1-rasm. Fermalar
Ferma elementlarining kesim turlari
2-rasm. Ferma elementlarining kesim yuzasi
Ferma elementlarida hosil bo‘ladigan hisobli kuchni aniqlash.
Elementlarda hosil bo‘ladigan hisobiy kuchlarni qurilish mexanikasi usullaridan foydalanib topiladi. Momentlar usuli, fermani kesish usuli, tugunlarni kesish usuli, Maksvell – Kremona diagrammasidan foydalanish usuli. Bu usullardan foydalanib fermaning elementlarida doimiy yukdan, qor yukidan va tayanch momentlardan hosil bo‘ladigan kuchlar aniqlanadi, va ularni yig‘indisi elementga ta’sir etayotgan hisobiy kuchni beradi.
Ferma elementlarda hosil bo‘ladigan hisobiy kuchni aniqlangandan keyin ularni hisobini qilish kerak bo‘ladi.
Hisoblash tartibi quyidagicha:
Cho‘zilishga ishlaydigan elementlarni talab qilingan kesim yuzasini quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(1)
Burchaklik, qoshtavr, shveller, tavr va po’lat varaqasimon listlardan tayyorlangan profillardan mos keladigan yuzalar tanlab olinadi:
AT.K.< Ax (2)
Mustaxkamligi tekshiriladi, bunda .
(3)
bo‘lishi kerak.
1.Siqilishga ishlaydigan elementlarning egiluvchanligini qabul qilib olib, shartli egiluvchanligi topiladi va φ koeffitsienti mos keladigan formula bo‘yicha hisoblanadi va talab qilingan kesim yuzasi aniqlanadi:
(4)
bu yerda: γs- elementni ishlashini e’tiborga oladigan koeffitsient, agarda egiluvchanlik λ>60 bo‘lsa, 0,8ga teng, λ<60 bo‘lsa, 0,95ga teng inersiya radiusi ham aniqlanadi:
2.Talab qilingan kesim yuzasiga va inersiya radiusiga qarab, ikkita teng (yoki tengsiz) tomonli burchakliklarni qabul qilib, Ax, ix, iy haqiqiy yuzasi va radius inersiyalari yoziladi.
3.Tanlab olingan elementlar mustahkamligi va ustivorligi tekshiriladi. Buning uchun avval x – x va y – y o‘qi bo‘yicha egiluvchanligi aniqlanadi:
Aniqlangan egiluvchanligini katta qiymatiga qarab, shartli egiluvchanligi topiladi va mos keladigan formuladan foydalanib φ- koeffitsientni qiymati hisoblanadi, element kesim yuzasida hosil bo‘ladigan kuchlanish aniqlanadi:
(5)
Ferma tugunlarini hisoblash
Ferma tugunlarini hisoblash bilan elementni biriktiradigan chok uzunligi aniqlanadi va fasonka o’lchamlari belgilanadi.
Burchak chokni uzunligi quyidagi formulalar bilan aniqlanadi;
Obushok uchun eritilgan po’latni kesimi bo’yicha ;
- Po’latni erish chegarasi kesimi bo’yicha ;
Perosi uchun eritilgan po’latni kesimi bo’yicha;
- Po’latni erish chegarasi kesimi bo’yicha;
Bu yerda;
Hisobiy kuchni choklararo taqsimlab beruvchi koeffitsient, teng tomonli burchak uchun a=0.7ga teng; tengsiz tomonli burchak uchun a=0.65, agar burchak katta tomoni bilan fasonkaga biriktirilgan bo’lsa; a=0.75, agar burchak kichik tomoni bilan fasonkaga biriktirilgan bo’lsa .
, - payvand choki qaysi usul bilan bajarilishiga bog’liq bo’lgan koeffitsient, QMQ2.03.05-97 13.1-ilova jadvalidan olinadi;
-burchakli chokni qalinligi ulanayotgan elementlarning kichik qalinligi olinadi;
-eritilgan po’lat chokini hisobiy qarshiligi;
-po’latni erish chegarasi kesimi bo’yicha hisobiy qarshiligi;
60>
Do'stlaringiz bilan baham: |