Qurilish materiallari


Bo'yoq tarkiblarining turlari



Download 11,91 Mb.
bet179/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

12.4. Bo'yoq tarkiblarining turlari


Moyli bo'yoqlar. Moyli bo'yoqlar pigmentlarni oliflarda maxsus bo'yoq qorgich mashinalarda sinchiklab aralashtirib tayyorlanadi. Qorish natijasida bir xil tarkibli suspenziya hosil bo'ladi. Bunda deyarli har bir pigment zarrachasi atrofida qisman unga shimilgan olif bog'lovchisi asosidagi qobiq hosil bo'ladi. Moyli bo'yoqlar quyuq qorilgan (pastasimon) va suyuq qorilgan tarkiblarga bo'linadi. Quyuq qorilgan bo'yoq tarkiblari ishlatishdan oldin olif yoki emulsion suyultirgichlarda normal konsistensiyagacha suyultirib olinadi.
Suyuq qorilgan bo'yoq tarkiblarida 40-50% gacha olif bo'lib, ishlatishga tayyor holda bo'ladi. Tayyorlangan bo'yoqlar quyqalarsiz bir jinsli, rangi bo'yicha etalonga mos bo'lishi, ma'lum muddat konsistensiyani saqlab turishi kerak.
Moyli bo'yoqlarning odatda, metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlashda, yog'och konstruksiyalarni, rom va eshiklarni namdan himoyalashda, pollarni va nam tegishi mumkin bo'lgan devorlarning pastki qismlarini bezashda ishlatish tavsiya etiladi. Moyli bo'yoqlar qurish davrida hajmi o'zgarmaydi va mayda yoriqlar hosil bo'lmaydi.
Loklar va emalli bo'yoqlar. Loklar tabiiy va sun'iy smolalarni organik erituvchilardagi eritmasidir. Loklar yuzalarga surkalganda yoki sepilganda organik erituvchilar bug'lanishi natijasida asosga mustahkam yopishgan qoplama hosil qiladi. Lok qoplamalarining sifatini oshirish uchun tarkibiga plastifikator, qotiruvchi va maxsus qo'shimchalar qo'shiladi. Qurilish tizimida, asosan, moy-smolali, moysiz sintetik, bitumli (asfaltli), spirtli loklar va nitroloklar ishlatiladi.
Moy-smolali loklar organik erituvchilarda eritilgan o'simlik moylari bilan modifitsirlangan tabiiy hamda alkid smolalardan (gliftalli, pentaftalli va boshq.) iborat qorishmadir. Ular, asosan binolarning ichida moyli bo'yoqlar ustidan qoplashda, yog'och yuzalarni va konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi. Bundan tashqari, ular tashqi metall va yog'och konstruksiyalarni qoplashda, emallarni suyultirishda, mastika va shpaklovkalar tayyorlashda qo'llaniladi. Moysiz sintetik loklar, asosan, perxlorvinil smolasini organik erituvchilarda eritib olinadi. Ular rangsiz, 20°C haroratda 2 soatda quriydi. Moysiz sintetik loklar moyli bo'yoqlar ustiga surtish, qurilish buyumlarini atmosfera muhitidan himoyalashda ishlatiladi.
Karbamid-formaldegid polimeri asosida olingan moysiz sintetik loklar parket pollarni, yog'och-tolali va yog'och payrahali plitalarni, duradgorlik buyumlarini qoplash uchun qo'llaniladi.

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish