Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet68/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

VI ВОВ
BETONLAR


Tayanch iboralar: portlandsement, mayda to‘ldirgich, yirik to‘ldirgich, modifikatorlar, superplastifikatorlar, beton, og‘ir beton, keramzit, yengil betonlar, penobeton, gazobeton, maxsus betonlar, gidrotexnik beton, shlak ishqorli betonlar.


6.1. Umumiy ma'lumotlar
Beton ratsional tarkibda tanlangan mineral bog'lovchi, suv, to'ldirgichlar,maxsus qo'shimchalardan iborat qorishmani aralashtirib, zichlashtirib olingan sun'iy kompozitsion tosh materialidir. Mineral bog'lovchi, suv, xususiy hollarda qo'shiladigan polimer modifikatorlar, aktiv yoki inert mineral dispers materiallar aralashmasini mikrokompozitlar, mikrokompozitlarga mayday va yirik to'ldirgichlar aralashtirish natijasida hosil bo'lgan majmua makrokompozitlar deyiladi. Betonning fizik-mexanik, deformativ sovuqqa chidamlilik va boshqa xossalari mikro va makrokompozit strukturasiga bevosita bog'liq.
Beton qorishmasi tayyorlangan dastlabki paytda qayta ishlash-qoliplash, zichlashtirish kabi jarayonlar oson bo'ladi. Beton vaqt o'tishi bilan qotishi natijasida o'ta qattiq tosh materialga aylanadi va uni qayta ishlash qiyinlashadi. Ratsional tarkibda tanlangan beton qorishmasida mikrokompozit 15-20% hajmni, mayday va yirik to'ldirgichlar esa 80-85% hajmni egallaydi. Yirik to'ldiruvchi hosil qilgan majmuani karkas, mikrokompozitni esa matritsa deb qarash mumkin. Mineral bog'lovclilar va to'ldirgichlarning turini o'zgartirib, mustahkamligi, deformativligi, turli sharoitlarga moslashgan, o'ta og'ir, yengil, o'ta yengil, olovbardosh, radiatsiyani o'tkazmaydigan va boshqa beton xillarini yaratish mumkin.
Beton tarkibiga sement massasiga nisbatan 0,01-1,2% polimer qo'shimchalar hamda 15-40% yuzasi aktivlashtirilgan dispers mate­riallar, masalan, kvarsli minerallar va kiritib xossalarini yaxshilash va sementni tejash mumkin.
Hozirigi kunda beton tarkibiga mikrokremnezyom, mikroglinozyom, metakaolin va shu kabi tarkibida mavjud bo'lgan aktiv amorflashgan oksidlar nanodispers qo'shimcha (1 - 10 nm), noorganik monomerlar - seolit gellari (MeO;Al2O3∙nSiO2H2O: bu yerda: Me - metall ioni) yuqori samarali modifikatorlar sifatida kiritilmoqda.
Beton bog'lovchining turiga nisbatan tasnifi: sementli, silikatli, gipsli, aralash bog'lovchili va shu kabi. To'ldiruvchining turiga nisbatan: zich, g'ovak, maxsus to'ldirgichli. Maxsus to'ldirgichlarga olovga bardoshli, kimyoviy chidamli, radiatsiya nurlarini qaytaruvchi va shu kabilar kiradi.
Oddiy og'ir beton uchun to'ldirgichlar sifatida mahalliy tabiiy toshlar - shag'al, chaqiqtosh, qumlar, shlaklar ishlatiladi.
O'rtacha zichligiga nisbatan beton tasnifi: o'ta og'ir beton -o'rtacha zichligi 2500 kg/ m3ortiq. O'ta og'ir betonlar magnetit, barit, cho'yan qirindisi va boshqa og'ir to'ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Bunday betonlar maxsus himoyalovchi konstruk­siyalar va qismlar tayyorlashda ishlatiladi. Og'ir beton - o'rtacha zichligi 2200-2500 kg/ m3 bo'lib, og'ir tog' jinslari asosidagi qum, shag'al, chaqiqtosh ishlatiladi. Og'ir beton bino va inshootlar uchun konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Yengillashtirilgan beton uning o'rtacha zichligi 1800-2200 kg/ m3bo'lib, temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Yengil betonning o'nacha zichligi 500-1800 kg/m3 bo'lib, turli usullarda olinadi: a) g'ovak tabiiy va sun'iy to'ldiruvchilar (keramzit, agloporit, pcmza va shu kabi); b) yacheykali betonlar (gazbeton, ko'pikbeton); d) qumsiz tayyorlanadigan zich va g'ovak to'ldiruvchili betonlar. O'ta yengil betonning o'rtacha zichligi 500 kg/m3 dan kam bo'lib, g'ovak to'ldiruvchilar asosida yoki yacheyk li hosil qilish usulida olinadi. Bunday betonlar issiqlik izolatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Umuman betonlarning o'rtacha zichligi 400 dan 4500 kg/ m3gacha bo'lib, ularning g'ovakligi, mustahkamligi ham mos ravishda o'zgaradi.
Ishlatilish sohasiga ko'ra betonlar konstruksion (ustunlar, to'sinlar, plitalar va shu kabi), gidrotexnik (to'g'onlar, kanallar va shu kabi), devorbop va yengil yopmalar uchun mo'ljallangan beton, yo'lbop va aerodrom qoplamalari uchun beton, kimyoviy va biologik muhitlarga chidamli, olovga bardoshli va h. k.
Quyida O'zbekiston (MDX mamlakatlari) va Еvropada betonni tasniflanishi bo'yicha standartlarni solishtirish tahlili jadvali keltirilgan (6.1-jadval) [3].

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish