1.
Talabalarning boshlangich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo’yilganda, bu
metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2.
Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog’lash maqsad qilib
qo’yilganda-yangi mavzuga o’tish qismida amalga oshiriladi.
3.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo’yilganda-mavzudan so’ng,
darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
«Aqliy xujum» metodini qo’llash bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Talabalarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‟yicha o‟z javoblarini
(fikr, mulohaza) bildirishlarini so‟raladi;
2.
Talabalar savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
3. Talabalarning fikr-g‟oyalari (magnitofonga, videotasmaga, rangli qog‟ozlarga
yoki doskaga) to‟‟lanadi;
4. Fikr-g‟oyalar ma‟lum belgilar bo‟yicha guruhlanadi;
5. Yuqorida qo’yilgan savolga aniq va to’g’ri javob tanlab olinadi.
«Aqliy xujum» metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar:
1.
Bildirilgan fikr-g‟oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2.
Bildirilgan har qanday fikr-g‟oyalar, ular xatto to‟g‟ri bo‟lmasa ham
inobatga olinadi.
3.
Bildirilgan fikr-g‟oyalarni to‟ldirish va yanada kengaytirish mumkin.
21
Misol tariqasida «Qurilish materiallari» fani «Issiq izolyatsiya materiallari»
mavzusida «Issiqlik izolyatsiya materiallaridan qurilishda samarali foydalanish»
muammosining hal qilinishini ko‟rib chiqamiz. Auditoriyadagi talabalarni soniga
qarab ularni 6-12 nafardan ikkita A va B guruxlariga ajratiladi. Guruhlarga R-
rahbar boshchilik qiladi.
A va B guruhlardagi talabalar qo‟yilgan muammoni yechish uchun oldindan
issiq izolyatsiya materiallari turlari, ularning xossasini yaxshi bilishi kerak.
Rahbar esa issiq izorlyatsiya materiallari mavzusi bo‟yicha mashg‟ulotlar
o‟tkazgan bo‟lishi kerak. A-guruhning talabalari muammo va g‟oyalarni ishlab
chiqadi. B-guruh talabalari esa muammo va g‟oyalarni tahlil qiladi. Rahbar A va B
guruh talabalarning muammo va yechimlarini tartibga solib, ularni yo‟naltirib
turadi.
Rahbar muammoni yechish uchun talabalar o‟rtasiga quyidagi muammoni
tashlaydi:
Issiqlik izolyatsiya materiallarini afzalliklarini sanab o‟ting?
A
B
1)
Devor va konstruktsiyalarning qalinligi va
massasi kamayadi
2) Trans‟ort xarajatlari kamayadi
3) Tovush yutish qobiliyatiga ega
1)
Asosiy konstruktiv elementlar sarfi
kamayadi
2)
Qurilish narxi „asayadi
3)
Akustik materiallar sifatida foydalanish
mumkin
Rahbar A va B guruh talabalarning javoblarini umumlashtiradi va javoblar
to‟g‟riligini ehlon qiladi.
Qurilish materiallari fanini o‟qitishga bunday yondoshish dars jarayonida
talabalarning
mustaqil
fikrlashlari
asosida
darsga
ijodiy
yondoshuvini
tahminlashaga xizmat qiladi. Darsda qo‟yilgan muammolarni talabalar tomonidan
mustaqil xal etilishi va talabalar fikrlarini pedagog tomonidan umumlashtirib,
to‟g‟ri yo‟nalishga solinishi natijasida talabalarning qo‟yilgan muammoni
o‟zlashtirish samaradorligi ortadi. Natijada talabalarning o‟tilgan materialni bilish,
anglash, qo‟llash, taxlil qilish va baholash darajasi yaxshilanadi.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |