«Qurilish materiallari va konstruksiyalari» kafedrasi «korxonalarda qurilish konstruksiyalarini tayyorlashni loyihalash»


Nomarkaziy siqilgan elementlarning konstruktiv



Download 4,14 Mb.
bet6/20
Sana12.05.2023
Hajmi4,14 Mb.
#938069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
5. Kurs ishi uslubiy ko\'rsatma (2)

Nomarkaziy siqilgan elementlarning konstruktiv
jihatlari

Temir-beton konstruksiyalarda barcha siqilgan element sifatida hisoblanadi. Bu shu bilan izohlanadiki, siquvchi kuchlarning qo‘yilishidagi faktni ekssentrisitet (e=M/N) dan tashqari temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarishda elementlar ko‘ndalang kesimlarining loyihaviy o‘lchamlaridan og‘ish hollari bo‘lganligi tufayli ularning geometrik formalari to‘liq bajarilmasligi hamda betonning bir jinsli bo‘lmaganligi sababli kesimning geometrik va fizik og‘irlik markazlari bir-biriga mos tushmasligi oqibatida yana qo‘shimcha ekssentrisitet hosil bo‘ladi va shuning uchun hisoblashda ea ehtimoliy ekssentrisitet qabul qilinadi (kiritiladi).


Umumiy ekssentrisitet qo‘yidagi formula bo‘yicha topiladi: e0=e+ea. Siquvchi kuch element o‘qi bo‘yicha qo‘yilgan holda (e=M/N=0) faqat ehtimoliy ekssentrisitet e0=ea qabul qilinadi (hisobga olinadi) va ushbu elementni shartli ravishda markaziy siqilgan element deb qarash mumkin bo‘ladi. Bunday elementlarga bino va inshootlardagi oraliq kolonnalar, tugunlarga ta’sir qiladigan yuklar bo‘lmagan hollarda fermalarning ustki (yuqori) belbog‘lari (poyaslari), siqilgan ustunlar va fermalarning raskoslarini misol tariqasida keltirish mumkin.
e0=ea bo‘lganda, ya’ni markaziy siqilishda kolonna va ustunlarning ko‘ndalang kesimlari odatda kvadrat ba’zan to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak shaklida qabul qilinadi. Ekssentrisitet ancha sezilarli (kattaroq) bo‘lgan hollarda kolonnalarning ko‘ndalang kesimlar to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak shaklida qabul qilinadi, bunda ko‘ndalang kesimning katta tomoni ekssentrisitet joylashishiga qarab yo‘naltiriladi, shu bilan bir qatorda ko‘ndalang kesimlarning formalari qo‘shtavr va tavr shaklida bo‘lishi mumkin. Standartlashtirish maqsadida kolonnalarning kesimlarining o‘lchamlari 50mmga karrali qilib belgilanadi. Turar uy-joy va jamoat binolari uchun mo‘ljallangan kolonnalar ko‘ndalang kesimlarining minimal o‘lchamlari 200x200 mm, sanoat binolari uchun mo‘ljallangan kolonnalar ko‘ndalang kesimlarining minimal o‘lchamlari 300x300 mm, quyma (monolit) kolonnalarning ko‘ndalang kesimlarining minimal o‘lchamlari 250 mm dan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Kolonnalar tayyorlash uchun siqilish bo‘yicha mustahkamligi B15 dan kam bo‘lmasligi, kuchli yuklangan kolonnalar uchun esa siqilish bo‘yicha mustahkamligi B25 dan kam bo‘lmagan beton qabul qilinadi. Kolonnalarni armaturalashda bo‘ylama sterjenlarning diametri 12 mm dan kam bo‘lmasligi lozim, A-III yoki A-II klassdagi armaturalar, ko‘ndalang sterjenlar sifatida esa A-I, A-II, A-III klassdagi armatura yoki V-I klassdagi sovuq holatda tortilgan sim qo‘llaniladi. (6-rasm).
Nomarkaziy siqilgan kolonnalarni loyihalashda qo‘yida ta’kidlangan talablarga rioya qilish taqozo etiladi:
kolonnalarning ko‘ndalang kesim o‘lchamlari shunday bo‘lishi lozimki, ularning egiluvchanligi l0/i istalgan (har qanday) yo‘nalishda 120 dan oshmasligi lozim, ikkinchi darajali siqilgan elementlar uchun esa l0/i ≤200; shart bajarilishi talab etiladi; bo‘ylama qo‘yilgan armatura ko‘ndalang kesim yuzasi S vaS' ning minimal qiymati qo‘yida ko‘rsatilgan qiymatlardan iborat bo‘lishi taqozo etiladi, %:

elementlarda

l0/i<17

…………………….

0,05

-//- -//-

17≤l0/i≤35

…………………….

0,1

-//- -//-

350/i≤83

…………………….

0,2

-//- -//-

l0/i>83

…………………….

0,25

betonning himoya qatlamining qalinligi bo‘ylama armaturaning diametridan yoki 20 mm dan kam bo‘lmasligi lozim, bikr karkasli kolonnalarda bo‘ylama sterjenlar sifatida chiziqli, burchakli va fasonli po‘lat qo‘llanilganda betonning himoya qatlami 50 mm dan kam bo‘lmasligi talab etiladi;
beton qo‘yilayotganda vertikal joylashgan armaturalarning joylashish oralig‘i 50 mm dan kam bo‘lmasligi, agar armaturalar bo‘ylama yoki qiya yo‘nalishda bo‘lsa, ularning joylashish oralig‘i pastki armatura uchun 25 mm va yuqorida joylashadigan armatura uchun esa 30 mm dan kam bo‘lmasligi kerak; bundan tashqari barcha holatda bu masofani eng yirik sterjen diametridan kam bo‘lmasligi kerak;
ko‘ndalang sterjenlar yoki xomutlar hech qanday hisoblashlarsiz o‘rnatiladi (qo‘yiladi), lekin me’yoriy ko‘rsatmalarga rioya qilinadi: agar kolonna ko‘ndalang kesimining o‘lchamlari 400x400 mm (kolonna qirralari orasidagi tomonlar 400 mm) va bo‘ylama armaturalar soni to‘rtta bo‘lganda yassi karkaslar qo‘shimcha sterjenlarsiz yoki bittalik xomutlar bilan loyihalanadi (6-rasm, a, v);
agar kolonna qirralari orasidagi tomonlar 400 mm dan ortiq bo‘lsa yoki bitta tomondan (qirrada) bo‘ylama armaturalarning soni to‘rtadan ortiq bo‘lsa, qo‘shimcha konstruktiv ko‘ndalang sterjenlar kiritiladi yoki ikkitalik xomutlar o‘rnatiladi (6-rasm, b, g, d, e); ikkitalik xomutlar o‘rniga birlashtiruvchi shpilkalarning qo‘yilishi ham tavsiya etiladi (6-rasm, j); xomutlarning egilishlari element qirrasining eni bo‘yicha 400 mm dan ortiq bo‘lmagan masofada qo‘yiladi.
Siqilish paytida ko‘ndalang sterjenlarning tashqi yon tomonlarga egilib (shishib) chiqib ketmasligining oldini olish maqsadida ko‘ndalang sterjenlar (xomutlar)ning orasidagi masofa bog‘langan karkaslarda 15d dan ortiq bo‘lmagan oraliqda olinadi va payvandlangan karkaslarda esa ko‘ndalang sterjenlar (xomutlar) oralig‘i 20d dan yoki 500 mm dan ortiq bo‘lmagan masofada olinadi, bu erda d- bo‘ylama siqilgan armaturaning eng kichik diametri.
Bo‘ylama armaturalarning qo‘yilish yuzasi 3% dan ortiq bo‘lsa, xomutlar 10d va ≤300 mm shartga muvofiq o‘rnatiladi.


6-rasm. Kolonnalarning ko‘ndalang kesimini armaturalash
a, b – payvandlash karkaslari bilan armaturalash; v va j –bog‘langan karkaslar bilan armaturalash;1 – birlashtiruvchi sterjen; 2 – karkas; 3 – yakka xomut; 4 – qo‘shma xomut; 5 – qo‘shimcha sterjen; 6 – shpilka; 7 – Ø 12-16 mmdiametrliqo‘shimcha sterjenlar.

Payvandlangan karkaslardagi ko‘ndalang sterjenlar (xomutlar)ning diametri payvandlash shartlarini qoniqtirishi shart: bo‘ylama armaturalarning diametrlari 14÷20 mm bo‘lganda odatda 5÷6 mm diametrdagi; bo‘ylama armaturalarning diametrlari 22÷25 mm bo‘lganda diametri 8 mm bo‘lgan armatura ko‘ndalang sterjen sifatida qabul qilinadi, agar bo‘ylama armaturalarning diametrlari 28÷32 mm va 36÷40 mm bo‘lganda ko‘ndalang sterjenlar sifatida mos ravishda diametrlari 10 mm va 12 mmli armaturalar qabul qilinadi. Bog‘langan karkaslarda xomutlarning diametri 5 mm dan oshmasligi va 0,25d dan ortiq bo‘lmasligi lozim, bu erda d – ko‘ndalang armaturaning eng katta diametri; odatda xomutlar sifatida diametrlari 6÷8 mm bo‘lgan A-I sinfli armatura qabul qilinadi.


Payvandlab biriktirish uchun mo‘ljallangan metall payvandlash detellari element qirralari joylashgan tekislikdan (qirralardan) tashqariga chiqib ketmasligi lozim; bu detallarni ishchi (yuk ko‘taruvchi) armaturalarga payvandlab biriktirish yoki maxsus sterjenlar yoki ankerli ilgaklar orqali (yordamida) betonga ishonchli ankerlash taqozo etiladi.



Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish