Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/82
Sana13.05.2023
Hajmi1,6 Mb.
#938178
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82
Bog'liq
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.3. Korxona faoliyatining omillari 
Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi 
hisoblanadi. U xo‘jalik, yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, 
buyumlashgan va jonli mehnat harajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi 
munosabatni ifodalaydi. 
Qurilish materiallari buyumlari va
konstruksiyalari korxonalari 
Maxsuslashganlik turiga 
qarab
Texnologik
Detalli 
Predmetli 
Kombinatlashganlik 
bo‘yicha 
Xomashyoni qayta-qayta 
ishlash 
Ishlab chiqarish chiqindilari 
Xom ashyoni kompleks qayta 
ishlash 
Ishlab chiqarish hajmiga 
qarab 
Yirik
O‘ta 
Mayda 
Faoliyat turiga qarab
Statsionar
(turgʻun)
Harakatlanuvchi 
1.4-rasm. Sanoat korxonalarining tasnifi.
 


22 
Afsuski, bozor sharoitlarida "samaradorlik'" tushunchasi garchi, daromad olish, 
harajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o‘sishi, fond qaytimi, rentabellik 
va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid 
kelmasada, baho, foyda, daromad, harajat kabi tushunchalarga qaraganda kam 
qo‘llanilmokda. Samarali ishlash degani o‘z mohiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan foy-
dani olish, noishlab chiqarish harajatlari va yuqotishlarni kamaytirish, ishlab 
chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshirok foydalanish, mehnat 
samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni 
anglatadi. 
"Samara", 
"samapadorlik", 
ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorlik 
kabi 
tushunchalarning orasidagi farqini anglab olish zarur. 
Samara ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad 
hajmini oshirish, mahsulot tannarxini va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni 
kamaytirish yoki umuman, yuq qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona faoliyatining 
ijobiy natijalari.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi 
tushuncha.
Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik iqtisodiy loyiha va xo‘jalik
qarorlarini avvaldan belgilab beradi Korxona o‘zining xo‘jalik ilmiy-texnik va 
investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. 
Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor manoni 
anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda maqsadga 
muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha xollarda samaraning unga erishish uchun 
ketgan harajatlarga nisbati sifatida aniqlanadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish 
samaradorligini kuchaytirish korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi 
hisoblanadi, iqtisodiy yutuklar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga 
yordamlashadi. Masalan, foydaning o‘sishi jamg‘armalarning ortishi korxonaga 
ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi. 


23 
Biroq samaradaorlik va uning asosiy ko‘rsatkichi foyda o‘z-o‘zidan avtomatik 
ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun
mavjud ishlab chiqarish kuvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda 
turli vosita va yo‘llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili ya’ni samaradorlikka qisqa 
yoki uzoq muddatlarda erishishni mo‘ljallash asosiy o‘rinlardan birini o‘ynaydi. 
Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini 
yaxshilashni mablag‘ bilan taminlash.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalik yuritishning bozor tizimi 
hamda har qanday davrning muhim talabi. Samaradorlik istalgan korxonaning 
iqtisodiy barqarorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks ettiradi. Har qanday ishda, 
jumladan, korxonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarining mavjud 
bo‘lmasligini, yo‘qotish bilan izohlash mumkin. 
Fan 
texnika 
taraqqiyoti 
korxonalarning 
ishlab 
chiqarish 
faoliyati 
samaradorligini oshirish muhim omil bo‘lib kelgan va hozirda o‘z ahamiyatini 
yo‘qotmagan. Mazkur omilda quyidagi yo‘llar bilan foydalanish mumkin: 
-asosiy texnologik jarayonlar; 
-jadvalli mehnat hamda resurslarni tejashga yo‘naltirilgan texnologik 
jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish; 
-xomashyo materiallar (mehnat predmetlari) zamonaviy turlarini yaratish va 
ulardan foydalanish; 
-ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida 
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish; 
- ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning samarali ishlashiga turli omillar 
o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Barcha omillarni yo‘nalishiga ko‘ra ikki guruhga ajratish 
mumkin: ijobiy va salbiy. Paydo bo‘ladigan joyiga ko‘ra omillar ichki va tashqi 
guruhlarga ajratiladi.
Korxona faoliyati bog‘liq bo‘lgan ichki omillarga: rahbar shaxsi va bozor 
iqtisodiyoti sharoitida uning korxonani boshqarish qobiliyati; korxonaning 
investitsion va innovatsion siyosati; ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish va 


24 
korxonani boshqarishni takomillashtirish; jamoada qulay ijtimoiy-psixologik 
iqlimni yaratish va b. kiradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning samarali ishlashi tashqi omillarga 
bevosita bog‘liq bo‘lib, ularni quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
- ichki va tashqi bozordagi narh-navo o‘zgarishi. Asosan talab va takliflar 
hamda narh-navoning beqarorligida namoyon bo‘ladi; 
- mamlakat ichkarisida va xalqaro ko‘lamda siyosiy vaziyatning o‘zgarishi; 
- inflatsiya jarayonlari bilan bog‘liq omillar; 
- davlat faoliyati bilan bog‘liq omillar 
Zamonaviy sharoitlarda korxonaning samarali faoliyati aynan davlatga 
bog‘liq. Bu avvalambor, taraqqiy etgan bozor va undagi huquqiy asoslarni yaratish, 
mamalakatdagi zarur qonunchilik tartibini o‘rnatish va milliy xavfsizlikni 
ta’minlash, raqobatbardoshlikni himoya qilish, xo‘jalik qonunchiligini ishlab 
chiqish va tashkil etishdan iboratdir. Shuni alohida ta’kidlash joiz-ki, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida, kuchli raqobatbardoshlik muhiti mavjudligida korxonalar 
ishlab chiqarish va tijorat faoliyatlari bilan bog‘liq xavfli tavakkalchilik holatlari 
bilan to‘qnashadi. Xavflarning mavjudligi ishlab chiqarish korxonalarni moliyaviy 
va moddiy resurslarni tejash, yangi loyihalar, samarali tijorat kelishuvlarini doimo 
axtarishga majbur qiladi. Shunday qilib, xavf va tahdidlarning mavjudligi doimiy va 
kuchli ta’sir etuvchi korxonaning samarali faoliyat yuritish omillaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish