Qurilish ishlari



Download 7,95 Mb.
Sana08.02.2017
Hajmi7,95 Mb.
#2075
44-45-§. Me’morchilik va san’at

Qurilish ishlari
XIV asr oxirida Amir Temur davlatida ulkan qurilish ishlari avj oldi. Ular keyingi o‘n yilliklarda ham davom etdi. Yangi madrasa, masjid va maqbaralar binolari, qasr va karvonsaroylar qad ko‘tardi, shahar mudofaa inshootlari qayta tiklandi.

Ushbu ishlar uchun turli qurilish mutaxassisligiga ega bo‘lgan ko‘plab ustalar talab qilinardi. G‘isht teruvchilar, suvoqchilar, toshtaroshlar, marmar va yog‘och o‘ymakorlari shular jumlasidandir. Samarqand va Shahrisabzda, so‘ngra Hirotda qurilishlar ko‘lami misli ko‘rilmagan tus oladi.

Uy-joylar, daha machitlari, savdo do‘konlari va hunarmandchilik ustaxonalari qurilishida asosan xom g‘isht, paxsa va yog‘och ishlatilardi. Yirik inshootda pishgan g‘isht, marmar va sirlangan koshinkor qoplamalar keng qo‘llanilgan.

Mahobatli binolar qurilishiga Sharqdagi turli shaharlardan mashhur ustalar jalb qilingan.


Amir Temur davri me’morchiligi
1380-yili Shahrisabzda me’morlar Oqsaroy qasrining poydevorini o‘rnatdilar. Ulkan qurilish 25-yil davom etdi. Saroyga kiraverishdagi peshtoqning balandligi 50 metrga yetdi. Saroyning o‘zi ikki oshiyonli edi. Uning binosi o‘rtasida hovuzi bo‘lgan keng hovlining atrofida joylashgan edi.



SAMARQAND. XO’JA AHROR VALIY MASJIDI. XV ASR.

Saroy qurilishi yakunlanishi arafasida Shahrisabzga Ispan elchisi Klavixo tashrif buyurdi. Oqsaroyda hali pardozlash ishlari davom etayotgan edi. Saroyning savlatidan hayratlangan yevropalik o‘z kundaligiga: «Bo‘lim va xonalar shunchalar ko‘pki, ularni ta’riflashga juda ko‘p vaqt kerak bo‘lardi», - deya yozib qo‘yadi. Klavixoni qabul zallari va xonalar devorlaridagi rang-barang sirlangan bezaklar lol qoldirgan. Shu boisdan uning: «Hatto mohir ustalari bo‘lgan Parijda ham ushbu ish o‘ta go‘zal hisoblangan bo‘lardi», - deya ta’kidlashi bejiz emas.





SAMARQAND. SHOHIZINDA MAQBARALAR. QUSAM IBN ABBOS QABRI.
Bibixonim madrasasi Samarqanddagi mahobatli binolardan biri hisoblanadi. Uning kiraverishdagi peshtoqi Oqsaroyning peshtoqidan baland bo‘lgan. Ikkita yirik gumbazli binodan iborat saroy majmuasini gir aylanasiga bir necha yuzdan iborat tosh ustunlar suyab turgan.

1404-yili Samarqandda Go‘ri Amir maqbarasi bunyod etildi. Unda Amir Temur va temuriylar sulolasi vakillari dafn etilgan.

Maqbaralar qurilishi boshqa shaharlarda ham olib borildi. Turkistondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi va Shahrisabzdagi Jahongir maqbarasi shular jumlasidandir.

Amir Temur hukmronligi davrida turli inshootlar: usti yopiq bozorlar, karvonsaroylar, ko‘prik va to‘g‘onlar, hammom va boshqalar barpo etildi.

O‘rta Osiyodagi ancha yirik me’moriy yodgorliklar shu davrdan saqlanib qolgan. Amir Temur Oqsaroy binosining peshtoqiga: «Agar bizning kuch-qudratimizni ko‘rmoqchi bo‘lsang, biz qurdirgan binolarga boq», - degan so‘zlarni yozib qo‘yishni amr etdi.



SHOHIZINDA.

Mirzo Ulug‘bekning binokorlik faoliyati
Mirzo Ulug‘bek o‘zining mashhur bobosining xotirasiga chuqur hurmat va ehtirom saqlardi. U Amir Temur tomonidan boshlangan qurilish ishlarini davom ettirish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qildi.

1420-yili Samarqandning Registon maydonida Ulug‘bekning buyrug‘iga binoan baland gumbazli va minorali bino - madrasa barpo etildi. Ulug‘bek madrasalari Buxoro va G‘ijduvonda ham bunyod etildi.

Ulug‘bekning mashhur Shohizinda («Tirik shoh») qabristonidagi qurilish ishlari ham keng shuhrat topdi. Bu yerda Samarqandning mashhur kishilari, sarkardalar va temuriylar sulolasi vakillari dafn etilgan. Mirzo Ulug‘bekning ustozi Qozizoda Rumiy maqbarasi ham ajoyib inshoot hisoblanadi.

1436-yili Amir Temurning vatani Shahrisabzda me’morlar machit binosini barpo etdilar. Aylanasi 15 metrdan iborat ulkan moviy gumbazi sharofati bilan ushbu machit Ko‘kgumbaz nomini oldi. Xuddi shu Shahrisabzda Gumbazi Sayidon maqbarasining tamal toshi qo‘yildi.

Samarqand atrofida Ulug‘bek ulug‘vor Bog‘imaydon bunyod ettirdi. Mazkur bog‘ gullarga va yirik yaproqli daraxtlar yashilligiga burkangan edi.

1429-yili Obirahmat arig‘i bo‘yidagi Naqshijahon degan joyda betakror Samarqand rasadxonasining qurilishi yakunlandi. U balandligi 30 metr bo‘lgan uch oshyonli aylana binodan iborat edi. Bino sirparchinli va marmar qoplamalar bilan ziynatlangan edi. Ushbu inshoot o‘rta asrlardagi zilzilalar oqibatida qulagan va hozirgacha saqlanib qolmagan.





SAMARQAND. SHOHIZINDA MAQBARALAR MAJMUASI. SAKKIZ QIRRALI MAQBARA


SAMARQAND. SHOHIZINDA MAQBARALAR MAJMUASI. SAKKIZ QIRRALI MAQBARA



SAMARQAND. SHOHIZINDA MAQBARALAR MAJMUASI.

Tasviriy va amaliy san’at
Mohir rassomlar binolarning devorlarini rang-barang rasmlar bilan bezaganlar. Ular boy o‘simlik dunyosi, daraxtlar, gullar va maysalarni o‘zida aks ettiradi.

Temuriylar zamonida yog‘och va marmar o‘ymakorligi, sopol idishlarni pardozlash va metallga badiiy ishlov berish mahorati yuqori darajaga yetadi. Yog‘och o‘ymakorligi ustunlar va eshik-darvozalarni bezashda keng qo‘llaniladi. Bronza idishlarda afsonaviy qush va hayvonlar tasviri aks ettiriladi. Ushbu tasvirlar sog‘lik, boylik va farovonlik tilaklari bitilgan yozuvlar bilan uyg‘unlashib ketardi.

Ahmad Yassaviy maqbarasida tepa aylanasi 2,5 metrga teng bo‘lgan ulkan jez qozon mavjud. Uning og‘irligi 2 tonnaga teng. Qozondagi yozuv uning 1393-yili Amir Temur buyrug‘iga ko‘ra Ahmad Yassaviy masjidi uchun yasalganligini va hadya qilinganligini bayon qiladi.

Usta - rassomlar, shuningdek, qurol-yarog‘larni ham bezaganlar. Xanjarlar, qilich dastalari, dubulg‘a va qalqonlar shular jumlasidandir.

Klavixo Samarqand saroyida oltin va kumush idishlarning haddan tashqari ko‘pligiga e’tibor qaratgan. Ular metallga mahkamlangan dur, zumrad va feruza toshlari bilan ziynatlangan. Zargarlik san’ati - turli taqinchoqlar yasash yuqori darajaga erishgan.

Usta-kulollar sirlangan idishlarni gul va barg tasvirlari bilan bezardilar. XV asrda kulollar Xitoyning ko‘k-oq chinnisiga taqlidan idishlar ishlab chiqara boshladilar. Xitoyda chinni tayyorlash siri o‘lim xavfi bilan qo‘rqitilib, o‘ta maxfiy saqlanardi. Uning siri chinni tayyorlashda odatiy bo‘lmagan tuproq - kaolinni qo‘llash bilan bog‘liq edi. Ana shu sirga javob faqat XVIII asrga kelib Germaniyada topildi.

Chodir va o‘tovlar tayyorlanadigan mato va gilamlarga ham naqsh va bezaklar solinardi. Qimmatbaho kiyimlar oltin ip bilan tikilgan. Ipak gazlamalar turli naqsh va gullar bilan qoplanardi.


Musavvirlik san’ati


Ushbu tasviriy san’at turining rivoji adabiyot hamda qo‘lyozma kitoblarning bezalishi bilan uzviy tarzda bog‘liq. Usta musavvirlar saroy kitob omborlarida va madrasa kutubxonalarida ishlaganlar. O‘sha davrda Qur’on va hadislar, adabiy asarlar va tarixiy kitoblarni ko‘chirib yozishga talab katta bo‘lgan. Kitoblar bozorlarda sotilardi.

Saroylar qoshidagi ustaxonlarda qimmatbaho qo‘lyozma asarlaridan nusxalar ko‘chirilar va bezalardi. Bu yerda mohir hattotlar va musavvirlar ishlardilar.

XV asr musavvirlarining asarlari jang va ov manzaralari, qal’alar qamali, adabiy mushoiralar, Layli va Majnun hamda pahlavon Rustamning jasoratlari haqidagi afsonaviy tarixiy manzaralarni aks ettirardi. Ko‘plab musavvirlik asarlarida tabiat manzaralari: cho‘l va daryolar, dala va o‘rmonlar tasvirlangan.

Rassomlar tomonidan tarixiy shaxslar surati ham chizilgan. 1468-yili Hirotda ko‘chirilgan «Zafarnoma» - «G‘alabalar kitobi»da Amir Temur qiyofasi tasvirlangan.


Teatr va musiqa
XIV-XV asrlarda shahar va qishloqlarda xalq bayramlari keng nishonlangan. Navro‘z, gul sayli, hosil bayrami va boshqalar shular jumlasidandir.
Esda tuting!


O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda teatr va musiqa san’ati yuqori darajada rivojlangan edi.


Xalq sayllari, savdo yarmarkalarida san’at ustalari chiqishlar qilardilar. Ular qiziqchi - masxarabozlar, qo‘g‘irchoqbozlar va dorbozlardan iborat edi. Yuziga niqob kiygan va hayvon terisini yopingan masxarabozlar ayniqsa mashhur edilar. Ular kulgili sahnalar va ichakuzdi tomoshalar ko‘rsatardilar. Qo‘g‘irchoqbozlarning chiqishlari ham tomoshabob edi. Ular yovuzlikni qoralab, baxillik va nodonlikning ustidan kular, saxiyilik va insonning ezgulikka intilishini ulug‘lar edilar.

Shahar maydonlarida mashshoqlar, xonanda va hofizlar, raqosslar chiqishlar qilardilar. Nay sadosi mayin taralardi. G‘ijjak sadolari unga ulanib ketardi. Kuyga nog‘ora va childirma taka-tumi jo‘r bo‘lardi. Tantanani karnay sadolari boshlab berardi.

Qo‘shiqchilar hazil va lirik qo‘shiqlar ijro etardilar. Ular o‘z ijodlarida shoirlarning she’r va g‘azallaridan, xalq o‘g‘zaki ijodi - dostonlardan foydalanardilar. XV asrning ko‘plab hofiz va bastakorlari yangi kuy va qo‘shiqlarning yaratuvchilari sifatida keng shuhrat topdilar.

Mirzo Ulug‘bek beshta musiqiy asarning muallifi hisoblanadi. Ulardan eng yirigi bo‘lgan «Shodiyona» hozirgacha saqlanib qolgan.
Mavzuning asosiy mazmuni:


Savol va topshiriqlar




  1. XIV asr oxiri - XV asrdagi qurilish ishlari hususida so‘zlab bering.

  2. Amir Temur davriga oid qanday me’moriy yodgorliklarni bilasiz?

  3. Ulug‘bek madrasalari qaysi shaharlarda qurildi?

  4. Samarqand rasadxonasining qurilishi qaysi yili nihoyasiga yetdi?

  5. Temuriylar davri tasviriy va amaliy san’ati xususida so‘zlab bering.

  6. Musavvirlik san’atining rivoji nima bilan bog‘liq edi?

Download 7,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish