Qurilish materiallari


Betonning issiqlik-fizik xossalari



Download 11,91 Mb.
bet82/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

6.4.6. Betonning issiqlik-fizik xossalari
Issiqlik sig'imi. Oddiy og'ir betonning solishtirma issiqlik sig'imi 0,75-0,92 kJ/(kg∙°C) bo'ladi. Issiqlik sig'imi, asosan, to'ldirgichlarning xossalariga va betonning zichligiga bog'liqdir.
Issiqlik o'tkazuvchanlik. Og'ir betonning quruq havo sharoitidagi issiqlik o'tkazuvchanligi 1,2 W/(m∙°C). Og'ir to'ldirgichlar o'rniga g'ovak yengil to'ldirgichlar ishlatilsa, λ2-4 marta kamayadi. Betonning namligi oshsa yoki suv kirib muzlasa λ keskin oshib ketadi. Uysozlik panellari, issiq-sovuqdan himoyalovchi konstruksiyalar tayyorlanganda, og'ir beton qo'shimcha ravishda issiqlik izolatsiyasi materiallari bilan ta'minlanadi.
Haroratdan chiziqli kengayish koeffitsiyenti (XChKK). Og'ir betonning XChKK (10∙10-6) °C-1 ni tashkil etadi va beton 50°C qizdirilganda 0,5 mm/m bo'ladi. Beton asosida bino va inshootlar qurilganda XChKK hisobga olinib, harorat farqidan ularda yoriqlar hosil bo'lishini bartaraf etish maqsadida haroratdan kirishish choklari hosil qilinadi. Harorat 80°C oshganda, ichki zo'riqish hisobiga yirik to'ldirgichlar va qorishma kontakt yuzalarida mikroyoriqlar hosil bo'ladi.
Olovbardoshlik. Beton umuman yonmaydigan material hisoblansa-da, yuqori harorat ta'sirida buziladi.
Binolarga o't tushganda olovning qisqa muddatli ta'sirida beton xossalari o'zgarmasligi mumkin. Ammo 160-200°C harorat uzoq muddat ta'sir etsa, betonning mustahkamligi 25-30% pasayadi. Harorat 500°C oshsa, sement toshi gidrominerallari va kalsiy gidrooksidi parchalanadi, natijada betonning mustahkamligi keskin kamayadi va konstruksiya buziladi.
Beton uzoq muddat 200°C ortiq haroratda ishlatilishi mo'ljallangan bo'lsa, betonning issiqlik izolatsiyasi materiallari bilan himoyalanadi yoki konstruksiyalar olovbardosh betondan tayyorlanadi. O't tushish ehtimoli ko'p bo'lgan qurilish obyektlarida beton yuzasini harorat ta'sirida tezlikda ko'pchib g'ovak issiqlik izolatsiyasi qoplamasi hosil qiluvchi maxsus polimer kompozitsiya-lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O'zbekiston (MDX mamlakatlari) va Еvropada beton xossalariga oid standartlarni solishtirish tahlili 6.5-jadvalda keltirilgan.



Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish