Atrof muhit muhofazasi bo‘yicha Xalqaro harakat
Inson tabiiy resurslarini o‘zlashtirishi davomida tabiatni ma’lum darajada kambag‘allashtiradi.Etkaziladigan bunday zararni kamaytirish, muhitningtozaligini saqlash bo‘yicha ayrim xalqlar va mamlakatlar miqѐsida olib borilaѐtgan ishlar chuqur tarixiy ildizga ega. Miloddan ancha ilgari Qadimgi Vavilon va Xitoyda o‘rmonlarni, Hindistonda hayvonlarni, Rim podsholigida suvlarni asrash tartib-qoidalarining qonun kuchiga kiritilganligi, qonunga xilof ish tutganlarga og‘ir tan jazosining tayinlanganligi ajdodlarimizning tabiatga qanchalik e’tiborli bo‘lganliklaridan darak beradi.Tabiiy boyliklarni tobora ko‘p o‘zlashtirish hisobidan kapitalistik jamiyatining rivojlanishi undagi ba’zi mamlakatlar hududida tabiiy resurslarining jiddiy kamayib ketishiga, suv, havo va tuproqning ifloslanishiga olib keldi. Kapitalistik malakatlar mustamlaka va qaram mamlakatlarning tabiiy resurslaridan ayamasdan foydalandilar va u erlarning tabiatiga jiddiy ziѐn etkazdilar. SHuning uchun ham ular oldiga tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish ishlarini tartibga solish zaruriyati boshqalardan ko‘ra ancha oldinroqko‘ndalang bo‘lib chiqdi. Buning uchun tabiiy resurslar, ularning turlari va zaxiralarini o‘rganish, ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish asosiy masalalardan biriga aylandi. AQSH va Angliyada bu borada maxsus ilmiy tadqiqot institutlari tashkilqilinib, ularga keng ko‘lamda ishlash sharoitlari yaratib berildi.Rivojlangan mamlakatlarda tabiat muhofazasiga doir tartib va qonunlar boshqalarga ko‘ra ancha ilgari kengroqva chuqurroqtatbiq qilindi. AQSH va Ruminiyada neft konlaridan qat’iy qoida asosida foydalanish qonunining o‘rnatilishi, Angliyada ov hayvonlarini ko‘paytirish bo‘yicha zakazniklar tashkilqilinishi, Avstraliya va Hindistonda tuproq eroziyasining oldini olish bo‘yicha qat’iy choralarining belgilanganligi haѐt taqozisidan kelib chiqqan bo‘lib, tahsinga sazovor ishlardir. Lekin tabiat muhofazasining alohida olingan bir mamlakat hududida u ѐki bu darajada bajarilishi etarli samara bermaydi. Binobarin, Sayѐramiz yagona va yaxlit bo‘lib, uning tabiati va tabiiy boyliklarining muhofaza etilishi umuminsoniy vazifadir.
Tabiy resurslar va ularning tasnifi
Tabiiy resurslar inson ta’siri nuktai nazaridan 2 guruxga ajratiladi. 1. Tugaydigan 2. Tugamaydigan tabiiy resurslar.
Tugaydigan tabiiy resurslar uz novbatida 2 guruxga ajratiladi:
a) tiklamaydigan tabiiy resurslar (foydali kazilmalar);
b) tiklanadigan tabiiy resurslar (usimlik va xayvonot dunyosi, kisman tuprok). Tugamaydigan tabiiy resurslarga suv resurslari, iklim resurslari (atmosfera, shamol energiyasi va x.o.) va kosmik resurslar (kuyosh radiatsiyasi) kiradi. Bu resurslardan foydalanish ularning kamayishiga olib kelmaydi. Lekin bu resurslarga inson ta’sirining olib borishi ular xolatining uzgarishga olib kelishi mumkin. Masalan, suv resurslarining ifloslanishi, atmosfera tarkibining uzgarishi va x.o.
Do'stlaringiz bilan baham: |