Qurbonova Mamura
Quyidagi topshiriqlar asosida seminar mavzusini yoriting.
1. O'zbek adabiyotida qissa janrining taraqqiyot bosqichlari
2. Qissaxonlik.
3. Mustaqillik davri o'zbek adabiyotida qissa janri rivojiga hissa qo'shgan adiblar faoliyati va ularning qissalari haqida yozing.
Qissa — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest maʼnosidagi Q. tushunchasi yoʻq, nasrning romandan boshqa barcha janrlari "novella" termini orqali ifodalanadi. Rus va oʻzbek adabiyotlarida Q.ning hozirgi va qadimgi maʼnolari oʻrtasida farq bor. Mas, qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest (Q) deb atalgan. Oʻzbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar q. deb yuritilgan. Mas, "Qissai Sayfulmuluk", "Qisasi Rabgʻuziy" va boshqa Hozirgi maʼnodagi oʻzbek Q.si rus adabiyotidagi "povest" terminiga toʻgʻri keladi va, asosan, roman bilan hikoya oraligʻidagi oʻrtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi.
Q., odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni oʻziga asos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. q. hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter hamda voqelik koʻlamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Q.da u yoki bu shaxs hayotining maʼlum bir davri xronikal tarzda bayon qilinadi. Q.da lirizm hikoya va romandagidan kuchliroq boʻlishi mumkin.
Roman kabi Q.ning ham avtobiografik (Oybek, A.Qahhor, N.Safarov), tarixiy (Mirkarim Osim, Ya.Ilyosov va boshqalar), fantastik (T.Malik, H.Shayxov, M.Mahkamov va boshqalar) turlari bor. Hozirda Q. nasrning eng faol janrlaridan boʻlib, unda yosh yozuvchilar ham samarali ijod qilmoqdalar.
QISSA — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest maʼnosidagi Qissa tushunchasi yoʻq, nasrning romandan boshqa barcha janrlari «novella» termini orqali ifodalanadi. Rus va oʻzbek adabiyotlarida Qissaning hoz. va qadimgi maʼnolari oʻrtasida farq bor. Mas, qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest (Q) deb atalgan. Oʻzbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar q. deb yuritilgan. Mas, «Qissai Sayfulmuluk», «Qisasi Rabgʻuziy» va b. Hoz. maʼnodagi oʻzbek Qissasi rus adabiyotidagi «povest» terminiga toʻgʻri keladi va, asosan, roman bilan hikoya oraligʻidagi oʻrtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi.
Qissaxonlik - afsona, rivoyat, xalq dostonlari va qissalar aytish va eshitish anʼanasi. Utmishda q. uchun maxsus kecha va yigʻinlar uyushtirilgan. Ularda xalq dostonlarining qayta ishlangan variantlari ("Hikoyati Goʻroʻgʻli sulton", "Yusufbek bilan Ahmadbek"), mumtoz adabiyot namunalari asosida tuzilgan hikoyalar ("Bahrom va Gulandom", "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin"), tarjimalar ("Rustami doston", "Qissai Jamshid", "Vomiq bilan Uzro") oʻqilgan. q. repertuarida "Zarqum", "Muhammad Hanafiya", "Said Battol Gʻozi", "Bobo Ravshan" kabi diniy asarlar ham boʻlgan.
Qissa tuzish va Q. 13—14-asrlardan shakllana boshlagan, 16—17-asrlarda jadal rivojlangan, 19-asrning 2-yarmida favqulodda avj olgan. Bu jarayon, dastlab Qozonda, keyinchalik Orenburg , Toshkent, Xiva, Kogon va boshqa shaharlarda qissalarning koʻplab nashr etilishi bilan ham bogʻliq boʻlgan.
Q., asosan, shahar, shaharga yaqin yirik qishloq va tuman markazlarida keng rivojlangan boʻlib, 20-asrning 30-yillarigacha davom etgan. Q. omma orasida maʼrifat tarqatish vositalaridan biri, adabiyot va sanʼat ixlosmandlarining yigʻinlari sifatida oʻtmishda muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi, radio, televideniye, matbuot, teatr, kino va boshqa madaniy-maʼrifiy vositalarning rivoji, keng tarqalganligi bois q. anʼanasi ijtimoiy va maishiy hayotdan batamom chiqib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |