3.3. Qurilish iqtisodiyotini islohotlashtirishning asosiy yo’nalishlari
Ko’rib chiqilgan masalalar qurilish iqtisodiyotini islohotlashtirish butun milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan qaragandan majburiy chora emas, balki obyektiv zarurat va hatto davr talabidir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Iqtisodiyotning u yoki bu tarmog’i “oqsayotgan” bo’lsa, xo’jalikni boshqarishda bozorga xos bo’lmagan usullarni qo’llayotgan bo’lsa, bunday iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti deb bo’lmaydi. Iqtisodiyotni (tarmoq iqtisodiyotini ham, milliy iqtisodiyotni ham) faqat boshqaruvning barcha pog’onalarida, hamma joyda bozor mexanizmlari amal qilgan taqdirdagina bozor iqtisodiyoti deb atash mumkin. Bunga erishmaguncha bozor iqtisodiyoti haqida jiddiy gapirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |