Qurilish, konstruksiyalash va matematika markazi



Download 25,32 Kb.
Sana01.05.2022
Hajmi25,32 Kb.
#600807
Bog'liq
Mttda 2022


QURILISH, KONSTRUKSIYALASH VA MATEMATIKA MARKAZI
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari
Qurilish, konstruksiyalash va matematika markazi

PROMOTED CONTENT


Mgid
Mgid

Uyda operatsiyasiz ko’rishni qanday tiklash mumkin


VisuCaps

Ko’rishni linzalarsiz tiklash


VisuCaps

Download 0.69 Mb.


Pdf ko’rish
Bet 7/8
Sana 23.11.2020
Hajmi 0.69 Mb.
#150466
1 2 3 4 5 6 7 8
Bog’liq
Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari (3)
Chala 1 mavzu (1), oila, 42620 17-topshiriq, xorijda maktabgacha talim (1), xorijda maktabgacha talim (1), maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari (3), САБОХАТ ТАБИАТ 12-variant., 43310 20-variant (1), Bolaning rivojlanish kartasi, 17-va.Ijtimoiy pedagogning boshqa mutaxasislar bilan xamkorligi, Axmedova B ijj, ТАБЕЛГА ИЛОВА, Фронтал машғулотларни режалаштириш (2), maktabgacha talimda tarbiya turlari
Bu sahifa navigatsiya:
Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi
Ilm-fan va tabiat markazi
Musiqadan va ritmika markazi
Matematika haftaligi, Nutq o‘stirish haftaligi, Tabiat haftaligi, Tasviriy faoliyat haftaligi, Badiiy adabiyot haftaligi
Matematika haftaligi
Tasviriy faoliyat haftaligi
III bob Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirish samaradorligi.
“Shaklli domino”, “Pazl”, “10 ni hosil qil”, “Kun va tun”, “Qo‘shnilarini top”, “Tangramma”
Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha eksperimental tajriba -sinov ishlanmasi (tayyorlov guruhi bo‘yicha)
Recommended by
Mgid
Mgid

КОД УСПЕХА

Молодая мамочке в декрете заработала свой первый миллион за 4 дня

Ей удалось выбраться из нищеты!

УЗНАТЬ БОЛЬШЕ

Qurilish, konstruksiyalash va matematika markazida turli xil va shakldagi


Qurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z fantaziyasiga tayangan xolda

Inshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar,

Ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘p

Narsalarni o‘zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarini

Rivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni xal

Etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va

Bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin. Ushbu markazga

Tarbiyachilar va bolalar xoxish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq

Mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo‘laklarini qo‘shib qo‘yish

Mumkin.


Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda haqiqiy

Hayotdan olingan kichik sahna ko‘rinishlarini o‘ynashga xoxish-istak uyg‘otish uchun

Albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bo‘lishi zarur. Bular ularda atrofda

Nimalar sodir bo‘layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o‘z o‘rinlarini


Tushunib yetishlariga yordam beradi.

Til va nutq markazida kitoblar va eshitish hamda yozish uchun o‘quv


Qurollari mavjud bo‘ladi. Bu tinch burchak bo‘lib, unda bolalar kitoblarni qarab

Chiqishlari, bir-birlariga o‘qib berishlari mumkin. Shuningdek, bu yerda tarbiyachi

Yoki ko‘ngilli yordamchi bolalarga kitobni ovoz chiqarib o‘qib berishi mumkin. Unda

Bolalarga kitobchalarni o‘z qo‘llari bilan yasash, mavzu(syujet)larni o‘ylab topish va

Ijro etish, hikoyalar eshitish taklif etiladi.

Ilm-fan va tabiat markazida boshqotirma va konstruktor kabi bolalar


Yig‘ishi va bo‘laklarga ajratishi mumkin bo‘lgan narsalar bo‘lishi lozim. Bu yerda,

Shuningdek, bolalarning bir xilda taqqoslashlari, turlicha tasniflashlari, sanashlari

Uchun yordam beradigan o‘yinlar ham bo‘lishi kerak. Ushbu markazda bolalarning

Tabiat hodisalari haqida bilib olgan tushunchalari va ko‘chadan topilgan narsalar bilan

Mashg‘ul bo‘lishlari uchun foydalaniladi.

San’at markazi bolalarning o‘z ijodiy qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish va


Amalga oshirishga rag‘batlantiradi, ularga yangi materiallar bilan tanishishdan

Qoniqish olish imkoniyatlarini beradi, bolalarning sezish qobiliyatini boyitadi. Bu

Yerda bo‘yoq, qog‘oz, qaychi, bo‘rchalar, qalamlar, gazlama bo‘laklari va kesish

Hamda yelimlash uchun turli qiyqimlar mavjud. Shuningdek, tabiiy materiallar –

Yog‘och, barg, qum-tuproqni ham qo‘shib qo‘yish foydadan xoli emas. Ushbu

Markazdagi mashg‘ulotlar ijodiy qobiliyat, so‘z orqali va so‘zsiz muloqot, umumiy

Va nozik harakatlanish, aqliy qobiliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Musiqadan va ritmika markazi butun kun davomida mashg‘ulotlarni


Birlashtirish uchun foydalanish mumkin. Kuylash, harakatlar, qarsak chalish, o‘yinlar,

Musiqa asboblari chalish va yozilgan kuy-qo‘shiqlarni tinglash har qanday dasturni

Yaxshigina to‘ldiradi. Musiqaviy mashg‘ulotlar zehnni charxlaydi, ritmga, sanashga

O‘rgatadi va nutqni rivojlantiradi; umumiy va nozik harakatlanishni (motorikani)

Rivojlantiradi va ijodiy qobiliyatni namoyish etishga imkon beradi.

Maktabgacha ta’lim sifat va samaradorligini yanada oshirish maqsadida

Tayyorlov guruhlari uchun mashg‘ulotlar haftaligi tashkil etish mumkin. Bunda

Mashg‘ulotlar odatdagi tartib bo‘yicha davom etadi. Lekin har bir haftaga nom

Beriladi. Masalan: Matematika_haftaligi,_Nutq_o‘stirish_haftaligi,_Tabiat_haftaligi,__Tasviriy_faoliyat_haftaligi,_Badiiy_adabiyot_haftaligi’>Matematika haftaligi, Nutq o‘stirish haftaligi, Tabiat haftaligi,

Tasviriy faoliyat haftaligi, Badiiy adabiyot haftaligi kabi. Bu haftaliklar davomida


Bolalarga matematika, nutq o‘stirish, tabiat, tasviriy faoliyat, badiiy adabiyotga oid

Ko‘nikmalarni rivojlantirish ishlari kuchaytiriladi. Shuningdek,

Matematika

Haftaligida har bir mashg‘ulot matematika bilan, Nutq o‘stirish haftaligida har bir

Mashg‘ulot nutq o‘stirish mashg‘uloti bilan, Tabiat haftaligida har bir mashg‘ulot

Tabiat bilan tanishtirish mashg‘uloti bilan, Tasviriy faoliyat haftaligida har bir

Mashg‘ulot tasviriy faoliyat bilan, Badiiy adabiyot haftaligida har bir mashg‘ulot

Badiiy adabiyot bilan mujassamlashtirilishi ko‘zda tutiladi. Shuningdek, ta’lim


Tayyorlov guruhi bolalarining matematik tasavvurlarini rivojlantirish uchun


Matematika haftaliklarida shashka musobaqalari, intellektual tadbirlar, guruhlararo

Musobaqalar tashkillashtirilishi taklif etiladi. Pedagoglarning vazifasi – bolalarning

Muloqotga kirishishga bo‘lgan qiziquvchanligini rag‘batlantiruvchi muhitni yaratish

Va bolalarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, o‘z vaqtida kerakli sharoitlarni

Moslashtirishdan hamda ularni kuzatishdan iborat. Individual yoki kichik guruhlar

Uchun topshiriqlar ota-onalar bilan suhbatlashgandan so‘ng, qaysidir ko‘nikmalarga

Alohida e’tibor berish uchun ishlab chiqiladi. Ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari

Mashg‘ulotlarga kelar ekanlar, ular o‘z farzandlarida ishtiyoqning ortib

Borayotganligini, intilishning o‘sayotganligin his etadilar va ta’lim jarayoni qanday

Ketayotganligini, kelajakda bilimli, ijodkor kishilar bo‘lish uchun bolalar qanday

O‘zaro muloqot qilayotganliklari, kelishayotganliklari, izlanayotganliklari,

Tanlayotganliklari va bilim hamda ko‘nikmalarni egallayotganliklarining guvohi

Bo‘ladilar. Bu ishlarning izchillikda amalga oshirilishi ta’lim sohasidaning sifat va

Samaradorligini oshirish uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi. Bolalarning

Maktabga har tomonlama tayyor holda kelib bilim olishlari uchun zamin yaratadi.

III bob


Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik

Tasavvurlarni rivojlantirish samaradorligi.

3.1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish
Maktabgacha ta’lim muassasalari matematika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan

Usullarning shakllari turli-tumandir. Bu shakllarning har biri didaktik yo‘nalganligi,

Bolalarning mustaqillik darajasi, jamoaviy va individualma-individual ish nisbati,

Pedagogik rahbarlik xususiyatlari bilan shartlangan holda o‘ziga xosligi bilan

Farqlanadi. Ko‘pincha bitta mashg‘ulotni amalga oshirish bolalarning bilishga oid

Faoliyatlarini tashkillashtirishning bir necha ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Masalan,

Umumiy shakl guruh bilan uyg‘unlikda yetarlicha samarador va sifatli oliy natijalarni

Beradi. Maktabgacha yoshdagilar bilan eksperimental ish quyidagi bosqichlar

Doirasida olib borildi:

1-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki elementar matematik

Bilimlar, ko‘nikma va malakalarining egallanishi;

2-bosqich – bilimlarni nazorat qilish (mustahkamlash);

3-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy faollik jarayonini

Rivojlantirish va ular egallagan bilimlar asosidagi tajriba, ko‘nikmalarini

Shakllantirish.

Bu jarayonda maqsadga muvofiq ravishda quyidagi uslubiy tamoyillar tadqiqot

Ishining tajriba sinov ishlarini tashkil etishda asos sifatida xizmat qildi:

1.Og‘zaki – ertak, hikoya, tushuntirishlar.

2.Ko‘rgazmali – illyustratsiya, tarqatma materiallar.

3. Amaliy – kubiklar, legolar, konstruktorlar, geometrik shakllar yasash va ulardan

Amalda foydalanish.

4.Turli matematik tushunchalarni mustahkamlash.

5. Ijodiy-mustaqil–jamoaviy (guruhda tarbiyachi nazorati ostida, qurish yasash

Ishlarida).

Og‘zaki, ko‘rgazmali usullarga oid uslubiy tamoyillar ta’limning birinchi

Bosqichida 6-7 yoshli bolalarda qo‘llanildi. Geometrik shakllar, sanoq va miqdor,

Kattalik, fazoviy tasavvurlar va vaqt bo‘yicha mo‘ljal olishni o‘rgatish ishlarini sekin-

Asta mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha topshiriqni murakkablashtirgancha olib borish

Ancha natijadorlikka olib keldi.

Har bir mashg‘ulotda bolalarda matematika bilan muloqotdan quvnoq kayfiyat

Yaratishga urindik. Bolalarnikiga mehmonga ertak qahramonlaridan Zumradoyning

Kelishi muammolarni hal etish uchun yordam so‘rashi bolalarga matematik

Masalalarni hal etish uchun qiziqish uyg‘otdi. Bolajonlarga bu mashg‘ulot quvonch

Baxsh etadi, ularni matematik tushunchalardan foydalanishga, ularni bir biridan


Farqlashga o‘rgatadi. Bunday mashg‘ulotlarga ko‘pincha ertak qahramonlari tashrif


Buyuradi va bolalar bilan o‘ynashga kirishadi. Demak, tarbiyachi bunday

Mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish orqali bolalarda matematik tasavvurlarning va

Tushunchalarning shakllanishi, ularni amalda qo‘llashni o‘rganadilar.

Tayyorlov guruhda bolalar kichik, o‘rta va katta guruhlarda bilib olgan

Matematik bilimlarini mustahkamlaydilar. Bu guruhda tahsil yangi, ancha murakkab

Vazifalarni qo‘yadi. Bolalar matematik bilimlarning amaliy malakalarini egallaydilar.

Boshqa bilimlar qo‘shiladi. Bolalar nafaqat sonlarni taniydilar, balki ular bilan ikki

Amal bajarishni ham o‘rganadilar. Ular umumiy dinamika, tempga amal qilishni,

O‘yin va mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida boshlab, o‘z vaqtida tugallashni o‘rganadilar.

Tajriba sinov ishlari natijasi shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’lim

Muassasalari tarbiyalanuvchilari yoshiga mos ko‘rgazmali, og‘zaki va turli uslubiy

Tamoyillarni qo‘llashni taklif qilamiz. Masalan, bolalarga soat tasviri tushirilgan

Chiroyli illyustratsiyani ko‘rsatamiz. Tarbiyachi hikoya qilyapti: “Devorda qadimiy

Soat osig‘liq turipti (tarbiyachi nog‘oraga bir marta uradi). Biroq soat chiqillab

Yurishi kerak, tik-tak (tarbiyachi nog‘oraga bir necha bor uradi). Bolalar biz sizlar

Bilan nog‘ora cholg‘usida soat qanday yurayotganini eshitdik, qutichada yomg‘ir

Qanday yog‘ishini eshitish ham mumkin. Tarbiyachi so‘zlaydi: “Zumrad sayrga

Chiqdi, to‘satdan uning kaftiga yomg‘ir tomchisi tushdi (tarbiyachi qutichaga urib,

Tovush chiqaradi). Bulut quyosh yuzini qopladi va Zumrad kaftiga bir necha yomg‘ir

Tomchilari tushdi (tarbiyachi qutichaga bir necha marta uradi). Avvaliga tomchilar

Siyrak tushdi (tarbiyachi buni qutichada siyrak zarblar bilan tasvirlaydi), keyin esa

Yanada ko‘payaverdi. Yomg‘ir kuchaydi (tarbiyachi tez-tez zarb beradi). Zumrad

Soyabonini ochdi va yomg‘irning tugashini kutib turdi. Tez orada quyosh mo‘raladi

Va yomg‘ir tindi”. Keyin tarbiyachi bolalardan qanday yomg‘ir bo‘lganini

Aniqlashtiradi. Bolalar javob qiladilar: “Kuchli, katta, ko‘p, kam, kichik”, tarbiyachi

Esa soatga e’tibor qaratadi: “Bolalar, qaranglar: men qaysi asbob yordamida yomg‘ir

Tomchilarini yetkazdim? Bu asbob soat deb nomlanadi, avvaliga necha tomchi,

Ikkinchi martagachi? Eslab ko‘ramizmi?”. Shunday qilib, sanoq, miqdor, tezlik,

Kattalik tushunchalarini mustahkamlaymiz, bolalarga uni ko‘rib chiqish va tovush

Chiqarishini yana bir bor tinglashni taklif qilamiz.

Keyingi mashg‘ulotlarda bolalarga matematik topishmoqlar taklif qildik.

Tarbiyachi turli suratlarni tasvirlagancha tayoqcha bilan qutichaga urdi, bolalar esa

Yomg‘irning qanday – kuchli yoki kuchsiz yog‘ayotganini aniqlashlari kerak bo‘ladi.

Bolalar bilan matematik-didaktik o‘yinlar o‘tkazish ham mumkin. Bolaning

Matematik qobiliyatini rivojlantirgancha tayyorlov guruhida muayyan mazmun va

Qoidalari bo‘lgan matematik-didaktik o‘yinlarni olib boramiz. Katta guruhdan yaxshi

Tanish bo‘lgan matematik-didaktik o‘yinlarni yodga olamiz va bir necha

Mashg‘ulotda takrorlaymiz. Keyin sekin-asta ularni murakkablashtiramiz va ular

Yangi shaklni olgancha harakatli o‘yinlar bo‘ladi.

Bolalar “Ajoyib xaltacha” matematik-didaktik o‘yinida geometrik shakllarni


Paypaslab, uning nomini topadilar, keyin ularga shu shakllar yordamida yaxlit

Figuralar hosil qilish taklif qilinadi. Tayyorlov guruhda matematik-didaktik o‘yinlar

Mazmuni birmuncha murakkablashtiriladi. Biz yangi “Shaklli domino”, “Pazl”, “10

Ni hosil qil”, “Kun va tun”, “Qo‘shnilarini top”, “Tangramma” o‘yinlarini taklif


Qilamiz.

Sekin-asta bolalarda matematikani idrok etish tajribasi boyitildi. Bolalarda esa


O‘zlari sevgan matematik o‘yin-mashg‘ulotlar o‘tkazildi, do‘stlari bilan mustaqil

Harakat qilish istagi paydo bo‘ldi.

Matematik tushunchalarni o‘rganish jarayonida tayyorlov guruhdagi 6-7 yoshli

Bolalar oldiga yangi, yanada murakkab vazifalarni qo‘ydik. Tanish shakllar asosida

Konstruktorlik ishlarni bajarishga o‘rgatdik. Bu ulardan muayyan malakalarni talab

Qildi. Agar o‘rta guruhda matematik amallarni bajarish vaqtida diqqat talab qilinsa,

Katta va tayyorlov guruhda ular oldiga yangi: umumiy dinamikaga, tezlikka amal

Qilish, konstruksiyalashni o‘z vaqtida boshlab, tugatish vazifalari qo‘yiladi.

Biroq, shunday bolalar borki, ular umumiy tezlikka amal qila olmaydilar.

Misol tariqasida Azima va Botirjon bir vaqtda konstruksiyalashni boshladilar, keyin

Azima kuzatuvchiga quloq tutmasdan Botirjondan o‘zib ketdi.

Tahsilning oxirgi yilida barcha bolalar uchun matematik amallarni bajarish

Usullari yana ham murakkablashtirildi, amallarni bajarish malakalari mustahkamlandi

Va takomillashtirildi. Bolalar son sanoq, miqdor, fazoviy tasavvurlar, vaqt, geometrik

Shakllar, kattalik tushunchalari bilan tanishadilar. Keyingi bosqich – bolalarni

Matematika daftaridagi kataklarga sonlar va ularning elementlarini to‘g‘ri yozishga

O‘rgatishdan iborat. Ushbu bosqichda daftar kataklarining kattalashtirilgan shakllari

Tanlandi.

Texnik usullar. Raqamlar bilan tanishtirishda bolalarga dastavval raqamlarni

Yozishga, to‘g‘ri o‘tirish va ruchkani to‘g‘ri tutishga o‘rganadilar. O‘tirg‘ichning

O‘rtasiga o‘tirish, tanani erkin va to‘g‘ri tutish zarur. Multimediadan foydalanib

Bolalarga animatsiyali raqamlarning chiqishlarini tomosha qilishni tashkil etish kerak.

Shundan keyin ularga tanish bo‘lgan raqamlar nomini aytsak, bolalarni ilg‘ab olishi

Va esida saqlashi oson kechadi.

Bugungi kunda olib borilayotgan har bir tadqiqotning vazifalari quyidagilardan
Iborat:



  • Mavzuga oid pedagogik manbalarni o‘rganish, taxlil qilish va

Umumlashtirish;


  • Muammoning nazariya va amaliyotdagi axvolini o‘rganish xamda taxlil

Qilish;




  • Maktabgacha ta’lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhi bolalarida

Bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishning mazmuni va metodikasini ishlab

Chikish;



  • Bolalar bilimini shakllantirishga yunaltirilgan pedagogik tizimning

Samaradorligini amaliy tajribada sinab kurish;




  • Tadqiqot natijalari asosida respublikadagi maktabgacha ta’lim muassasalari

Xodimlari va ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalar va qo‘llanmalar yaratish.

Sonlar va raqamlar xususida tarbiyalanuvchilarga tushunchalar berildi. Dastlab,

Sonlar qanday kelib chiqishi, ular nimani anglatishi xususida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, geometrik shakllarni ushlab ko‘rishlari, burchaklariga qo‘llari bilan

Tegishlariga ruxsat berildi. Uchburchak so‘zma-so‘z tarjima qilinganda uchta burchak


Degan ma’noni anglatishi gapirib berildi. Shundan so‘ng geometrik shakllar dan

Pedagog-tarbiyachilar o‘z amaliyotida keng foydalanadigan bir necha shakllardan

Yaxlit tasvir chizish taklif qilindi.

Matematika mashg‘ulotlarini integratsiyalash o‘zaro hamfikrlilik, bir biriga

Qarab rasm chizish, o‘rtoqlarining harakatlariga e’tiborli bo‘lish tuyg‘usini

Rivojlantirishga imkon beradi. Matematik fikrlash bola miyasining intellektual

Faollashuvi vazifalarini uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadi, natijada barcha bolalar

Aqliy jihatdan faollashadi. Ularda fantaziya va ijodiy qobiliyat, matematik nutq

Rivojlantiradi, matematikani tushunish va sevishga o‘rgatadi. Matematika

Mashg‘ulotlari jarayonida sanashni o‘zlashtirish borasida, misollarni yechish

Barobarida bolalar misollarning tuzilishini yaxshiroq tushuna boradilar, ularning ko‘p

Yoki kamligini, mazmunini farqlaydilar va o‘zlari uchun yangi bo‘lgan matematika

Olamiga kirib boradilar.

Matematika mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchilarni sonlar bilan tanishtirishda

Raqamlarni eslab qolish maqsadida ularni belgilash uchun rangli aylanalardan, sanoq

Cho‘plaridan foydalanadilar, keyinroq bolalar rangli aylanalar va sanoq cho‘plarsiz

Mustaqil uddaladilar. Tarbiyalanuvchilarning matematika mashg‘ulotlarini

O‘zlashtirishlarini hamda ular tomonidan erishilayotgan muvaffaqiyatlarni monitoring

Qilish shart deb hisoblaymiz, chunki u nafaqat bolalarning muvaffaqiyatlarini

Baholashni, balki pedagogning o‘zini va korreksion jarayonning barcha ishtirokchilari

Faoliyati samaradorligi darajasini tahlil qilish imkonini beradi. Pedagog esa, olingan

Natijalardan kelib chiqib, bolalar, pedagoglar, ota-onalar bilan ishlashda tanlangan

Usullar, texnologiyalarning to‘g‘riligi yuzasidan xulosa qilish imkoni tug‘iladi va

Zaruriyat bo‘lganida o‘quv dasturini mukammallashiga erishiladi.

Mashg‘ulotlarning natijasi bolalarning o‘zlashtirish darajasi va ochiq mashg‘ulotlarda

Ko‘rinadi. Aynan shunda bolalar mas’uliyatli, intizomli, e’tiborli bo‘lishga

O‘rganadilar. Agar kuzatuvchilar nafaqat bolalar, balki sevimli ota-onalar bo‘lsa,

Unda muvaffaqiyatdan quvonch ikki barobarga ortadi. Bu yo‘nalishda birmuncha

Mahsuldori, bolalar bilan ishlashda maktabgacha ta’lim muassasasida yuzaga kelgan,

Jamoaviy sharoitda maxsus matematik qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan

Qo‘shimcha ta’lim va ijodiy ishlash konsepsiyasi bo‘ldi. Bugungi kunda bu loyihaviy

Usul maktabgacha ta’lim faoliyatida ta’limning innovatsion usuli hisoblanadi. Bu

Usullar mashg‘ulotni faollashtiradi, ularni hissiy jihatdan maftunkor va yorqin qiladi.

Mazkur texnologiyaning maktabgacha pedagogikada mavjud bo‘lgan boshqa

Texnologiyalardan farqi shundan iborat.

Loyixaviy mashg‘ulotlar quyidagicha amalga oshiriladi. O‘yinli,

Kommunikativ, bilishga oid-tadqiqotchilik, matematik va harakatli faoliyat, bolalar va

Kattalar bilan muloqot tarzida. Bunda tarbiyalanuvchilarda o‘zaro harakat, ijtimoiy va

Emotsional intellekt rivojlanadi, tengdoshlari bilan birgalikda faoliyat yuritish

Ko‘nikmasi shakllanadi. Shuningdek, tasavvur va ijodiy faollik rivojlanadi, matematik


Zukkolik, miqdor, sanoq, vaqt, geometrik shakllar, vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish,

Harakatlar uyg‘unligi, matematik qobiliyatlar rivojlanadi. Matematikadan eng sodda

Tasavvurlar shakllantiriladi, har bir bolaning individual chiziqlari, irodaning

Mavjudligi, emotsionallik, diqqati jamlanganligi namoyon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchida

O‘z kuchiga ishonmaslik, tortinchoqlik, juratsizlik bartaraf etiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirish

Bo‘yicha eksperimental tajriba-sinov ishlanmasi (tayyorlov guruhi bo‘yicha)

Mashg‘ulot

Mavzusi

Pedagogik vazifalar

Ish mazmuni

Markazda


Ishlash
Intellektual

O‘yinlar hamda

Mashqlar

Bolalarni bir-galikda


O‘ynash malakalarini

Mus-tahkamlash,

Jamoa

Tuyg‘usini


Rivojlantirish

Yangi mavzu

Materialini

Muayyan usullar

Bilan turli

Vaziyatlarda

Bosqichma-bosqich

O‘rgatish

Qurish-yasash

Va matematika

Markazida

O‘ynash


Sanoq va miqdor

Bolalarni ko‘rgazmali


Qurollar va multimedia

Vositalari yordamida,

Shuningdek, ognli va

Ravon sanash, miqdoriy

O‘lchash hamda

Misollarni yechishda

Ritmik tezlik

O‘zgarishini yuzaga

Chiqarishga o‘rgatish

Matematik

Tafakkur va amaliy

Faoliyatning

Uyg‘unligiga

Ko‘maklashish

Ilm fan va

Tabiat


Markazida suv,

Qum va boshqa


Jismlarni

O‘lchov


Vositalari

Yordamida


O‘lchash

Kattalik
Kattalik


Tushunchasining


Tushunarli bo‘lishiga

Erishish, xotira va

Diqqatni jamlash

Malakasini

Rivojlantirish

Bolalarning

Matematik

O‘yinlarda

Improvizatsiya

Qilishga


Intilishlarini

Rag‘batlantirish

Qurish-yasash

Va matematika

Markazida lego

Va kubiklar

Bilan eng

Baland bino

O‘yinini

O‘ynash
Geometrik shakllar

Geometrik shakl-

Larning

Belgilarini,
Xususiyatlarini

Shakllarni so-

Lishtirishning

Barcha (ko‘rgaz-

Qurish-yasash

Va matematika

Markazida

Tushungan holda


Nutqda ifodali aks

Ettirishni o‘rgatish

Mali, og‘zaki,

Amaliy) usullarni

Takrorlash,

Geometrik shakllar

Bilan o‘ynaladigan

O‘yinlarni o‘z

Vaqtida boshlash

Va tugallash

Oddiy va mu-

Rakkab


Tangrammalar

Bilan jamoaviy


O‘ynash

Fazoda mo‘ljal


Olish

Bolalarda fazoda


Mo‘ljal olish

Malakalarini shakl-

Lantirish

Bolalarda oldin

O‘rgatilgan o‘ziga

Va atrofdagi

Buyumlarga

Nisbatan mo‘ljal

Olish malaka va

Ko‘nikmalarini

Mustahkamlash

Qurish-yasash

Va matematika

Markazida

O‘ynash

Vaqtga nisbatan


Mo‘ljal olish

Bolalarda vaqtga

Nisbatan mo‘ljal olish

Malakalarini

Shakllantirish

Kundalik tartib

Asosida vaqtga

Nisbatan mo‘ljal

Olish malaka-larini

Shakllantirish

Sahnalashtirish

Va dramma

Markazida ish-

Lash


Tajriba sinov jarayonida matematik (individual, guruhli, jamoaviy)

Mashg‘ulotlarda bolalarga nafaqat muayyan qoidani yod oldirish, balki, oddiy


Kundalik hayotda ham sanoq va miqdor, kattalik, geometrik shakllar, fazoda mo‘ljal

Olish va vaqt tushunchalarini o‘rgatish, ularni sanash imkoniyatlari bilan tanishtirish,

Sodda misol va masalalarni yechishda improvizatsiya qilishga o‘rgatish orqali yaxshi

Natijalarga erishildi. Mashg‘ulotlarda bolalarga turli darajadagi murakkab, oddiy

Misollar va masalalar bo‘yicha ijodiy topshiriqlar berib borildi. Bolalar matematik

Faollikni rivojlanish darajasi natijalari ijobiy dinamikaga ega bo‘ldi, yaxlit olganda

Nazorat bosqichida matematik faollikning rivojlanish darajasi 24 %ga ortdi.

Shubhasiz, faraz tasdiqlandi: matematik amallarni o‘yinlar va interfaol usullar

Bajarishni o‘rgatish intellektual faollikning rivojlanishida samarali vosita bo‘ldi.

Chunki, bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirish mashg‘ulotlari tizimli tarzda

Olib borildi. O‘quv yili davomida matematik misollarni yechishni o‘rgatish

Natijaviyligining ko‘rsatkichlari maktabgacha yoshdagilarning har xil tadbirlar

(o‘yinlar, konkurslar, viktorinalar va h.k.)da ishtirok etishlari mumkinligidadir.

Tadqiqotning maqsadiga erishildi va vazifalari tugal bajarildi.

Download 0.69 Mb.

Do’stlaringiz bilan baham:


1 2 3 4 5 6 7 8
Mgid
Mgid

Импотенция? Этот рецепт вам поможет


Erostone

Молодая мамочке в декрете заработала свой первый миллион за 4 дня


Код Успеха

Yotishdan oldin bitta osh qoshiq: bir oyda minus 27 kg!


Fatality

Uyda operatsiyasiz ko’rishni qanday tiklash mumkin


VisuCaps

1 чашку на ночь и все. Живот втягивается за 5 дней! Рецепт


KETOform

Ташкент на ушах: одинокая мамаша подняла куш за 3 недели


Код Успеха

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022


Ma’muriyatiga murojaat qiling


© 2022
Download 25,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish