Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.
Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil yetishga qaratilgan.
To’rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil yetishga yo’naltirilgan.
Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Davlat rahbarining bu ezgu g’oyasi O’zbekiston xalqi, ayniqsa, yoshlari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, qisqa vaqt ichida mamlakat bo’ylab keng quloch yozdi. Shuningdek, mamlakat miqyosidagi 12 mingdan ziyod sport inshootiga yoshlarni maksimal darajada qamrab olish choralari ko’rilib, barcha umumta’lim maktablari sport anjomlari bilan to’liq jihozlanadi. Shu bilan birga, olis va chekka hududlarda yengil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun’iy qoplamali maydonlar quriladi. Bolalar va o’smirlar sport maktablari soni yanada ko’paytiriladi. Yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o’rgatish masalalari bo’yicha ilg’or xalqaro tajribalar asosida barcha hududlarda Raqamli texnologiyalar o’quv markazlari tashkil yetiladi. Bu maskanlarda yelektron tijorat va dasturlash bepul o’rgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida biznes bo’yicha innovasion ko’nikmalar shakllantiriladi, “startap” loyihalarga yordam ko’rsatiladi. Shuningdek, 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmog’i bilan ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, bosqichma bosqich amalga oshiriladi. Yangi tashkil yetiladigan kompyuter o’yinlari markazlari yosh avlodning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar bilan ta’minlanadi. Yoshlarda kitobxonlik ko’nikmalarini mustahkamlash maqsadida, yangi tashabbus doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam bo’lmagan miqdorda kitoblar yetkazib beriladi. Shu barobarida, har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob do’koni tashkil yetiladi, ko’chma kitob pavilonlari joylashtirilib, “Bibliobus”lar orqali qishloq va ovullar aholisiga tubxona xizmatlari ko’rsatib boriladi.
X otin-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida 2019-2020 yillarda barcha tumanlarda 195 ta tikuv-trikotaj korxonasi barpo yetish uchun aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari ko’p joylar tanlab olindi. Natijada 24 mingdan ortiq doimiy ish o’rni yaratish nazarda tutilgan.Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o’tkazdi.Yoshlar orasida “Men Sizning yoningizda turib, kamarbasta bo’laman!” deb ko’zi yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlar borligiga ishonaman. Yetakchilikning, o’z ortidan yergashtirishning yeng to’g’ri yo’li shaxsiy o’rnak va namuna bo’lishdir, – dedi Prezident. Uchrashuvda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi.Yurtimizda yosh rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif yetadigan samarali mexanizm mavjud yemasligi aytib o’tildi. Globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlar haqida so’z borar yekan, Prezident ma’rifatparvar bobomiz Fitratning “Bu dunyo kurash maydonidir.Sog’lom tan, o’tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”, degan so’zlarini yodga oldi.Prezidentimizni”Yoshlar ittifoqi” negizida Yoshlar ishlari agentligining tashkil yetilishi Respublikamizda yoshlarga bo’lgan ye’tiborning yorqin maxsulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |