Ca (OH)2+2HCl (H2SO4, 2HNO3vaboshqalar) SaCl2 [CaSO4, Ca(NO3)2vaboshqalar]+2H2O; nCaO ּ mSiO2 + HCl + aq = nCaCl2 + mSi (OH)4 + aq va hokazo. Kislotaning turiga qarab reaksiya vaqtida turli tuzlar hosil bo‘ladi. Sement toshining emirilishi kalsiy tuzlarining eruvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Reaksiya moddalarining eruvchanligi yuqori bo‘lganda sement toshining emirilishi tezroq bo‘ladi. bu holatdagi korroziya tezligi agressiv muhitning reaksiyaga kirishuv darajasi, uning beton yuzasida almashinishi va muhit bilan sement toshi bir-biriga ta’sir qiluvchi yuza bilan chegaralanadi. Agar reaksiya moddalari kam eruvchan bo‘lsa ular reaksiya joyida, ya’ni beton yuzasida qolib agressiv muhitni beton ichkarisiga kiritmay korroziya tezligini sekinlashtiradi.
II tur korroziya jarayoni rivojlanishiga sement toshi yuzasida aralashma almashinish tezligi katta ta’sir qiladi. Almashinish tezligi va kislota konsentratsiyasi kam bo‘lganda (rN>4) kislotaning kalsiy gidroksidi bilan ta’siri to‘la davom etadi
2HCl+Ca(OH)2=CaCl2+2H2O. SHundan so‘ng rastvor neytrallashib Sa(ON)2 eriydi, SaSO3 hosil bo‘ladi va shundan so‘ng II tur korroziya jarayoni I tur korroziya jarayoni bilan almashadi. Katta tezlik sharoitida agressiv aralashma bilan sement toshining tutashish maydoni hamda agressiv muhitning oqish tezligi korroziya tezligini chegaralovchi omil bo‘ladi. Sementni kam konsentratsiyali kislotalarga chidamliligi bo‘yicha quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: giltuproqli, putssolanli, portlandsement va bu tartib I tur korroziya bilan bir hildir. Buning sababi II tur korroziya I tur korroziya bilan birga bo‘ladi va bu jarayonda I tur korroziya asosiy rol o‘ynaydi. Kislotalar konsentratsiyasi oshganda sementlar chidamliligi orasidagi farq deyarli bilinmaydi. Bundan sharoitda kislotaga chidamli maxsus sement chidamli hisoblanadi.
Himoya vositalari sifatida bunday holatda maxsus bog‘lovchilarni ishlatish va yuza qismni bo‘yoq, qoplama va boshqa materiallar bilan izolyasiya qilish vositasidan foydalaniladi.
III tur korroziya beton kapillyarlari va g‘ovaklarida kam eriydigan tuzlar hosil qilib ular o‘z navbatida beton strukturasini buzuvchi bosimni keltirib chiqaradi. Betonga sulfatlar ta’sir qilgandagi shunday mahsulotlardan gips va kalsiy gidrosulfoalyuminatni aytib o‘tish mumkin va ular ikki hil ko‘rinishda uchraydi:
va
.
III tur karroziyasining boshlanishida kristallsimon tuzlar hosil bo‘lganligi bois beton zichlashib boradi. Zich betonda tuzlarning ko‘payishi sekin boradi va korroziya bo‘layotganligini ba’zan bir necha yildan so‘nggina bilish mumkin. G‘ovakli betonda jarayon tezroq borib bir necha hafta yoki oydan so‘ng to‘la ko‘rinishga o‘tadi.
Mikro va makro g‘ovaklar, ochiq g‘ovaklarning mavjudligi III tur korroziyasining rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. Biroq sement toshining agressiv muhitga ta’siridagi maydon o‘lchami va uning kimyoviy tarkibi ham muhim rol o‘ynaydi. Sulfat tarkibli suv hamma joyda uchraydi. CHuchuk suvli ko‘l va daryolarda tahminan 60 mg/l miqdorida bo‘lishi mumkin. 100 mg/l bo‘lgan suv juda kam uchraydi va mavjudlari ham ma’danli suvlar hisoblanadi. Tarkibida tuz miqdori 33-35 g/l bo‘lgan dengiz suvida 2500-2700 mg/l bo‘ladi.Tabiatdagi suvda miqdori Sa, Na, Mg larni erishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Suvda sulfatlarning bo‘lishi sement toshi tashkil etuvchilarini eruvchanligini oshirib I tur korroziyani tezlashtiradi va almashinish reaksiyasiga olib kelib II tur korroziyaga sabab bo‘ladi. Ma’lum sharoitlarda III tur korroziya rivojlanadi.
Tarkibida sulfat darajasi CaSO42100 mg/l bo‘lgan suvga tekkan beton unga to‘yinib CaSO4 2H2O hosil bo‘ladi.
Betonda hosil bo‘ladigan kompleks tuzlardan suvning 30-32 molekulasini biriktirib hajmini ancha oshiradigan kalsiy gidrosulfoalyuminat (KGSA) ayniqsa havflidir. Ushbu tuz hosil bo‘lishida aralashma holatida kelgan yoki sulfat bilan Sa(ON)2 o‘rtasidagi reaksiya natijasida hosil bo‘lgan sement toshini gidroalyuminati va gips ishtirok etadi. Aralashmada konsentrati qancha yuqori va sementda S3A (uch kalsiyli alyuminat) ko‘p bo‘lsa kalsiy gidrosulfoalyuminat hosil bo‘lishiga sharoit shunchalik yaxshilanadi.
2500 mg/l konsentratsiyada KGSA hosil bo‘lib betonning xususiyatlariga ta’sir qiladi. KGSA hosil bo‘lish reaksiyasining to‘la o‘tishi aralashmada kalsiy gidroalyuminat (S3Aaq)ning ortiqcha bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. YA’ni /S3A=1,04. Agar S3A talab qilingan miqdordan kam bo‘lsa KGSA miqdori reaksiya joyida S3A mavjudligi bilan chegaralanadi. Agar S3A talab qlinganidan oshib ketsa KGSA miqdori reaksiya joyidagi ionlar miqdori bilan chegaralanadi.
Aralashmada KGSA tarkibiy qismi bilan reaksiyada ishtirok etmaydigan tuzlar (NaCl, NaNO3, KCl va boshqalar)ning mavjudligi aralashmaning ion kuchini oshiradi, demakki, reaksiyalanuvchi moddalar va reaksiya mahsulining eruvchanligini oshiradi, ya’ni KGSA hosil bo‘lishi va ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. YUqorida aytib o‘tilgandek, KGSAning hosil bo‘lishi va keyinchalik 30-32 suv molekulalari bilan kristallanishi qattiq faza hajmining keskin oshganligi bilan bog‘liqdir. Reaksiyada S3A ishtirok etganda hajmning oshishi tahminan 1,63, S3A bilan Sa(ON)2 ishtirokida esa 2,27 martani tashkil etadi.
III tur korroziyada oldiniga beton yuzasida gips kristallaridan yuqa plenka hosil bo‘ladi so‘ng to‘plangan gips va KGSAning kristallari qatlam bo‘lib sement toshining ichida to‘planadi.
Gips odatda Sa(ON)2 to‘plangan joyda yig‘iladi. Hosil bo‘lgan gips va KGSAning kristallari sement toshi g‘ovaklari devoriga bosimi ortib yuzasiga parallel bo‘lgan buzilishlar, ya’ni darz, yoriqlarni hosil qiladi va beton asta emirilaboylaydi.
Beton nisbatan ko‘p suvga bo‘ktirilganda Sa(ON)2 va CaSO4 lar erib bosim kamayadi biroq Sa(ON)2 va korroziya mahsulining yuvilishi natijasida betonni buzilish mumkin. Bu holatda III tur korroziyaga I tur korroziya qo‘shiladi. Qotayotgan sementda Sa(ON)2 bo‘lishi III tur korroziyaning kimyoviy jarayoni va yangi moddalarning kengayish darajasiga ta’sir qilganligi uchun mineral tarkibi turlicha bo‘lgan sement bunday sharoitda turli darajada chidamli bo‘ladi. Alitalyuminatli sementlarning chidamliligi belitli va sulfatga chidamli sementlarga nisbatan kamroq bo‘ladi. Gil tuproqli sementning III tur korroziyaga chidamliligi kuchliroq bo‘ladi.
Putssolanli portlandsementning ham chidamlili yuqori hisoblandi. Uning tarkibida Sa(ON)2 kamligi ko‘p asosli gidroalyuminat hosil bo‘lishi va mavjud bo‘lishiga imkon bermaydi, ba’zan esa KGSA hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
III tur beton korroziyasiga qarshi tadbirlar quyidagilardan iboratdir: sementni konstruksiyaning ishlash sharoiti va muhitning agressivlik darajasidan kelib chiqib tanlash; havoni tortuvchi, plastiklovchi hamda Sa(ON)2 va CaSO4 larni eruvchanligini oshiruvchi CaCl2, CHB, SDB kabi kremniyorganik qo‘shimchalarni qo‘shish; turli usullar bilan betonning zichligini oshirish, shu jumladan S/S nisbatini kamaytirish va zichlovchi qo‘shimchalar qo‘shish.
Agar aytilgan vositalar himoyani ta’minlay olmasa beton yuzasiga suv kelish yo‘lini yopib qo‘yish, ya’ni yuza qismni himoya qilish lozim. Turli tadbirlarning betonni agressiv muhit ta’siridan himoya qilaolishdagi samarasi laboratoriya tajribalari yordamida aniqlanadi.