Foydalanilgan adabiyotlar
1.Maxmudova N.A. Qurilish materiallari korxonalari iqtisodiyoti fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun uslbiy ko’rsatma. TAQI. T., 2010.
2.Maxmudova I.A., Nuritdinov X.N. Qurilish materiallari va konstruksiyalari korxonalari iqtisodiyoti, TAQI. T., 2003.
3.Экономика предприятия. под ред. проф. В.П. Грўзинова.-М.: ЮНИТИ, 1998.
4.Сергеев И. В., Экономика предприятия. - М.: Финансы и статистика, 1997.
www.gov.uz (O’zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy sаyt
13-MAVZU. QURILISH FAOLIYATINI REJALASHTIRISH ASOSLARI
REJA
13.1. Rejalashtirish - qurilish ishlab chiqarishini boshqarishning muhim bo’g’ini sifatida. Qurilishda rejalashtirishning asosiy vazifalari, tamoyillari va xususiyatlari
13.2. Kapital qurilishni rejalashtirishning turlari, mazmuni va yo’nalishlari
13.3. Qurilish ishlab chiqarishini va qurilish-montaj
tashkilotlarining quvvatlarini rivojlantirishni rejalashtirish
13.4. Pudratchi tashkilotlar miqyosida ishlab
chiqarish faoliyatini rejalashtirish
13.1. Rejalashtirish - qurilish ishlab chiqarishini boshqarishning muhim bo’g’ini sifatida. Qurilishda rejalashtirishning asosiy vazifalari, tamoyillari va xususiyatlari
Ma’lumki, mamlakatning xalq xo’jaligi iqtisodiyotning birlamchi yoki quyi bo’g’ini deb ataladigan yuzlab tarmoqlar va o’n minglab turli korxona va tashkilotlarni o’z ichiga oladi. Ushbu bo’g’in va tarmoqlar yagona xo’jalik organizmi kabi aniq va hamjihatlikda ishlashi uchun ular o’rtasida ma’lum bir nisbat va o’zaro munosabatlarni barpo etish lozim. Bu vazifa amaliyotda rejalashtirish yordamida amalga oshiriladi.
Rejalashtirish - bu maqsadlarni shakllantirish, ustivor yo’nalishlarni hamda ularga erishish vositalari va usullarini aniqlash jarayonidir. U muayyan rejalarda ro’yobga chiqariladi. Shuning uchun rejani rejalashtirish natijasi, u yoki bu hatti-harakatlarning motivasiyalangan modeli deb hisoblash qabulqilingan.
Bugungi kunda qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirish tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
xo’jalik subyektlarining tashabbuskorligi va mustaqilligiga asoslangan demokratik sentralizm (markazlashuv);
ishlab chiqilayotgan rejalar va investisiya maqsadlarining ilmiy asoslanganligi;
rejalashtirishning o’zluksizligi;
rejalarning muayyan maqsadlarga qaratilganligi va ularda ishlab chiqarishni rivojlantirishning material-moddiy hamda qiymat jihatlarining aks ettirilishi;
qabulqilingan rejalarni amalga oshirish jarayonida tahlil qilish, baholash va muvofiqlashtirish;
rejalashtirish jarayonida zamonaviy kompyuter va hisoblash texnikalaridan foydalanish (rejalashtirish jarayonini avtomatlashtirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |