Gazlarni adsorbsiya usuli bilan quritish va tozalash
Adsorbsiya usuli gaz aralashmasidagi zararli komponentlarni oltingugurt birikmalarini saylab yutishga mo’ljallangan. Bunda oltingugurt birikmalarini chiqarib olish elementar oltingugurtgacha oksidlash yoki oddiy adsorbsiya usuli bilan ajratib olish mumkin. Fizik adsorbsiya jarayoni H2S ni gaz (oqimidan) qattiq yutuvchi modda bilan selektiv adsorbsiyalashga asoslngan.Masalan, seolitlar va boshqalar bilan.Bu usulning afzalligi shundaki H2S bilan bir vaqtni o’zida seroorganik birikmalar va suv aralashmalari ham yutiladi. Adsorbsiya usuli bilan tozalash qurilmasi Sho’rtangaz gazni qayta ishlash zavodida qo’llanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |