Qurilish materiallari va konstruksiyalari



Download 1,17 Mb.
bet1/6
Sana05.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#637657
  1   2   3   4   5   6

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
QURILISH MATERIALLARI VA KONSTRUKSIYALARI “ kafedrasi
Qurilish materiallari texnologiyasida jarayon va apparatlar” fanidan


KURS ISHI




Mavzu: Yiliga 700 ming tonna aralash usulda oq sement ishlab chiqarish- klinkerni maydalash jarayoni

Bajardi: 823-18 gurux talabasi Ergashev Javohir


Tekshirdi: O’roqboyev O
Jizzax-2022 yil
Mundarija.
1)Kirish.......................................................................................................................2
2) Buyum tavsifi ........................................................................................................6
3) Texnologik qism....................................................................................................10
4)Texnologik sxema .................................................................................................21
5)Hisob kitob qismi ..................................................................................................22
a)korxonaningish rejmi
b)korxonaning ishlab chiqarish quvvati.
v)buyum turiga bog’liq xolda xomoshyo va yarim tayyor maxsulotlar hisobi.
g)texnologik asbob – uskunalarni tanlash va hisoblash
6)Ishlab chiqarish nazorati . ......................................................................................25
7)Texnika xavfsizligiva mexnat muxofazasi ...........................................................26
8)Foydalanilgan adabiyotlar ......................................................................................29


Kirish
O’tgan yili faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida e‘tibor qaratildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga yo’naltirilayotgan kapital qo’yilmalar hajmi ancha oshib, o’tgan yilga nisbatan ularning o’sish sur‘atlari 109,3 foizni, yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 24,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.Shuningdek, xorijiy investitsiyalar va jalb qilinadigan kreditlar hajmi 16 foizga ko’payib, 3 milliard 300 million dollardan oshadi. Mazkur mablag’ning 2 milliard 300 million dollardan ortig’i yoki qariyb 70 foizini to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar tashkil etishi ayniqsa e‘tiborlidir.Bu xorijiy investorlarning iqtisodiyotimizning mustahkamligi va barqarorligiga, eng muhimi, O’zbekiston taraqqiyotining istiqboliga bo’lgan qiziqishi va ishonchi tobora ortib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.
O’tgan yili protokol bilan belgilangan topshiriqqa binoan mamlakatimizning barcha yirik korxonalari va ishlab chiqarish tarmoqlarida o’tkazilgan texnik audit natijasida 37 mingga yaqin asbob-uskuna va texnologiyalarning jahon miqyosida sinovdan o’tgan, zamonaviy turlariga almashtirilishi lozimligi aniqlandi.
Viloyat va hududiy tuzilmalar rahbarlari transport va kommunikatsiya, birinchi navbatda yo’l qurilishi sohasi, shuningdek, ijtimoiy va obodonlashtirish ishlari ko’p mehnat talab etadigan va ayni vaqtda yaxshi haq to'lanadigan, aholini ish bilan ta‘minlash imkonini beradigan tarmoqlar ekanini doimo yodimizda tutishimiz zarur. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mamlakatimizning barcha hududlarini ishonchli ravishda bog'laydigan, mintaqaviy va jahon bozorlariga chiqishni ta‘minlaydigan O'zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan yo'llarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini jadal amalga oshirish biz uchun g'oyat muhim ahamiyatga ega.Shu maqsadda 2012-yilda 517 kilometrlik avtomobil yo'llari, ikkita yirik transport bog'lamasi, 544 pogon-metr ko'prik va yo'l o'tkazgichlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish mo'ljallanmoqda. Buning uchun Respublika yo’l Qurilish qancha ko‘p bo‘lsa, qurilish materiallariga bo‘lgan talab va ektiyoj ham shunchalik ko‘payaveradi. O’zbekiton Respublikasi Prezidentining 2019 yil, 23 maydagi "Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida"gi PQ 4335-sonli qaroriga muvofik Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy uzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
Qarorda 2019-2025 yillarda diversifikatsiya qilish va mahsulot turlarini kengaytirish hisobiga qurilish materiallarini ishlab chiqarishning maqsadli ko‘rsatkichiga asosan to’ldiruvchilar, g‘isht, sement, ohak, gips va boshqa qurilish materiallari hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rsatkichlar belgilangan. Beton to‘ldiruvchilari asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. To’ldiruvchilar – bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiiy yoki sun’iy materiallar bo’lib, bog‘lovchilar va suv ratsional aralashmasi bilan beton xosil qiluvchi materialdir. To‘ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi.
Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan engil beton keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. To‘ldiruvchilar beton va temir-beton konstruksiyalarning 30….50 % narhini, 80-85% hajmini tashkil qiladi. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasida ilmiy-texnik yutuqlarni qo‘llashdir.
Tosh materiallar va ular asosida olinadigan to‘ldiruvchilar qadim zamondan bino va inshootlarni tiklashda keng qo‘llanilgan. Misrdagi hashamatli yodgorliklardan fir’avn qabrlari, Xeops piramidasi, Karnakedagi Amona ibodatxonasi kabi ulkan noyob yodgorliklar eramizdan ikk ito‘rt ming yil avval xarsang tosh elementlari vositasida qurilgan.
Vatanimizda tosh materiallarni bino va inshootlarda keng qo‘llab kelinganligi tarixiy manbalardan ma’lum. Masalan shahar devorlari, minoralar, masjid va qasrlar, Buxoro, Samarqand, Xiva yodgorliklari kabi inshootlarda tosh materiallardan keng foydalanilgan. Asrlar osha tosh materiallarni qo‘llash ahamiyati osha borgan, ulardan foydalanib ko‘plab binolar, to‘g‘onlar hamda turli muhandislik inshootlari qurilgan. Keyingi yillarda qurilishda beton va temir-betonlarni qo‘llash hajmi oshdi va beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish hajmi ham bir necha marta ortdi. To‘ldiruvchilarning sifati yaxshilandi, assortimenti ko‘paydi va yangi texnologik usullar ishga tushirildi.
Xozirgi qurilish materiallari korxonalari Vatanimizda ishlab chiqarilgan yuqori unumli mashinalar bilan ta’minlangan. Ishlab chiqarishdagi deyarli hamma texnologik bosqichlar mexanizatsiyalashtirilgan. Beton to‘ldiruvchilari ishlab chiqarish sanoatining eng muhim vazifalari mahalliy xom ashyodan, shu jumladan sanoat chiqindilaridan keng foydalanish va ishlab chiqarishni rivojlantirish, ularning sifatini oshirish va qurilishning tannarxini kamaytirishdir. 5 O‘zbekistondagi beton to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda ko‘pgina ilmiy tekshirish institutlari va tajribaxonalari hamda markaziy institutlarining o‘rni juda ham katta.
Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasini rivojlantirishda Respublika olimlaridan M.O‘razboev, K.Axmedov, A.Ashrabov, YU.Toshpulatov, B.A.Asqarov, E.Qosimov, N.A.Samig’ov, A.Tulaganov, L.M.Botvina X.A.Akramov, B.X.Raximov, X.N.Nuritdinov, M.T.Turupov, U.A.G‘oziev, .Akbarov, X.Quldashev, SH.T.Raximov va boshqa olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Akademiklar X.A.Abdullaev, D.S.Belyankina, B.A.Krilov, G.O.Mavlonov va boshqa olimlar juda ko‘p yangi tabiiy qurilish materiallarini topishga muyassar bo‘ldilar. Beton to‘ldiruvchilar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishda ko‘pgina olimlar: YU.M.Bajenov, I.I.Axverdov, S.M.Itskovich, L.D.CHumakov, B.N.Vinogradov, I.A.Ivanov, YU.P.Gorlova va boshqalar olib borgan ishlari salmoqli o‘rin tutadi.
O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoati o‘tgan yillar ichida qoloq va mayda tarqoq hunarmandchilik ishlab chiqarish holatidan zamonaviy va to‘la avtomatlashtirilgan og‘ir industriyaga aylandi. Respublikamizdagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavodlar yuqori unumli mashina va agregatlar bilan jixozlangan.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish