Qurilish materiallari va konstruksiyalar



Download 2,41 Mb.
bet2/8
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#278280
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Penablok iwlab chiqarish lotincha zari

Jizzax-2021

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zsanoatqurilishbank hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda shu yil 9 iyunda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi muhokama etildi.

So‘nggi yillarda yurtimizda hududlarni kompleks rivojlantirish, shahar va tumanlarda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shu jumladan, qurilish materiallari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hisobiga aholi bandligi hamda mahalliy mahsulotlar turi va hajmini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Natijada, so‘nggi to‘rt yil ichida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 23 foizga, shu jumladan, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sanoatning hududlarda jadal rivojlanayotgan tarmoqlari 1,3 barobardan ko‘proq o‘sdi.

SHu bilan birga, davlatimiz rahbarining yuqoridagi farmonida qayd etilganidek, tarmoqda islohotlar kutilgan samarani bermayapti, ayniqsa, qurilish industriyasini rivojlantirishda hududlarning sanoat salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti.

Biznes-forum ishida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov farmonga ko‘ra, mahalliy sanoat tarmoqlarini va qurilish materiallari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan yangi yaxlit tizim joriy etilayotgani, buning uchun «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi huzurida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil qilingani hamda mazkur tarmoqda loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qator imziyozlar berilayotganini ta’kidladi.

Farmonga binoan “O‘zsanoatqurilishbank”ATB Boshqaruv raisi S.Annaklichev bir paytning o‘zida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash raisi vazifasini ham bajarishi belgilandi.

SHu bois Bank rahbariyati tomonidan sohadagi islohotlarni jadallashtirishga ko‘maklashish maqsadida yanada faol ishlar olib borilmoqda.

Bank Bosh ofisida maxsus departament, mintaqaviy filiallarda konsalting markazlari tashkil qilinib, ularga malakali menejerlar jalb qilindi.

Hozirda ushbu menejerlar qurilish materiallari sohasida ish boshlamoqchi bo‘lgan kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga standart loyihalar, biznes rejalar va loyihalarning texnik-iqtisodiy ahamiyatini ishlab chiqishda, shuningdek kredit olishda bevosita ko‘maklashmoqda.

Endilikda markazlarda axborotlashtirilgan bazalar tashkil qilinadi. Ularda hududlardagi foydali qazilma konlari, mahsulotlarning bozorlardagi tannarxlari, zarur texnologik uskunalar hamda tashkil etiladigan o‘quv kurslari bo‘yicha ma’lumotlar berib borilishi ko‘zda tutildi.

Tadbirda “O‘zsanoatqurilishbank”ATB Boshqaruv raisi – Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash raisi Saxi Annaklichev so‘z olib, bugungi kunda BSG kompaniyasi ekspertlari bilan sohani xorijiy tajribalar asosida rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. Bunda klaster tizimini amaldagi developer kompaniyalari orqali tashkil qilish mo‘ljallangani ta’kidlandi.

– 5 mlrd. dollarlik loyihalar portfeli bo‘yicha ma’lumotlar korxonalar va tumanbay shakllantirilgan holda yagona bazaviy platformaga kiritiladi, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank”ATB Boshqaruv raisi – Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash raisi S.Annaklichev. – Mazkur tizim tegishli vazirlik va idoralarga belgilangan chora-tadbirlar ijrosini onlayn rejimda kuzatib borish imkonini beradi. Bu borada umumiy monitoring bankning konsalting kompaniyasi hamda bank filiallarida tashkil etilgan konsalting markazlari tomonidan yuritiladi..

Biznes-forumda farmon asosida O‘zsanoatqurilishbankka Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 200 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilayotgani, Bank tomonidan 300 mln. dollarlik evroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish ishlari olib borilayotgani aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, Bank tomonidan “O‘zstandart” agentligi bilan qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tumanlarda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, korxonalarning rahbar va xodimlarini xalqaro sifat talablari hamda standartlariga o‘rgatish tizimini yaratish bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

“O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi bilan birgalikda etakchi xorijiy oliygohlarini jalb qilgan holda, qurilish materiallari sohasi uchun malakali va zarur ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, Toshkent kimyo texnologiya institutida Germaniya va Rossiyaning nufuzli universitetlari bilan birga 5 ta yangi yo‘nalishda o‘qishni tashkil etish hamda Toshkent arxitektura va qurilish instituti bilan birgalikda Turkiyaning ixtisoslashgan oliygohlarini jalb etgan holda muhandis va texnologlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazirliklar bilan ishlar amalga oshirilmoqda. Biznes-forumda, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tumanlarda loyihalarni o‘rganish bo‘yicha jalb qilingan ishchi guruhning sohani rivojlantirishdagi mavjud muammolar bo‘yicha bergan xulosalari muhokama qilindi. Tizimli va idoralararo kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazfalalar belgilab olindi.

Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar vakillari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, muhandis-quruvchilar hamda developerlar ishtirok etdi. Ular o‘rtasida tarmoqlar va hududlarning sanoat salohiyatini oshirish maqsadida tartibga solish muhiti va standartlarni takomillashtirish, zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda mahalliy sanoat korxonalari uchun professional kadrlar tayyorlash, bunda trening dasturlaridan keng foydalanish kabi masalalar bo‘yicha fikr almashildi.


Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish