II.TEXNOLOGIK QISM
2.1.Muborak gazni qayta ishlash zavodi haqida ma`lumotlar.
Muborak gazni qayta ishlash zavodi — Oʻzbekiston yoqilgʻi energetika sanoatining yirik korxonalaridandir. Qashqadaryo viloyatining Muborak shahrida joylashgan. "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasining "Oʻzneftgazqazibchiqarish" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi.
Qashqadaryo viloyati Koson tumani hududida, tuman markazidan 35 km g‘arbiy-shimolda, “Muborak” naslchilik xо‘jaligi (“Muborak” naslchilik zavodi ham deb yuritilgan) markazidan 12 km janubiy-sharqda, Qarshi-Buxoro avtomobil yо‘li yoqasida Muborak gaz-oltingugurt zavodini qurish haqida sobiq Ittifoq hukumatining 1965 yil 23 avgustdagi 51-sonli qaroriga asosan Ittifoq Gaz sanoati vazirligi Davlat komissiyasining 1965 yil 10 sentabrda 505-sonli buyrug‘i chiqdi.
1966 yilning oktyabr oyida sobiq Ittifoq Gaz sanoati vazirligi “VNIPIgazdobicha” ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti zavod qurilishi bо‘yicha tayyorlagan loyihani tasdiqlash tо‘g‘risida qaror qabul qildi.
1967 yil avgust oyida О‘zbekiston hukumatiga Qashqadaryo viloyati hamda respublika Qishloq xо‘jaligi vazirligi rahbariyatining Muborak gaz-oltingugurt zavodi majmuasi uchun yer ajratish haqidagi taklifini qabul qilish tо‘g‘risida farmoyish berildi.Shu tariqa Muborak gazni qayta ishlash zavodi barpo etishga kirishildi.
Umuman, jahon gaz sanoati tajribasida gaz tarkibidagi oltingugurt vodorodini ajratish kam qо‘llaniladi.Ya’ni gazni oltinguturtdan tozalaydigan zavod dastlab Fransiyada barpo etilgan. Ikkinchisi esa, Rossiya federatsiyasi Orenburgda bunyod qilingan bо‘lib, unga fransuzlar tajribasi asosida xorijda ishlab chiqarilgan jihozlar va uskunalar о‘rnatildi.Bu о‘sha vaqtda mamlakatning valyuta zahirasiga hamda ilmiy-texnikaviy obrusiga anchagina putur yetkazganligi uchun sobiq, “Markaz” Muborak gaz-oltingugurt zavodi uchun Ittifoqniig о‘zida qurilmalar, asbob-uskunalar tayyorlashga qaror qildi. Ushbu ishni bajarish uchun Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon, qо‘yingki,Ittifoq tarkibida bо‘lgan barcha respublikalardagi 200 ga yaqin korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalari jalb etildi. Ishlab chiqaruvchilar tarmoqdagi ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlari xodimlari bilan birgalikda korxona uchun kerakli dastgohlarni tayyorlashga shiddat bilan kirishib ketdilar.
Muborakga Ittifoqning barcha burchagidan turli ixtisosliklarga ega mutaxassislar kela boshladilar.
О‘sha paytda respublika gaz sanoati tizimida yagona bо‘lgan mazkur Ixtisoslashtirilgan boshqarma idorasi Buxoro viloyati Kogon shahrida joylashgan bо‘lib, u Boshqiriston avtonom respublikasi poytaxti bo`lgan Ufa shahridagi “Nefteprovodmontaj” trestiga qarashli edi. 1969 yidda Turkmaniston respublikasi poytaxti Ashxabod shahrida “Sredazneftegazmontaj” — “О‘rta Osiyoneftgazmontaj” tresti ochilgach, ushbu korxona ham uning tarkibiga kirdi. “Jarqoq”, “Gazli”, “Uchqir” kabi yirik zahiraga ega konlarni о‘zlashtirishda, “Buxoro-Ural”, “О‘rta Osiyo—Markaz” singari ulkan magistral gazoprovodlar qurilishida qatnashib, katta tajriba tо‘plagan quruvchi-montajchilar ishni tez va sifatli bajarishga astoydil harakat qildilar. Zotan temir-beton poydevor ustiga ulkan qurilma qismlarini montaj qilish oson ish emas. Bu juda murakkab jarayon hisoblanadi.Zero, konlardan quvurlar orqali kelayotgan gazni qayta ishlab, tarkibidagi oltingugurt vodorodini ajratib oladigan bu xil qurilma kichik bir zavod kabidir.
Asosan, qayta ishlangan tabiiy gaz, qattiq va suyuq holatdagi oltingugurt, barqarorlashtirilgan gaz kondensati, suyultirilgan gaz (propan va butan fraksiyasi) ishlab chiqaradi.
1 965 yil 10 sentabrda Muborak shahridan 12 km janubiy-sharqda Muborak oltingugurt zavodi (1972 yildan boshlab Muborak gazni qayta ishlash zavodi) qurila boshlangandi. 1971 yil 31 dekabrda yiliga Oʻrtabuloq konlari, Muborak guruxidagi konlardan olinadigan 5 mlrd. m3 oltingugurtli va 3,7 mlrd. m3 oltingugurtsiz tabiiy gazni tozalash quvvatiga ega boʻlgan korxona ishga tushirildi. 1976 yil zavod birinchi navbatda gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilinib, uning yillik quvvati 6,2 mlrd. m3 ga yetkazdi. 1978—1980 yillarda zavodni kengaytirishning navbatdagi ishlar amalga oshirilib, umumiy quvvati yiliga 10 mlrd. m3 ga yetkazildi. 1984 yilda esa zavodning navbatdagi gazni tozalash bloklari qurib bitkazildi. Shu yili mart oyida gazni oltingugurtdan ajratuvchi sexlari ishga tushirildi. Uning yillik ishlab chiqarish quvvati 183 ming tonnani tashkil etdi. Oltingugurt tozalovchi 6 ta blok va oltingugurt ishlab chiqaruvchi 2 ta blokdan tashkari, suyultirilgan gaz olish va bir yoʻla gaz kondensatini barqarorlashtirish qurilmasi ham ish boshladi.
1992 yilning dekabr oyiga kelib gazni qayta ishlash zavodining quvvati yiliga 25 mlrd.m3 ga oshirilib, gazni qayta ishlash bloklari soni 18 taga yetkazildi. 2000 yil 25 mayidan boshlab korxona "Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi sho`ba-unitar korxonasiga aylantirildi. Korxonaning moddiy jamg`armasi 10 mlrd. 199 mln. 245 ming soʻmni tashkil qiladi (2003 yilgi hisobot bo`yicha). MGQIZ AQSH, Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Chexiya, Rossiya, Yaponiya, Ukraina davlatlari bilan iqtisodiy aloqalar oʻrnatgan. Bu davlatlardan korxonaga absorbentlar, katalizatorlar, kimyoviy reagentlar, kimyoviy reaktivlar, kimyoviy asbob-uskunalar va boshqa kerakli resurslar shartnoma asosida yetkazib beriladi.
2000 yilda qayta ishlangan gaz 27324 mln. m3, oltingugurt ishlab chiqarish 217,5 ming tonna, barkarorlashtirilgan kondensat ishlab chiqarish 556 ming tonna, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish 13,5 ming tonnani tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |