86
Shu o’rinda Sobiq Ittifoq tadqiqotchisi B.S. Gershunskiy va V.M.
Berezovskiylarning quyidagi fikrlarini keltirib o’tish joiz: - «Standartlashtirish bu
istalgan jabhada biron narsani maqsad qilish va natijasini baholash bosqichlari
bilan birga o’tkaziladigan muolajadir»
1
.
AQSH ta’lim Departamentining ko’rsatmasiga binoan:
«Standartlar bu shunga qaratilganki, ya’ni undagi ishtirokchilar bilishi va
qila bilishi lozim».
2
Standartlashtirish birinchi, asosiy muammo sifatida asosan markazdan
boshqarilmaydigan, ya’ni AQSH, Buyuk Britaniya singari davlatlarda, ya’ni
ko’proq yagona umum milliy talablarga ehtiyojlar mavjud bo’lgan davlatlarda
paydo bo’la boshlagan.
Bu ko’proq Sobiq Ittifoq tasarrufidagi respublikalarga taalluqlidir.
AQSH da esa, islohot maqola, ma’ruzalarda, ya’ni nomining o’zi mavjud
ta’lim tizimidan qoniqmaslikdan guvohlik berib turgan: «Millat xavf ostida:
maktabni isloh qilish zarur» (1983yil), «XXI asr uchun ta’lim» (1983 yil) kabi
ilmiy maqolalarda o’z aksini topgan. Ularda amerika talaba va o’quvchilariga
ta’limning yuqori bosqichlaridagi bilim berishning sayozligi tanqid qilindi.
80-yillarning oxirlarida esa, qator, ya’ni maqsadi ta’limni yaxshilashga
qaratilgan qonun aktlari qabul qilingan.
«Amerika–2000: ta’lim istiqboli» (1991) deb nomlangan hujjatda ta’kidlanishicha
2000 yil amerikalik o’quvchilar o’zlarining boshqa mamlakatlardagi
tengdoshlaridan matematika va tabiiy fanlarni egallashda yuqori ko’rsatkichlarga
erishadi deyilgan.
1991 yilda AQSH ta’lim standartlari va test usulidagi ta’limning davlat
standartlarini rivojlanishi bo’yicha Milliy Kengash tuzildi. Komissiya tuzilib,
uning ishtirokida matematika, ingliz tili, tabiiy fanlar, tarix, geografiya,
fuqarolikka kirish, san’at singari fanlardan ta’lim standartlari yaratildi. 1993 yil
ta’lim standartlarini matematika yo’nalishida ishlab chiqish yakunlandi. Qolgan
standartlarni ishlab chiqish 1994-95 o’quv yilida tugatilishi lozim edi.
AQSHda shtatlardagi va maktab okruglaridagi avtonomiya’ning yuqori
bosqichi umummilliy ta’lim standartlarining yaratilishida asosiy muammo bo’lgan.
Shundan so’ng, ta’lim Departamenti standartlarning majburiy emasligi
to’g’risida qaror qabul qildi.
Angliyada esa ta’lim standartlarini yaratishda boshqa yo’ldan bordi.
Markazlashmagan ta’lim, ya’ni bunda maktablar katta mustaqillikdan
foydalanishdi va ularning o’zaro o’quv reja va dasturlarini ishlab chiqish, tanqid
qilishga keng yo’l (ayniqsa sanoat doiralarida) ochildi.
Ta’lim predmetlari yuqori va to’liqsiz o’rta maktablar uchun 80-yillarning
oxirida ingliz tili (adabiyot), matematika, din va jismoniy tarbiyadan yaratildi.
Shuningdek, birinchi marta Angliyada majburiy maktab uchun o’quv rejasi
tuzish haqidagi takliflar ta’limning Bosh nazoratchisining «11-16 yoshlar uchun
o’quv reja» (1977yil) tuzishidan boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: