Zavodning hom-ashyo manbasi.
Gaz kondensatli Xauzak koni 1968-1973 yillarda quduqlar qazib qidiruv va tadqiqot ishlari olib borildi hamda О‘rta Osiyo neft va gaz qidiruv instituti tomonidan tadbiq qilingan. Ajratish qurilmasi va MGSU gaz qidiruv qurilmalari yordamida gaz qazib chiqarildi. Dengizkо‘l-Xauzak gaz konlari kо‘p oltingugurtli gaz hisoblanadi. Bu konlar Qashqadaryo va Buxoro oblastining Qorakо‘l tumani hududlari oralig‘ida joylashgan. Zavoddan 65 km uzoqlikda, gaz quvurlar orqali olib kelinadi. Dengizkо‘l-Xauzak konlaridan Muborak gazni qayta ishlash zavodiga tozalash uchun 1990 yilda 4 mlrd metr kub gaz yetkazib beriladi.
Zevarda gaz koni 1961-1979 yillarda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida aniqlandi. 4, 15 va 18-burg‘u quduqlari yordamida qazish ishlari olib borildi. 500-600 atmosfera bosimi ostida chiqdi. Uning tarkibida kondensat 3% dan ortiqroq edi. Zevarda gaz koni maydoni 280 mlrd metr kub yer osti gazi bilan himoya qilingan. Zevarda gazi tarkibida oltingugurt kam, ya’ni kam oltingugurtli gaz jumlasiga kiradi.
Qо‘ltoq. Gaz kondensatli Qо‘ltoq gaz koni 1961-1970 yillarda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida aniqlandi, hamda 5 urg‘u qudug‘i yordamida (5; 9; 10; 11; 19) qazib olindi. Ushbu konning bosimi 400-500 atomga teng. U tarkibida 2% dan kо‘proq vodorodsulfit (H2 S) chraydi, ya’ni bu konning gazi kо‘p oltingugurtli gaz jumlasiga kiradi.
Pomuq gaz konining yillik gaz olish hajmi 3 mlrd metr kub. Bu gaz konidan zavodga bо‘lgan masofa 23 km ga yaqin. Uning zahirasi 110 mlrd metr kub yer osti boyligi mavjud.
Alan gaz konining zahirasi 120 mlrd m3 deb baholandi. U zavoddan 57 km uzoqlikda joylashgan. Alan gaz koni bu yil, ya’ni 1990 yilda berayotgan gaz miqdori juda kam. Shu sababli zavobga bu kondan gaz kam miqdorda kelmoqda.
Janubiy va Shimoliy Muborak konlari gazi tarkibida kam miqdorda bо‘lsa-da oltingugurt vodorodi mavjud edi. О‘sha yillari aniqlangan kо‘pgina yangi konlar gazi tarkibida ham oltingugurt uchrardi. Ayniqsa, yirik zahiraga ega О‘rtabuloq koni gazidan olingan namunalar ilmiy-tadqiqot institutlarida tahlil etilganida, mazkur kon gazi tarkibida 4-5 foizgacha oltingugurt vodorodi borligi ilmiy asoslangandi. Buning ustiga, mazkur kon va Dengizkо‘l koni gazi tarkibida kо‘p miqdorda kondensat mavjudligi ham ma’lum bо‘lgandi. Bu hol esa dashtda gazni tozalaydigan, qayta ishlaydigan inshoot qurishni taqozo etardi. Chunki gazdan oltingugurtni ajratmasdan foydalanish inson salomatligi uchun g‘oyat xavflidir. Shu bilan birga, bu iqtisodiy jihatdan ham zararli. Negaki, oltingugurtli gaz oqadigan metall quvurlar yemirilib borib, tezda yaroqsiz holga kelib qoladi.
MZL – markaziy zavod laboratoriyasi xom – ashyo hamda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni va ishlab chiqarishda ishlatiladigan kimeviy reagentlarning tahlilini amalga oshiradi xamda ularning sifatini nazorat qiladi.
Texnologik uskunalar bilan jihozlash va uskunalar bazasi xizmati – korxona sexlarini material texnik resurslar, uskunalar, ehtiyot qismlar va boshqa kerakli tovarlar bilan ta’minlaydi.
Muborak gazni qayta ishlash zavodida murakkab texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. Chunki, Muborak gazni qayta ishlash zavodi xom ashyo manbalari, jumladan, tabiiy gazning tarkibida oltingugurt va boshqa uglevodorod gazlari mavjud bо‘lib, ularni turli moslamalarda tozalash jarayonlari amalga oshiriladi. Tabiiy gazni oltingugurtdan tozalash jarayoni Moskva “Giprogazoochistka” tashkiloti tomonidan ishlab chiqarilgan moslamada amalga oshirilib, amina oltingugurtini tozalash har birida yiliga 2 mlrd m3 gaz tozalanadi va oltingugurt ajratib olinadi. Bu moslamada nafaqat gaz balki boshqa zaharli gazlardan ham gaz tozalanadi. Tozalangan gaz Saratovdagi VNIPIgazodobicha tashkiloti tomonidan ishlab chiqarilgan bо‘lib, gaz qо‘yish stansiyalariga yuboriladi.Gaz qо‘yish stansiyalaridan vagon sesternalari hamda aholi uchun gaz balonlari shuningdek avtotsesternalar gaz bilan tо‘ldiriladi.
Gaz tarkibidagi qо‘shimcha elementlardan tabiiy gazni tozalash past temperaturali siperatsiyadan о‘tkazilib birinchi va ikkinchi siparatsiyada tabiy gaz quritiladi va gaz quvurlariga yuboriladi.
Past temperaturali moslamadan о‘tgan tabiiy gazdan propan va butan qorishmalari ajratib olinadi va quvurlar orqali omborxonada tо‘planadi, iste’molchilarga yuboriladi.
Tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurt adsorbsion uslubda ajratilib beshinchi va sakkizinchi bloklarda amalga oshiriladi. Ajratilgan oltingugurtli gaz tozalash jarayoni -600 C da amalga oshiriladi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, hozirgi kunda Muborak gazni qayta ishlash korxonasi modernizatsiya qilinib yangi asbob-uskunalar о‘rnatilishi natijasida ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati standart talablariga tо‘liq javob beradi. Shu boisdan ham zavod mahsulotiga nafaqat respublikamizda balki xorijda ham talab yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |