Uchinchi yo’nalish - «Yoshlar va ijtimoiy himoya» yo’nalishi, avval boshdanoq, respublikamiz yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi bo’lib kelmoqda. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari yaratildi, sohaga doir qariyb 90 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosatni qo’llab-quvvatlashda boshqa nodavlat tashkilotlari ham munosib o’rin tutadi. Respublikamizda yoshlar uchun:
- bepul tibbiy xizmat;
- bepul ta’lim olish;
-sog’lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalarga imtiyozli shartlarda qatnash;
- uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditlar berish;
-dastlabki mehnat faoliyati uchun ish joyi bilan ta’minlanish yoki amaldagi qonunlarga muvofiq moddiy kompensasiya olish huquqi;
-ijtimoiy infrastruktura obyektlarini loyihalash va qurish chog’ida yoshlarning talab-ehtiyojlarini hisobga olish;
-o’quvchilar, talaba yoshlar va voyaga yetmagan fuqarolar uchun transportda yurish imtiyozlari;
-voyaga yetmaganlarga kompensasiya to’lovlarini kafolatlovchi ijtimoiy ta’minlanish minimumi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |