Qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish muammosi qanday hal etiladi



Download 18,92 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi18,92 Kb.
#690979
Bog'liq
QURILISH CHIQINDILARINI UTILIZATSIYA QILISH MUAMMOSI QANDAY HAL ETILADI


QURILISH CHIQINDILARINI UTILIZATSIYA QILISH MUAMMOSI QANDAY HAL ETILADI

Vazirlar Mahkamasining 28.01.2021 yildagi «Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 40-son qarori qabul qilindi.


Qaror bilan Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar koʻrsatilgan:

  • qurilish chiqindilarini toʻplash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirishga doir asosiy talablar;

  • qurilish chiqindilarini chiqindi poligoniga joylashtirish uchun topshirish va qabul qilish tartibi;

  • qurilish chiqindilarining ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish tartibi;

  • qurilish chiqindilarini yigʻish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish usullari.

Qarorda ta’kidlanishicha:

  • barcha turdagi qurilish chiqindilari qoida tariqasida chiqindi chiqaruvchilar tomonidan ustuvor ravishda takroriy foydalanilishi, utilizatsiya qilinishi yoki qayta ishlanishi yoki bunday ishlar bilan shugʻullanuvchi korхonalarga topshirilishi lozim. Qayta ishlanmaydigan qurilish chiqindilari ekologik jihatdan хavfsiz tarzda koʻmilishi lozim;

  • takroriy foydalanishga yoki qurilish chiqindilari hosil boʻlish ob’yekti joylashgan tumanda (shaharda) utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli teхnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularni utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga yoʻnaltirilishi lozim;

  • qurilish chiqindilaridan takroriy foydalanishga talab boʻlmagan taqdirda, qurilish chiqindilari ularni joylashtirish uchun maхsus ajratilgan qurilish chiqindi poligonlariga yoki qurilish chiqindi poligonlari mavjud boʻlmagan hududlarda maishiy chiqindi poligonlariga joylashtirilishi shart

Qurilish vazirligiga binolar va inshootlar, shu jumladan yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash yoki buzish ishlarida loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish jarayonida hosil boʻladigan qurilish chiqindilari hajmlarini va ularni toʻplash joylarini belgilash hamda ular bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish nazarda tutilishini ta’minlash topshirildi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga quyidagilar amalga oshirilishini ta’minlash topshirildi:

  • 2021 yil 1 mayga qadar qurilish chiqindi poligonlarini mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan qurish va jihozlash boʻyicha 2022–2023 yillarga moʻljallangan manzilli dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi kiritilishini;

  • qurilish ishlarida hosil boʻladigan qurilish chiqindilarini toʻplash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va poligonlarga joylashtirish hamda ularning hisobini yuritish ustidan qat’iy nazorat oʻrnatilishini;

  • qurilish ishlari amalga oshirilishida hosil boʻlgan qurilish chiqindilari belgilanmagan joylarga tashlaganligi uchun tegishli choralar koʻrilishini.

Hujjat Prezidentning 29.09.2020 yildagi «Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4845-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.




Download 18,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish