Qurbonov muzaffar jaloliddinovichning



Download 4,62 Mb.
bet4/6
Sana16.03.2022
Hajmi4,62 Mb.
#493035
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekistonnning me\'moriy yodgorliklari

Yangi mavzu bayoni

O'zbekiston zamini me'moriy obidalarga boy o'lka. Bu yerda juda qadim zamonlardan boshlab me'morlik san'ati rivojlanib kelgan. Dastlab odamlar g'orlarda yashash bilan birga yer ustiga ham turarjoylar qura boshlaganlar. Loy va turli shakldagi xom g'ishtdan foydalanib uylar qurishgan, bino devorlari, pollarni suvashgan va rang berib xonalarni bezashgan. Neolit (mil. avv. 6-4 mingyilliklar) davri so'ngiga kelib O'zbekiston hududida qo'rg'ontepalar qurilishi zaminida shahar va shahar-davlatlar rivojlanib bordi. Shu shahar-davlatlarda me'morlik majmualari yaratildi.


O'zbekiston me'moriigming antik va ilk feodalizm davrlari ham me'moriy obidalarga boy bo'lgan. Bu davrda yangi me'moriy g'oyalar paydo bo'ldi, yirik me'morlik majmualari, mavzuli rassomlik kompozitsiyalari, mahobatli haykaltaroshlik asarlari yaratildi. Feodallarning qasr-qo'rg'onlari, boy zodagonlarning shahar va shahar tashqarisidagi qasrlari vujudga keldi. Bu davr me'moriigming o'ziga xos tomonlari qo'rg'on-qasrlar - ko'shklar qurilishida sezilarli bo'ldi. Bu qo'rg'on-qasrlar awalgi badiiy-madaniy markazlardan birmuncha chekkada bo'lib, asosan, dehqon-feodallarning turarjoyi sifatida paydo bo’ldi. Bu qo’rg’onlar mustahkam devorlar bilan o’ralgan. Shu qo’rg’on-qasrlar atrofida keyinchalik turarjoylar, bozorlar paydo bo’la pool. Vaqt o’tishi bilan ana shu yerlar ham qalin devorlar bilan aylantirib o’rab olina boshlangan.
O’zbekiston me’morlik san’atining yangi bosqichi rivojlangan feodalizm davriga to’g’ri keladi. Me’morlikda yangi tipdagi binolar, ijodiy g’oyalar yuzaga keldi. Shahar hayoti rabotga ko’chdi. Shu yerda gavjum bozorlar paydo bo’ldi. Savdo qatorlari yaqinida esa hunarmandlar jamoalari shakllana bordi. Shaharda va undan tashqarida jamoat va turarjoylar ko’plab qurildi. Bu qurilishlarda asta-sekin islom dini bilan bog’liq me’morlik shahar qiyofasini belgilashda muhim o’rin egallay boshladi. Masjid qurilishi boshqa dinlar bilan bog’liq diniy binolar qurilishiga chek qo’ya boshladi. Shu davrda masjid tiplari yuzaga kelib, juma masjid va guzar masjidi hamda shahardan chekkada namozgohlar barpo etildi. Namozgohga chiqish uchun minora ishlanishi ham shu davr mahsulidir. O’quv dargohlari – madrasalar qurilishi ham jonlana boshladi. Xonaqohlar alohida masjid-madrasalarda, ularning yaqinida qurilgan. Shunday xonaqohlar Samarqand, Buxoroda ko’plab uchraydi. Savdo chorrahalarida Chorsu savdo gumbazlari, shahar darvozalari oldida karvonsaroylar hamda shahar va undan tashqarida maqbaralar qurilishi shu davr me’morligining o’ziga xos yangi yo’nalishlari mahsuli edi. Ayniqsa, maqbaralar qurilishida bezak san’ati yutuqlari o’z ifodasini topdi. Uchli toqilar ham me’morlik san’ati o’zgarishlarini belgiladi. Minora qurilishi ham odat tusiga kirib kela boshladi.
Amir Temur va Temuriylar davrida me’morlik san’ati nihoyatda rivojlandi. Bu davrda me’morlikda birinchi bor vujudga kelgan yirik va murakkab me’morlik majmualari muhim o’rinni egallaydi. Me’morlik yodgorliklarini rangli koshinlar bilan boyishi katta badiiy-estetik ahamiyat kasb etdi. Albatta, rangli bezak O’rta Osiyo me’morligida awal ham bo’lgan, lekin XIV asrga kelib bino ichki va, ayniqsa, tashqi pardozida bu uslub alohida o’rinni egallay boshladi. Sirli pool taxtachalardan ishlangan rangli koshinlar XIV asr oxiridan keng tarqaldi. Amir Temur nafaqat o’z ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandda, balki o’z tasarrufidagi yerlarda ham hashamatli binolar qurdirdi.
Amir Temur va Temuriylar davri me’morligini Shohizinda me’morlik majmuasisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Afsonaviy Afrosiyob yonbag’rida joylashgan bu majmua XI – XII asrlarda mavjud maqbaralar o’rniga qurilgan. Bu yer musulmonlarga qadar ham muqaddas sajdagoh joyi bo’lgan. Afsonalarga ko’ra bu yerda avliyo Qusam ibn Abbos maqbarasi bo’lib, go’yo u shu yerda tirilib yer ostiga kirib ketgan va oxiratgacha o’sha yerda yashashga qaror qilgan.

Vladimir Abramovich. Samarqand. Shohi-Zinda. Mato moybo’yoq 1986y.




Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish