Aylanuvchanlik koeffisiyenti muayyan vaqt mobaynidagi aylanma mablag’lar miqdorini yoki berilgan davrdagi aylanma mablag’larning har 1 so’miga to’g’ri keladigan mahsulot hajmini ko’rsatadi. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
bu yerda:
Q - sotilgan mahsulot hajmi (buyurtmachiga topshirilgan ishlar hajmi);
OS - aylanma mablag’larning o’rtacha qiymati.
Aylanuvchanlik koeffisiyentining kamayishi korxonaning aylanma vositalari aylanishining sekinlashayotganligidan dalolat beradi va aksincha.
Bir aylanmaning o’rtacha davomiyligi (Do’r) hisobot davri kunlarining aylanuvchanlik koeffisiyenti qiymatiga nisbati bo’lib, quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
bu yerda Tr – hisobot davri (360 kun, 180 kun, 90 kun).
12.4. Mehnat resurslari va qurilishning kadrlar salohiyati
Mehnat resurslari - bu aholining jismonan rivojlangan, aqliy qobiliyat va bilimlarga ega, mehnatga layoqatli qismidir. Odatda ularni aholining iqtisodiy faol qismi deb ataladi.
Mehnatga layoqatli aholining katta qismi (moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lganlarning taxminan 8-10 foizi) bugungi kunda qurilish sohasida ishlamoqda. Aynan ular qurilishning asosiy fondlarini ham, aylanma fondlarini ham harakatga keltiradilar, xalq xo’jaligi va aholi uchun kerakli obyektlarni vujudga keltiradilar.
Qurilishda mehnat resurslarini boshqarish tizimi hozirgi kunda o’zaro bog’liq bo’lgan uch blokni o’z ichiga oladi:
1) korxonaning mehnat resurslarini shakllantirish;
2) korxonaning mehnat resurslarini rivojlantirish;
3) hayotning mehnat davrining sifatini oshirish.
masala.
Ma’lumki, 2010 yil yanvarida naqd pul aylanmasi (agregat MO) 1093,1 mlrd DM, pul agregati (MZ) — 2746,9 mlrd DM, MB majburiy zaxiralar stavkasi — 10%ga teng. Aniqlash kerak:
1) pul massasida (agregat MZ) naqd pul aylanmasi ulushi;
2) pul multiplikatori.
Pul muomalasining muhim tavsifnomasi pul bazasini hisob-kitob qilish hisoblanadi. Pul bazasi naqd pul, tijorat banklari korrespondentlik schetlaridagi mablag’lar va markaziy bankdagi majburiy zaxiralar yig’indisini ifodalaydi.
Pul bazasini hisob-kitob qilish quyidagi formula aniqlanadi:
DB = N + K + O,
bu yerda:
N – naqd pul,
K – tijorat banklari korrespondentlik schetlaridagi mablag’lar,
O – markaziy bankdagi majburiy zaxiralar.
masala.
Ma’lumki, 2006 y. Germaniyada muomaladagi naqd pullar 246,8 mlrd DM, tijorat banklarining korrespondentlik schetlaridagi mablag’lar — 2745,0 mlrd DM, markaziy bankdagi majburiy zaxiralar — 39522 mlrd DMni tashkil qildi.
Yechim. 2006 yil uchun pul bazasini hisoblab chiqamiz.
DB = 246,8 + 2745,0 + 39 522 = 42 513,8 mlrd DM.
Do'stlaringiz bilan baham: |