8
o‘zlashtirildi. Bu esa, o‘z navbatida, qurilish ishlari va
qurilishi materiallari ishlab
chiqarish hajmini ko‘paytirishga
olib keldi.
Ma’lumki, pandemiyaning tarqalishi ortidan butun dunyo davlatlari iqtisodiy
inqirozga yuz tutmoqda. Global hamjamiyatning bir bo‘g‘ini
sifatida global
inqirozning salbiy ta’siri O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaydi. Xalqaro valyuta
jamg‘armasining ma’lum qilishicha, pandemiya natijasida global iqtisodiyot bu yil
3,0 foizga pastlashi kutilmoqda.
Jahon banki Xalqaro valyuta fondi
2020
2021
1.2-rasm. O‘zbekiston 2020-2021 yillar uchun iqtisodiy o‘sish pragnozlari.
Shuningdek, dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlari iqtisodiyotida pasayish
sodir bo‘ladi. Mana shunday ko‘lamdagi inqirozning sodir bo‘lishiga qaramay,
xalqaro moliyaviy tashkilotlar 2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida past bo‘lsada
o‘sish kuzatilishini prognoz qilmoqda (1.2-rasm). Keyingi yilda esa iqtisodiy o‘sish
o‘zining inqirozdan oldingi trendiga qaytadi.
Bunday ijobiy ko‘rsatkichlarga erishishda hukumat tomonidan ishlab chiqilgan
inqirozga qarshi choralarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi talab etiladi.
Shu
maqsadda, hukumat tomonidan qurlish sohasiga inqirozning salbiy ta’sirini
yumshatuvchi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi asosiy soha sifatida qaralmoqda.
9
Qurilish sanoati iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish borasida katta
imkoniyatlarga ega bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi. Boisi,
qurilish sohasi
ko‘plab sanoat tarmoqlari uchun talab yaratadi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar
markazining hisob-kitoblariga ko‘ra, qurilish sohasining
iqtisodiyot uchun
multiplikator effekti 1,8 ga teng. Ya’ni, qurilish sohasiga kiritilgan 1 birlik
investitsiya yalpi ishlab chiqarish hajmining 1,8 ga ko‘paytiradi. Shuningdek, bu
sohada 1 325 ming nafar aholi ish bilan band.
Iqtisodiy faollikning pasayishi qurilish ishlarini kamaytirishi, bu esa, o‘z
navbatida, qurilish materiallariga bo‘lgan talabni pasayishiga va ishsizlik miqdorini
ko‘payishiga olib keladi.
Shu sababli, karantin davrida qurilish hajmlari
kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik va sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi
va global inqiroz
holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi
navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 5969-sonli farmoni bilan qurilish sohasiga
qo‘shimcha 3,6 trillion so‘m mablag‘ ajratildi.
Shuningdek, inqiroz sharoitida uy-joy qurilishini rag‘batlantirish va aholining
uyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida qo‘shimcha chora tadbilar amalga
oshirish belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: