Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/94
Sana11.07.2022
Hajmi4,05 Mb.
#775432
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
Bog'liq
injenerlik geologiyasi

 
 


30 
 
1-mavzu. Injenerlik geologiyasi faning maqsadi va vazifasi 
« Injenerlik geologiyasi » fanidan ta‘lim texnologiyasi dars mashg‘ulotlarida yangi 
texnologiyalarni qo‘llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan. 
Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta‘lim texnologiyalarining ahamiyati to‘g‘risida 
so‘z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning ―O‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik 
texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik 
ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e‘tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, 
ta‘lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida 
bo‘lishi darkor‖
1
degan so‘zlarini ta‘kidlash o‘rinlidir. Bu masala ―Barkamol avlod yili" Davlat 
dasturida ham asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida e‘tirof etilgan. 
Ushbu majmuada keltirilgan ta‘lim texnologiyalarining har biri o‘zida o‘quv 
mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, 
vazifa va ko‘zlangan natijalarni, o‘quv mashg‘ulotning rejasi, o‘qitishning usul va vositalarini 
mujassamlashtirgan. SHuningdek, bu o‘quv mashg‘ulotining texnologik kartasini, ya‘ni 
o‘qituvchi va o‘quvchining mazkur o‘quv mashg‘ulotida Yerishadigan maqsadi bo‘yicha 
hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta‘riflanishini ham o‘z ichiga oladi. 
Majmua tarkibi kirish, ta‘lim texnologiyasining kontseptual asoslari, har bir mavzu 
bo‘yicha Ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyasidan iborat. Ma‘lumotlar 
maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab 
qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan. 
Majmuaning kontseptual asoslari kismida dastlab «Injenerlik geologiyasi » fanining 
dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o‘quv fanining tarkibiy tuzilishi, o‘qitishning usul va 
vositalarini tanlashda tayanilgan kontseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlar berilib, 
so‘ngra loyihalashtirilgan, o‘qitish texnologiyalari taqdim qilingan. 
(1) Tukkiz turdagi Ma‘ruza mashg‘ulotlari: kirish, tematik, muammoli, vizual-Ma‘ruza, 
binar Ma‘ruza, Ma‘ruza-munozara, x,amkorlikdagi Ma‘ruza, avvaldan rejalashtirilgan xatoli 
Ma‘ruza, sharhlovchi Ma‘ruza berilgan. 
(2) Amaliy mashg‘ulotlarida muammoli mashg‘ulot, bilimlarni kengaytirish va 
chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot, ishbilarmonlik o‘yinlariga asoslangan, aniq; 
holatlarning yechimi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tish texnologiyalari mavjud va x,.k. 
Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko‘rinib turibdiki, ta‘lim jarayoniga o‘qitishning yangi, 
zamonaviy usul va vositlari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmokda. O‘qituvchi bilim 
olishning yagona manbai bo‘lib qolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash 
jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o‘quv jarayonining menejeri bo‘lishi lozim. Ta‘lim 
texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g‘oyalar yotadi. 
Mustaqillikka erishib, yuksalish sari olg‘a intilayotgan mamlakatimiz - O‘zbekiston 
Respublikasining hududlarida biri - biridan chiroyli binolar, sanoat korxonalari, muhandislik 
inshootlari qad ko‘tarmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotini o‘stirishda chet el investitsiyalarini 
kirib kelishi sababli ko‘plab binolar va sanoat inshootlari jahon andozalariga javob bera 
oladigan darajada qayta qurilmoqda. Tabiiyki inshootlarning mustahkamligi, chidamliligi,
bino qurilayotgan maydonning geologik tuzilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Geologiya yunoncha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida geo-Yer, logos-fan ma‘nolarini berib, 
Yerning qattiq qatlamlari haqidagi fandir. Geologlar - Yerning qattiq qismi bo‘lgan litosferani 
tashkil etuvchi tog‘ jinslarini o‘rganish bilan bir qatorda, undagi bo‘ladigan jarayonlarni 
1
Ўзбекистан Конституцияси - биз учун демократик тараққиёт йўлида ва фуқаролик жамиятини барпо этишда 
мустаҳкам пойдевордир. - Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистан Республикаси Конституцияси қабул 
қилинганининг 17 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси // Халқ сўзи, 2009 йил 6 декабрь.


31 
tekshiradi. Geologiyadan olgan bilimlarimiz xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘l kelmoqda. 
Neft, gaz, ma‘danlar va boshqa foydali qazilmalarni qidirib topib, qazib chiqarish shular 
jumlasidandir. Geologiya fanining rivojlanib borishi bilan, unda turli ilmiy yo‘nalishlar 
mustaqil bo‘lib, ajralib chiqa boshladi.
 
Muhandislik geologiyasi fanning vazifasi qurilish 
maydonining geologik sharoitini hisobga olib, inshootning chidamligi va mustahkamligini 
ta‘minlashdir. 
Hozirgi kunda respublikamizda ta‘lim tizimidagi islohotlarning asosini shakllantiruvchi 
kator me‘yoriy hujjatlar qabul qilingan va amalga oshirilib kelinmokda. Bular asosida ―Ta‘lim 
to‘g‘risida‖gi va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida‖gi konunlar aloxida o‘rin tutadi. 
Bu qonunlardan kelib chiqadigan vazifa ta‘lim dasturlari mazmunining yuqori sifatiga 
Yerishish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdir. 
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar dars berishning interfaol usullarini nazarda tutadi. Bular 
munozara darslari, iqtisodiy muzokaralar, ishbilarmon o‘yinlar, muammoli holatlar va 
hokazolardir. 
Geologiya va uning bo‘limlari, Yer haqidagi mag‘lumotlar katta amaliy ahamiyatga 
ega bo‘lganligi uchun, u haqida to‘la ma‘lumotga ega bo‘lish uchun keltirilgan adabiyotlar 
bilan mustaqil ishlab borish lozim. 
Bino va inshootlarni loyihalash, barpo etishda, InjenYerlik geologiyasidan olgan 
bilimlarimiz juda muhimdir. Qurilish maydonining geologik sharoitini to‘g‘ri baholash 
iqtisodiy jihatdan tejamkorlikga olib keladi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish