Qurilish materiallari


Yog'ochni chirish, qurtlash va



Download 11,91 Mb.
bet189/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

13.5. Yog'ochni chirish, qurtlash va yonishdan saqlash


Chirishdan saqlash uchun yog'och antiseptiklar bilan ishlanadi. Antiseptiklarga quyidagi talablar qo'yiladi: zamburug'larga nisbatan yuqori toksinlik, yog'ochga yaxshi shimilish, noxush hid tarqatmaslik, inson va uy hayvonlariga beziyonlik, yog'ochning sifatini pasaytirmaslik va shu kabilar. Antiseptiklar suvda organik erituvchilarda eriydigan, moyli va pastasimon xillarga bo'linadi. Suvda eruvchan antiseptiklarga natriyli ftorid, natriyli kremneftorid,ammoniyli kremneftorid, BBK-3, XXS, MXXS va GR-48 preparatlari kiradi. Natriyli ftorid hidsiz oq kukun, 3-4% suvdagi eritmasi yog'och, payraha va qipiqdan tayyorlangan buyumlarni chirishdan saqlaydi.
Ammoniyli kremneftorid antiseptik xususiyati bilan birga yog'ochni olovga bardoshliligini ham oshiradi. Organik erituvchilardagi (mazut, kerasin va shu kabi) preparatlar PL (pentaxlorfenol) va NML (mis naftenati) yuqori darajadagi toksinli antiseptik bo'lib, yog'ochga yaxshi shimiladi.
Moyli antiseptiklarga toshko'mir, antrasen, slanes moylari kiradi. Moyli antiseptiklar (qo'ng'ir rang) o'tkir hidli, to'q jigarrang, kuchli toksinlovchi xususiyatli bo'lib, suvda yuvilmaydi, metall qismlarni korroziyalamaydi. Bu bilan ishlangan yog'ochlarni ochiq havoda, yerda yoki suvli sharoitda (ko'prik va qoziq konstruksiyalari, shpallar, suvosti inshootlari va h.k.) ishlatiladi.
Antiseptik pastalar bitum, eruvchan shisha, giltuproq va shu kabi bog'lovchilar hamda natriyli ftorid yoki kremneftorid antiseptiklari va dispers to'ldiruvchilar asosida tayyorlanadi. Pastalar namlanish ehtimoli bor yog'och konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi. Yog'och buyum va konstruksivalar turli usullarda antiseptik bilan qayta ishlanadi: moslamalar vositasida sepish, sovuq va issiq vannalarda shimdirish, avtoklavda bosim ostida shimdirish, pastalarni surish.
Yog'ochni hasharot va qurtlar zararidan asrash uchun avvalo uni po'stloqdan tozalash va saqlashda sanitariya normalariga rioya qilish kerak. Ammo qurt va hasharotlar yog'ochni ishlatish davrida ham shikastlashi mumkin. Ushbu holatda yog'ochga zaharli moddalar (insektitsidlar - moyli antiseptiklar, organik erituvchilardagi preparatlar bilan ishlov beriladi (13.6-rasm).




Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish