Ko'pikbeton va ko'piksilikat. Ko'pikbeton alohida tayyorlangan sement qorishmasi va ko'pik maxsus qorgichlarda aralashtirib olinadi. Qorishma portlandsement va uning turlari, havoyi ohak va boshqa bog'lovchilar asosida tayyorlanishi mumkin.
Kukun to'ldirgich sifatida tarkibida kremnezyom bo'lgan minerallar (kvars qumi, shlak, kul va shu kabilar) ko'pik hosil qiluvchi komponent sifatida yelimkanifol, saponin smolasi, alumosul-fonaftenli va shu kabilar ishlatiladi. Ko'pik turg'unligini oshiruvchi sifatida hayvon yelimlari. suyuq shisha, temir sulfati ishlatiladi.
Turg'un ko'pik kurakchali ko'pik hosil qiluvchi apparatlar yoki markazdan qochma prinsipda ishlaydigan nasoslar vositasida suv bilan sirtaktiv moddalarni aralashtirilib tayyorlanadi. Tayyorlangan ko'pikbeton qoliplanadi va qotishini tezlashtirish uchun issiqlik bilan qayta ishlanadi. Qotish jarayonini kimyoviy usuloa tezlashtirish maqsadida ko'pikbeton tarkibiga kalsiy xlorid, potash va shu kabi moddalar kiritiladi. Ko'piksilikat havoyi ohak va kremnezyomli mineral kukunlar asosida tayyorlanadi va qotishini tezlashtirish uchun avtoklavda ishlov beriladi.
Yacheykali betonlarning xossalari. Yacheykali betonlarning o'rtacha zichligi 300...1200 kg/m3 g'ovakligi 60-85%.
Ular siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan quyidagi markalarda: M15, M25, M35, M50, M75, M100, M150 va B0,35...B12,5 klasslarda bo'ladi.
Yacheykali betonlarning suv shimuvchanligi, gigroskopikligi, suvga chidamliligi, g'ovaklikning strukturasiga va makrog'ovaklar o'rtasidagi devorlarning mustahkamligiga bogliq bo'ladi. Yopiq g'ovakli yacheykali betonlarning suv shimuvchanligi va sovuqqa chidamliligi yuqori bo'ladi. Sovuqqa chidamliligi bo'vicha yacheykali betonlar quyidagi markalarda bo'ladi: F15, F25, F35, F50, F75, F100. Tashqi devor panellarida ishlatiladigan yacheykali beton sovuqqa chidamliligi F15, F25 bo'lsa kifoya, doimo muzlash va erish ehtimoli bor konstruksion yacheykali betonlarning sovuqqa chidamliligi F50...F100 bo'ladi.
Yacheykali betonlarning eng muhim xossalaridan biri issiqlik o'tkazuvchanlik bo'lib, uning zichligi va namligiga bog'liq. Masalan, o'rtacha zichligi 600 kg/m3 bo'lgan yacheykali betonning quruq holatdagi λ si 0,14 W/(m∙°C), 8% namlikda bo'lsa, 0,22 W/(m∙°C). Yacheykali betonlarni namlanishdan saqlash maqsadida yuzasi turli izolatsiyalovchi donali yoki sepma materiallar bilan qoplanadi. Gazbeton va ko'pikbeton tayyorlanayotganda, gidrofob difillik polimer qo'shimchalarni oz miqdorda kiritish kvars qumlarini kukunlashda mexanik-kimyoviy aktivlashtirish ularni namlanishdan saqlaydi va issiqlik o'tkazuvchanligi o'zgarmasligini ta'minlaydi.
Yacheykali betonlarda vaqt mobaynida hajmiy kirishishi tufayli yoriqlar hosil bo'ladi. Ularning kirishishi zichligi va qotish sharoitiga bog'liq bo'lib, tarkibidagi suvning intensiv chiqib ketmasligini ta'minlash, ularda dastlabki yoriqlar hosil bo'lishini bartaraf qiladi. O'rtacha zichligi 700-800 kg/m3 bo'lgan yacheykali beton, nisbiy namlik 70-80%, harorat 20°C bo'lsa, havodagi kirishishi 0,4-0,6 mm/m ni tashkil etadi. Yacheykali betonlar issiqJik izolatsiyasi va konstruktiv-issiqlik izolatsiyasi buyumlari sifatida ishlatiladi. Issiqlik izolatsiyasi yacheykali betoniari tashqi ikki va uch qatlamli panellar, xonalarni ajratish pardevorlari, turarjoy va sanoat binolari tomlari va boshqa joylarda ishlatiladi. Konstruktiv-issiqlik izolatsiyasi yacheykali betonlardan armaturasiz devorbop bloklar, toshlar, tashqi devor panellari tayyoriashda, sanoat sovuqxonalari devor va tomlari qurilishida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |