qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi - qurilish materiallarini qayta ishlash jarayonlari yig‘indisi natijasida tayyor qurilish mahsulotlari, bino va inshootlar yig‘indisi natijasida tayyor qurilish mahsulotlari, bino va inshootlar barpo bo‘lishini ta’minlashdir.
. qurilish jarayoni deb qurilish maydonida bajariladigan ishlab chiqarish jarayonlari natijasida tayyor mahsulot, bino va inshootlar, ayrim xollarda qayta tiklash, ta’mirlash buzilgan va siljitishdek oxirgi maqsadni ko‘zlagan jarayonga aytiladi.
qurilish ishlab chiqarishda jarayonlar ikki: qurilish maydonidagi hamda qurilish maydoni tashqarisidagi guruxlariga bo‘linadi. Ularning har biri o‘z vazifasini bajargan xolda ichki sinflarga ega.
qurilish jarayonlari texnologik belgilar bilan qo‘yidagi sinflarga bo‘linadi:
- ta’minlovchi jarayon
- transport jarayon
- tayyorganrlik jarayoni
- montaj va quyish jarayoni
Texnologik jixatdan bir turli, tashkiliy jihatdan bo‘linmaydigan qurilish jarayonining bir bo‘lagiga ishchi operatsiya deyiladi. Uni bajarishda ishchilar tarkibi va ish quroli o‘zgarmaydi. Xar bir ishchi operatsiya o‘zaro bog‘langan bir necha priyom, u ham o‘z navbatida bir necha xarakatlar natijasida sodir bo‘ladi.
Qurilish jarayonida mashina qullanilsa bu jarayonni mexanizatsiyalashgan jarayon deb yuritiladi. Bunda ishchilar faqat mashinani boshqaradi.
Mexanizm ishlashi bilan birga ishning bir qismini qo‘lda bajarilsa bu jarayon yarim-mexanizatsiyalashgan deb ataladi.
Qurilish montaj ishlarini muvafaqiyatli olib borishni eng muhim omili, ishni ishchilarga malakasiga qarab taqsimlab berish va ular o‘zaro ishni tashkil qilishdir. SHuning uchun qurilish jarayonlari zveno yoki brigada ishchilar tomonidan amalga oshiriladi. Zveno 2-5 kishidan iborat bir kasbli turli malakadagi ishchilardan tashkil topadi. Brigada tarkibi zveno tarkibidan ancha ko‘p ishchilardan tashkil topadi. Zveno yoki brigadaning son va malaka tarkibi bajariladigan ish xajmi va murakkabligidan kelib chiqib belgilanadi.
Qurilishda eng ko‘p tarqalgan brigadalar turlariga mutaxassislashgan va kompleks brigadalar kiradi. Mutaxixssislashgan brigadalar faqat bir xil turdagi ishlarni bajarib 20-30 kishigacha ishchilardan tashkil topishi mumkin.
Kompleks brigada 50-60 turli kasb va malakadagi zveno ishchilarini birlashtirib ular tomonidan qandaydur tugallangan ish, qurilish maxsuloti ishlab chiqariladi.
Ish xaqi - bajaruvchilarning maxsulot ishlab chiqarishga qo‘shgan mehnatiga yarasha olgan o‘z ulushi.
Do'stlaringiz bilan baham: |