Qurilish materiallari


-jadval O`simlik tolalarining tarkibi



Download 11,91 Mb.
bet101/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

13.1-jadval
O`simlik tolalarining tarkibi



Tolalar

Lignin (%)

Selyuloza (%)

Gemiselyuloza (%)

Ekstraktiv (%)

yasen (%)

Shakarli trostnik tolasi

21,8

41,7

28,00

4,00

3,50

Banan barglari

24,84

26.65

17.04

9,84

7,02

Banan daraxti tanasi

15,07

31.48

14.98

4,46

8,65

Kokos koyrasi

46,48

21.46

12.36

8,77

1,05

Kokos matosi

29,7

31,05

19,22

1,74

8,39

Evkalipt

25,4

41.57

32.56

8,20

0,22

Sisal

11.00

73.11

13.33

1,33

0,33



13.2-jadval
Tabiiy va suniy o`simlik tolalarining xossalari



Tolalar

Solishtirma og`irlik
(Кг / м3)

suvshimuvchanlik (%)

Elastiklik moduli (GPA)

Mustaxkamlik chegarasi (МПа)

Sisal

1.370

110

347-378

15,2

Kokosli

1.177

93.8

95-118

2.8

Bambukli

1.158

145

73-505

10-40

Nasha o`simligi

1.500

85-105

900

34

Sezar+yovvoyi o`t

1.409

182

300-500

10-40

banan

1.031

407



384

20-51

Palma

1.054

34-108

143

5,6



Finik palmasi

1,300-1,450

60-84



70-170

2.5-4

polipropilen

0,913

-

250

2,0

PVA F 45 (Passuello
и др., 2009)

1,300

-

900

23

O’simlik tolalarida selyulozalar, gemiselyulozalar va selyuloza legninlari turli qatlamlarni tashkil etadi. Shuning uchun ular sementli kompozitlarda o’zgacha xarakterga ega. Tabiiy tolalar uzilishga yuqori mustaxkamlikka va past taranglik moduliga ega. Tabiiy tolalarni qo’llashdagi asosiy kamchiligi bu uning hosalarining yuqori variyatsiyasidir. Bu uning oldindan bilish qiyin bo’lgan konkret xossalariga olib keladi [2]. Biroq yuqorida keltirilgan o`simlik tolalari tropic o`simliklardan olingan bo`lib, ular o`zbekiston xududida o`smaydi. Shu sababli mahalliy o`simlik tolalarini sementli kompozitlarda keng ko`lamda qo`llash uchun zarur ilmiy tadqiqotlar va tajribalar o`tkazilishi lozim.


Temirbeton tayyorlanish usuliga ko'ra monolit va yig'ma konstru ksiyalarga bo'linadi.
Monolit temirbeton konstruksiyalar bevosita qurilish maydonlarida tayyorlanadi. Ular maxsus loyihalar asosida quriladigan bino va inshootlarda, gidrotexnik, yo'l qurilish hamda aerodrom qoplamalari va boshqa inshootlarda ishlatiladi. Monolit temirbetonni barpo etishda qolip-opalubka, havoza va beton quyish ishlariga ko'p qo'l mehnati sarf bo'ladi. Ularni quruq issiq iqlim sharoitida va qish mavsumiga tayyorlash qiyinchiliklar tug'diradi.
Yig'ma temirbeton konstruksiyalar zavodda mexanizatsiyalashtirilgan sharoitda ishlab chiqariladi va qurilish maydonlarida montaj qilinadi. Bunda tiplari o'lchamlari minimal o'zgaruvchan temir­beton konstruksiyalar ishlab chiqarish tejamli bo'ladi.
Konstruksiyalar oddiy va armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton (AATTb) turlarga bo'linadi. Po'lat armaturani avvaldan taranglashdan maqsad po'lat sterjendagi plastik deformatsiyalanish holatini, temirbeton konstruksiyaga yuklama qo'yilganda keskin kamaytirishdir. Bu holatda temirbeton konstruksiyaning cho'ziluvchi qismidagi beton siqiladi va unga shu kuchlanishdan yuqori bo'lgan kuchlanish hosil bo'lgandagina cho'zilishga ishlaydi. Konstruksiyaning cho'ziluvchi qismidagi armatura taranglanganda betonda yoriqlar hosil bo'lishi keskin kamayadi.
AATTb konstruksiyalarda beton va armaturaning yuk ko'tarish imkoniyatlari to'laroq ishlatiladi hamda shuning uchun konstruk­siyaning massasi kamayadi. Bu turdagi konstruksiyalar tayyorlashda yuqori markadagi beton va mustahkamlikdagi polat armaturalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.


7.2. Yig'ma temirbeton konstruksiyalar


Yig'ma temirbeton konstruksiyalar (YTbK) seriyalarda unifikatsiyalangan holda ishlab chiqariladi. Ular og'ir, yengil va yacheykali betonlar asosida tayyorlanadi. Temirbeton konstruktiv-issiqlik izolatsiyasi, akustik, gidroizolatsiya va korroziyaga bardoshli va shu kabi YTbK bino va inshooilarning poydevor, tashqi hamda ichki devor, karkas, qavatlararo va tom yopma plitalar, zinapoya, to'sin, kolonna va shu kabilarni tayyorlashda ishlatiladi (7.1-rasm).
Ular ishlatilish sohasiga ko'ra to'rtta asosiy guruhga bo'linadi: jamoat binolari, sanoat binolari, injenerlik inshootlari, maxsus buyum va konstruksiyalar.


7.2.1. Jamoat binolari uchun konstruksiyalar


Poydevor va binolarning yerosti qismi uchun temirbeton bloklar, svaylar va boshqalar ishlatiladi. Poydevor bloklari M200, M250 va Ml300 markali og'ir betonlardan tayyorlanadi. Armatura sifatida silliq po'lat to'rlar ishlatiladi. Podval devorlarining bloklari M100 va Ml50 og'ir betondan uzunligi 2500 mm gacha, eni 500 mm gacha va balandligi 700 mm o'lchamlarda tayyorlanadi. Bloklarning





7.1-rasm. Jamoat binolarining ba'zi bir yig'ma temirbeton konstruksiyalari:
a -tashqi bezak qoplamali devor panellari; b, d - dumaloq va oval bo'shliqli qavatlararo plitalar; e - yig'ma poydevor elementlari; 1 - poydevor blok; 2 - podval poydevorlari bloki; f,g - zinapoya va zinapoya maydonchasi.

yon tomonida podval devorlarini montaj qilishda foydalaniladigan va bloklarni monolitlashda ishlatiladigan maxsus o'yiqlar (pazlar) qoldiriladi. Montaj ishlari tugagach, o'yiqlar sementli qorishmalar bilan to'ldiriladi. Svaylar ko'ndalang kesimi 300x300 mm kvadrat shaklda va uzunligi 6-12 m bo'ladi. Ular M300 markali og'ir betondan tayyorlanadi. Svay poydevorlari bino bo'sh va botqoqsimon yerlarga qurilganda yerning toshloq qattiq qatlamigacha maxsus uskuna yordamida qoqiladi. Bunda binoning yumshoq yerda cho'kishining oldi olinadi.



Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish