Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida shiddat bilan sodir bo‘layotgan jarayonlar va birinchi navbatda, qarama-qirshiliklarning kuchayib borayotgani, jahon bozorlaridagi vaziyatning tez o‘zgarayotgani, hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-itstisodiy intsirozi va uning oqibatlari, dunyoning ko‘plab davlatlarida investitsiya faolligining susayishi va o‘sish sur’atlarining pasayishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi, albatta.
Islom Karimov
Iqtisodiyotda optimal soliq yuki darajasini amalda ushlab turish orqali soliq to‘lovchilarning iqtisodiy faolligini oshirishga, ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishga, bu orqali esa mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga erishish mumkin. Soliq imtiyozlaridan foydalangan holda, kichik korxona o‘z faoliyatini kengaytirishga, ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga hamda oxir-oqibat o‘zining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga erishmas ekan, taqdim etilgan soliq imtiyozlari faqatgina ular sonini ko‘paytirishga xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalda bo‘lgan soliq imtiyozlarining soni, hajmidan tashqari, ularning mazkur sub’ektlar faoliyati davomidagi samaradorlik ko‘rsatkichini ham tahlil qilib borish zarur.
Imtiyozlarning individual tartibda berilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ularni maqbullashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish lozimdir.
Bugungi globallashuv jarayonlari jadallashayotgan sharoitda mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan soxalardan yana biri - bu Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, Xalqaro moliya bozori institutlari bilan aloqalarni kengaytirishni talab etadi.
Etakchi Xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish orqali:
Xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan:
2016-2020 yillar davomida 27 ta loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki kreditlarini jalb etish;
2017-2019 yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish.
Islom taraqqiyot bankining 1 milliard dollardan kam bo‘lmagan miqdordagi kreditlarini jalb qilishni ko‘zda tutadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish orqali 2017-2019 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish.
Ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, infratuzilmaviy va boshqa loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan chet el hukumat tashkilotlarining (Xitoy eksport-import banki, Koreya eksport-import banki, EDCF Fondi, Yapon Xalqaro hamkorlik agentligi (LSA), Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (ShTHA), Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA), Evropa hamkorlik komissiyalari va hokazo) imtiyozli kredit hamda grant mablag‘larini jalb qilish imkonining yaratilishi Harakatlar strategiyasida keltirib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |