GARDEROBLAR
Garderoblardan ko‘cha, uy va ish kiyim-kechaklarini saqlash maqsadida foydalaniladi.
Kiyim kechaklarni ochiq holda ilgaklarda, ochiq shkaflarda, yopiq holda (bir xil ko‘rinishdagi kiyimlar ochiq , ayrimlari esa yopiq) saqlanishi mumkin.
Kiyim-kechaklarni saqlash usuli texnologik jarayonining sanitariya xarakteristikasiga bog‘liqdir.Garderoblar maydoni kiyim-kechaklarni saqlash usuliga, jihozlarni ko‘rinishiga, ishchilar soniga va tarkibiga (ayol yoki erkak) qarab aniqlanadi.
Garderobxonadagi o‘rinlar soni quyidagicha olinadi:
1. Kiyim-kechaklarni ilgaklarda saqlash-2 ta smenada.Eng ko‘p ishlaydigan ishchilar soniga bog‘liq .
2. Kiyim-kechaklarni shkaflarda saqlash barcha smenadagi ishlaydigan ishchilar soniga
( har ishchining o‘z shkafi bo‘lishi) bog‘liq.
Ochiq va yopiq shkaflarning rejadagi o‘lchamlari:
Bir bo‘limli shkafda uy va ish kiyimlarini saqlash 30x33sm, bir bo‘limli shkafda yengil ish kiyimlarini saqlash 25x30 sm, ikki bo‘limli shkafda 2 xil turli kiyimlarni saqlash- 30x40 sm.
Har bir qatordagi shkaflarga, ularning uzunligi bo‘yicha, eni 30 sm.li o‘rindiqlar o‘rnatiladi.
O‘rindiqli shkaflar oralig‘i -2 m;
Shkaflar bilan devor oralig‘i -1,3 m;
O‘rindiqsiz shkaflar oralig‘i -1,5 m;
O‘rindiqsiz shkaflar bilan devor oralig‘i -1,5 m, olinadi.
Shkaflarni joylashtirishda yuqoridagi oraliq , masofalarda amal qilmoq darkor.( 3, 4-rasm).
Garderoblarni jihozlash tartibi 2– jadvalda ko‘rsatilgan.
2- jadval.
Ishlab chiqarish guruhi
|
Kiyim-kechaklar ko‘rinishi
|
Garderob jihozlarini ko‘rinishi
|
Eslatma
|
1a
|
Ko‘cha, uy, maxsus
|
Eni 35 va 40 sm.li 2 tabaqali yopiq , shkaf
|
Kiyim-kechaklarni barcha ko‘rinishi uchun umumiy garderob.
|
(2a dan tashqari)
|
Ko‘cha va uy
|
Eni 35 sm.li ikki tabaqali yopiq shkaf
|
Kiyim kechak garderobi
|
3
|
Maxsus
|
Eni 25 va 33 sm.li bir tabaqali yopiq eshikli shkaf.
|
Ishlab-chiqarish jarayoni guruhlariga qarab aniqlanadi.
|
Rasm 3. Garderob – dush bloki ayrim sxemalari.
a – dush xonalarining markaziy -bo‘ylama joylashishi;
b – dush xonalarining markaziy -ko‘ndalang joylashishi;
v – xuddi shunday alohida seksiyali;
1 – erkaklar ko‘cha kiyimi uchun garderob;
2 – xuddi shunday, ish kiyimi uchun;
3 – ishlab chiqarishdan qaytayotgan ishchilar oqimi;
4 – ayollarning ish kiyimi garderobi;
5 –xuddi shunday uy kiyimi uchun;
6 – ishlab chiqarishdan qaytayotgan kishilar oqimi;
7 – dushxonalar
Do'stlaringiz bilan baham: |