|
0,18-0,22
|
3
|
Og’ir beton
|
2100-2600
|
1,10-1,60
|
0,21
|
4
|
Engil beton
|
1200-1800
|
0,80-0,35
|
-
|
5
|
Qarag’ay (tolasiga perpendikulyar)
|
600
|
0,15
|
-
|
6
|
Mineral paxta
|
200-400
|
0,05-0,08
|
-
|
7
|
Yog’och tolali presslangan plitalar
|
300
|
0,08
|
0,07
|
8
|
G’ovakli plastmassa
|
20
|
0,035
|
-
|
9
|
Po’lat
|
7850
|
58
|
0,11
|
10
|
Suv
|
1000
|
0,58
|
1,0
|
11
|
Havo
|
0,00129
|
0,02
|
-
|
Materiallarning issiqlik yutuvchanligi Markaziy Osiyo quruq-issiq iqlimda quriladigan bino loyihalarini tuzishda, devorbop konstruksiyalar, qavatlararo plitalar va isitish majmualarini hisoblashda katta ahamiyatga ega. Ba’zi materiallarning issiqlik yutuvchanlik koeffitsiyenti 1.1-jadvalda keltirilgan.
Ba’zi materiallarning issiqlik o’tkazuvchanlik va yutuvchanlik koeffitsiyentlari
Olovga bardoshlik - materialni 15800S va undan yuqori haroratda yumshamaslik va deformatsiyalanmaslik xususiyatidir. Olovbardosh materiallar sanoatda pishirish humdonlarini qoplashda ishlatiladi. Bu jihatdan materiallar eriydigan (13500S kam), qiyin eriydigan (1350-15800S) va erimaydigan (15800S yuqori) turlarga bo’linadi.
Materiallarning termik chidamliligi ularning haroratni siklli ko’p marta o’zgarishiga buzilmasdan chidash xususiyatidir. Termik chidamlilik materialning tarkibiga, haroratdan kengayish koeffitsiyentiga bog’liq bo’ladi. Haroratdan kengayish koeffitsiyenti kichik bo’lsa, materialning termik chidamliligi shunchalik yuqori bo’ladi. Granit, oyna va shu kabi materiallarning termik chidamliligi kichik.
Yonuvchanlik materialning olov ta’sirida ma’lum muddatda yonmaslik xususiyatidir. Bu jihatdan materiallar - yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlarga bo’linadi. Masalan, yonmaydigan materiallarga beton, g’isht, po’lat, granit va h.k., qiyin yonadiganiga asfaltbeton, fibrolit, ba’zi penoplastlar, shimdirilgan yog’och va sh.k., yonadiganlariga - yog’och, gulqog’oz, bitum, bo’yoqlar va sh.k. lar kiradi.
1.6. Radiatsiyaga chidamlilik
Radiatsiyaga chidamlilik materialning ionlantiruvchi nurlar ta’sirida uning tuzilishi va fizik-mexanik xossalarini o’zgartirmaslik xususiyatidir. Atom energetikasining rivojlanishi, turli radioaktiv nurlarni xalq xo’jaligida ishlatilishi materiallarni nurlarga chidamliligini o’rganishga, bu nurlardan muhofazalovchi materiallarni yaratishga olib keldi. Radiatsiya nurlari, xatto kristall tuzilishli materiallarni amorf holatga keltirishi, ularda juda kuchli ichki zo’riqishlar hosil qilishi va buzishi mumkin. Radioaktiv nurlardan himoyalash uchun mahsus tarkibli o’ta og’ir betonlar, metall qotishmalari va sh.k. ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |