Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/108
Sana01.03.2022
Hajmi3,81 Mb.
#475893
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108
Bog'liq
zamonaviy qurilish materiallari va konstruktsiyalari

Vollastonit topldiruvchili beton 
Respublikamizning togpli hududlarida qazilma boylik zahiralarining 
koppligi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini shu hududlarga yaqin 
boplgan joylarda qurishni va mahalliy xom ashyolardan hamda sanoat 
chiqindilaridan keng foydalanishni taqozo etadi. Bu esa opz navbatida qurilish 
ishlari sifatining yaxshilanishiga va tannarxining pasayishiga olib keladi. 
Keyingi yillarda mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatida yuqori 
texnologiyalar vositasida polimer materiallari va polimerbetonlar, shisha plastiklar, 
silikat materiallar, yengil va opta yengil betonlar, yuqori mustahkamlikka ega 
boplgan beton va temirbeton buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi paytda 
qurilish sanoatida keng ishlatilayotgan yangi xom ashyolardan biri bu - 
vollastonitdir. Undan qurilish sanoatida sopol buyumlari, har xil bopyoqlar, 
pigmentlar, asbesttsement buyumlari, tsement sanoatida va h.k. keng 
foydalanilmoqda. Vollastonit xom ashyosini beton uchun mayda va yirik 
topldiruvchi sifatida ishlatish mumkinligi (bunda asosan sopol va boshqa ishlab 
chiqarish sanoatida ishlatilgan vollastonit chiqindilaridan foydalanish kopzda 


39 
tutiladi) olimlar tomonidan koprsatib optilgan. Uning zahiralari Markaziy Osiyo 
mintaqasida keng tarqalgan, jumladan respublikamizda opnlab konlari mavjuddir. 
Vollastonitning rangi kul rang, oq yoki qizgpish tusli oq, goho qizildir. 
Uning rangsiz, mutlaqo shaffof boplgan xili ham uchraydi. Yaltirashi shishadek, 
ulanish tekisligi yuzasida sadafdek tovlanib turadi. 
Mahlumki, vollastonit tsement ishlab chiqarishda mineral qopshimcha 
sifatida, beton tayyorlash uchun esa yirik va mayda topldiruvchi sifatida ishlatilishi 
mumkin. Mineral qopshimcha sifatida tsement klinkeriga qopshilgan vollastonit 
talqoni uning fizikaviy va mexanikaviy xossalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. 
Yahni, bunday tsementlar kam deformatsiyalanadigan, tashqi muhit tahsiriga 
chidamli, sovuqqa bardoshli va boshqa xususiyatlarga ega bopladi. SHuningdek, 
beton uchun fraktsiyalangan vollastonit qumi va chaqiq toshi topldiruvchi sifatida 
ishlatilishi natijasida yuqori mustahkamli beton olish mumkin. CHunki 
vollastonitli massalardan tayyorlanadigan ashyolar vollastonit tarkibi ignasimon 
(junsimon) tuzilishga (shaklga) egaligi tufayli tez quriydi, boshqa komponentlar 
(tsement, qum va h.k.) bilan juda yuqori mustahkamlikli bogplanishga erishadi. 
SHuningdek, vollastonitning hajmi deyarli qattiq va issiq-sovuqqa chidamlilik kabi 
bir qator xususiyatlarga egadir. Bir xil mustahkamlikka ega boplgan beton olishda 
vollastonitli betonda tsement sarfi sezilarli tejaladi. Bu esa opz navbatida iqtisodiy 
tejamkorlikga olib keladi.
Vollastonit asosida olinadigan betonlarning egilishga va chopzilishga 
mustahkamligi 
yuqoridir. 
Bunday 
mustahkam 
betonlardan 
ayniqsa 
Respublikamizning quruq va issiq iqlim sharoitiga bardosh bera oladigan beton va 
temirbeton konstruktsiyalar ishlab chiqarish mumkin. Vollastonitli betonlar uchun 
xom ashyo alohida konlardan keltirilmaydi, bunda sanoat chiqindisi sifatida 
chiqarib tashlanadigan ikkilamchi xom ashyo - vollastonit ishlatiladi.
Sof vollastonitning kimyoviy formulasi CaSiO
3
=Ca
3
[SiO
3
O
2
] (kalgptsiy 
silikati) boplib, uning kimyoviy tarkibida 48,3% SaO va 51,7% SiO
2
bor. 
SHuningdek uning tarkibida 9% gacha boshqa mahdanlar (temir, natriy, magniy, 
alyuminiy oksidlari va boshqa aralashmalar) borligi aniqlangan. Tarkibning 
shunday ignasimon alohida-alohida zanjirlardan iborat tuzilishga ega boplganligi 
sababli vollastonit kristallari uni maydalangan holatda ham opzining ignasimon 
tuzilishini yopqotmaydi. Kvarts kristallarining yuqori mustahkamligi ushbu 
mineralning qattiqligini tahminlaydi.
Vollastonit xom ashyosi asosan qattiqlashgan ohaktoshlarda yoki magmatik 
jinslardagi kristallashgan kalgptsiyli granatlar, gibboroidlar va dala shpati, dioksid, 
vezuvian kabi mahdanlar bogplanishlarida yohud alohida massa shaklida hosil 
bopladi.
Vollastonit tarkibi ignasimon tuzilishga ega boplganligi sababli u asosan 
mikroarmaturalovchi topldiruvchi sifatida qopllaniladi. Sanoat uchun ishlatiladigan 
vollastonit tolalarining oprtacha uzunligi 200 dan to 20 mkm gacha navlari 
mavjud. Uning mikroignasimon tuzilishi 36-rasmda koprsatilgan
Vollastonit xom ashyosining mineral topldiruvchi sifatida ishlatilishining 
asosiy sabablaridan biri uning tabiiy kristallaridagi ignasimon (tolasimon) 
tuzilishidir, uni maydalab oxirgi mahsulot (xom ashyo) sifatiga aylantirilganida 


40 
ham opzgarmay qolishidir. Vollastonit anizotropik zarralarining asosiy 
koprsatgichi- uzun tolalarining shu tolalar eniga nisbati orqali belgilanadi. 
Vollastonitning mikroignasimon tuzilishi
(1700 marta kattalashtirib olingan). 
Mahlumki, beton va temirbeton buyumlari ishlab chiqarish sanoatida, 
shuningdek, alohida beton ishlarini bajarishda ularning sifatini oshirish, uzoq 
muddatga va agressiv muhit tahsiriga chidamliligini tahminlash, tsement sarfini 
nisbatan tejash hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. 
Vollastonit xom ashyosining tuzilishi juda mustahkam bogplangan polimerli 
silikatdir. Bunday bogplanishni odatda buzish juda qiyin. Vollastonitdan 
bogplovchi mineral sifatida foydalanish uchun avtoklav yordamida (bugpning 
yuqori harorati va bosimi) ishlov berilsa, ancha yaxshi natijalarga erishish 
mumkin. TSement ishlab chiqarish sanoatida esa uning tarkibiga har xil faol 
mineral qopshilmalar qopshish ruxsat etiladi. Koppchilik hollarda bunday 
qopshilmalar qimmat boplganligi uchun, tsementning tannarxi oshib ketadi. 
Vollastonitning tsement tarkibiga mineral qopshimcha sifatida kiritilishi, uning 
qurilish-texnikaviy xossalarini yaxshilaydi. 
Optkazilgan tajribalar asosidagi xulosa shuki, vollastonit xom ashyosi 
asosida olinadigan betonlar iqtisodiyot uchun juda muhim ahamiyatga egadir. 
Jumladan, opta mustahkam va chidamli beton hamda temirbeton konstruktsiyalar 
tayyorlash, yengillashtirilgan betonlar ishlab chiqarish; tsement va boshqa ashyolar 
sarfini keskin kamaytirish, shuningdek qurilish ishlarining umumiy tannarxini 
kamaytirish mumkin.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish